Barmoq teatrlarini sahnalashtirishi. Bolalar o‘z qo‘li bilan yasagan o‘yinchoqlaridan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin, bo‘lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o‘zlaridan kichik guruh bolalariga sahnalashtirish ko‘rsatish bilan ularni hursand qiladilar. Barmoq teatri qahramonlarini qog‘ozdan yasash mumkin.
Qog‘ozdan konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan bo‘lib, odam, hayvonlarning tasvirini tayyorlanadi, uzuk shaklida yasalgan qog‘oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Ertak qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig‘adigan kichik teshikcha qilib qo‘yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatrlarining sahnalashtirish uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so‘ngra o‘ngiga ag‘dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan yopishtirishni, ko‘z, qosh, burun, og‘iz kabilarni yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to‘rdan bezaklarni o‘zlari yopishtiradilar. Detallarni bolalar o‘zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar.
Barmoq teatrini qog‘oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‘ozdan silindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog‘oz quyqani silinrga kirgizib, co‘ng xohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bo‘yash lozim. Ularga ba’zi detallarni qog‘ozdan qirqib, yelimlab qo‘ysa bo‘ladi. Masalan: quloqlarni, ko‘zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni katta va tayyorlov maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog‘oz qoldig‘idan barmoq kiydiriladigan qilib yopishtirib qo‘yish mumkin.