Reja: 1. Pape-mashe usulida o’yinchoqlar yasash.
2. Pape-mashe usulida turli buyumlar yasash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Papye-mashe usulida o‘yinchoqlar yasashning o‘ziga xosligi
Papye-mashedan mahsulot tayyorlash – juda uzoq vaqt davom etadigan jarayon, biron bir o‘yinchoqlarni tayyorlash uchun sizning bir kuningiz ketadi. Avval osma kosacha qanday kattalikda bo‘lishini aniqlab va sharsimon shaklga ega bo‘lgan buyumni (koptok) toping. Ish jarayonida koptok dumalab ketaverishi kerak emas, uni yopishqoq lenta bilan mahkamlash kerak. Tayyorlab qo‘yilgan qog‘ozni uchburchaklarga kesib olish lozim. Gazeta qog‘ozini bir idishga solib qo‘yamiz, papirus qog‘ozini esa boshqa idishga solamiz. Qog‘ozning ikki xilini ishlatish tavsiya etiladi. Chunki bunda yopishtirilgan qavatlarini farqlay olish mumkin bo‘lsin. Birinchi qavatiga faqatgina suv ishlatiladi. Bu juda muhimdir, bo‘lmasa tayyor kosacha koptokka qattiq yopishib qolishi mumkin. Qolgan qog‘oz qavatlariga yaxshilab yelim surtiladi. Qanchalik ko‘p qavat bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Keyin tayyor mahsulot quritiladi. Tayyorlash usuli quyidagicha: 1 qavat o‘rov qog‘oz yoki gazetaga oldindan tayyorlangan suyuq xamirni surib chiqamiz va xamir surilgan qog‘ozni qo‘limizda g‘ijimlab maydalab bir xil massa bo‘lguncha ezg‘ilaymiz. Tayyor bo‘lgan massani bo‘laklarga bo‘lib xohlagan o‘yinchoqni yasashimiz mumkin.
Papye-mashe usulida o‘yinchoqlar yasashning o‘ziga xosligi bo‘yicha Ven diagrammasi to‘ldiring. Papye-mashe usulida «Lagan» yasash
\
Jonlantirish uchun savollar: 1. Papye-mashe usulining kelib chiqish tarixi
2. Papye-mashe usulida o‘yinchoqlar yasashning o‘ziga xosligi
3.Papye-mashe usulida «Lagan» yasash.