Quticha qo‘g‘irchoq. Qo‘g‘irchoqning bosh qismi uchun turli–tuman qutichalarni moslashtirish mumkin (qaymoqdan, sutdan bo‘shagan kubik, silindr shaklidagi idishlar). Asosiysi unga bolaning qo‘li sig‘ishi kerak. Mavzuga mos qutichalardan‚ detallarini esa turli ashyolardan qirqish va yelimlash mumkin. Buning uchun bolalarga jihozlash uslubini ko‘rsatish kerak. Bolalar bilan shunday o‘yinchoqlar rasmlarini ko‘rib chiqish yasashning ikki varianti mavjud: figuraning butun yoki bosh qismini aks ettirish. Bunda bolalar qo‘lga matodan yubka kiyib, mustaqil tika oladilar. Qo‘l barmoqlari quticha ichiga berkitilgan. Bunday qo‘g‘irchoqlardan gapiruvchi qo‘g‘irchoq qilish mumkin. Bolalarga og‘zini qilish uchun tuynukcha qirqishga yordam berish kerak. Qutichaning ichidan tuynuk oldini ko‘rsatgich barmoq bilan qimirlatsa, guyoki, qo‘g‘irchoq gapirayotganday tuyuladi. Sakrovchi o‘yinchoqlar. Bunday sahnalashtirish qahramonlarini yasash uchun dumaloq rezina kerak bo‘ladi. Qog‘oz bo‘laklaridan quyuq massa hosil qilish, rezina esa shu quyuq massa ichida qolishi kerak. Bu quyuqadan har–xil qahramonlarning bosh qismini yasash mumkin. Bu o‘yinchoqni yasashda qog‘oz, turli mato, paralon, sim, klyonka kerak bo‘ladi. Bolalar hayotini muhofaza qilish maqsadida elektr simlar‚ to‘g‘nog‘ich, skrepka, spitsa va hokazo shikastlantiruvchi asboblardan ehtiyot bo‘lish zarur.
1. Bolalarning ertak asosida so‘z boyligini qanday oshirish mumkin?
2. Ertak qahramonlarini sahnalashtirish jarayonini tashkil qilishda tarbiyachining roli qanday?
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mazmunini tushuntirib bera olasizmi?
4. Bolalarni fikrlash mahoratini qanday yo‘lga qo‘yish mumkin?
5. Ertaklar orqali bolalarni so‘zlashga va hikoya qilishga qanday odatlantiriladi?