M u n d a r I j a



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə1/3
tarix31.03.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#92054
  1   2   3
Diplom ishi Gulnoza


Boshlang’ich sinflasrda yuza o’lchov birliklarini o’rgatish metodikasi

M u n d a r i j a
Kirish……………………………………………………………………….
1. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdoriy o’lchovlar bilan tanishtirish
§ 1.1. Uzunlik va vaqt o’lchov birliklari bilan tanishtirish…………………………
§ 1.2. Massa va hajm o’lchov birliklari haqida bilim va ko’nikmalarni hosil qilish,o’lchov birliklari bilan tanishtirish…..………………………………………
2. Bob.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuza o’lchovlari bilan
tanishtirish va o’quvchilarga o’rgatish metodikasi
§2.1. Yuza haqida tasavvurlarni shakllantirish ………………………………………
§ 2.2.Yuza o’chov birligini o’rgatish metodikasi…………………………………..
§ 2.3.Yuza o’chov birligiga doir masalalar yechish ……………………………
Umumiy xulosalar ………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………….....................
K i r i s h
Tadqiqotning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Buning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimovning “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir” degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi masallar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 1-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun, tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda masallar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masallar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “ Boshlang'ich sinflarda yuza o'lchov birligini o'rgatish metodikasi” deb nomladik.
Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’rgatish bо‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish,uning uning bir butun tizimini o’rganib chiqish.
Tadqiqot ob’yekti – Boshlang’ich sinflarda yuza o’chov birligini o’qitish metodikasi о‘rganish metodikasida haqidagi tasavvurlarning tо‘la sistemasini tarkib toptirmog’imiz lozimligini aytish joizdir.

Tadqiqot predmeti – Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish metodikasi darslarining samaradorligini oshiruvchi miqdorlar tushunchasi о‘quv materiallar mazmuni.
Tadqiqot farazi. –Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi mustahkamlash bilan bog‘lab о‘qitishning samaradorligi oshadi, agar:

  1. о‘quvchilarning olgan bilimlari qiziqarli, ongli va aniq bо‘lishi ta’minlansa;

  2. Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mazmuni, shakl va metodlari takomillashtirilib borilsa;

  3. Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘qitishda matematikadan olgan bilimlarining sifat kо‘rsatkichi yuqori bо‘lishi e’tiborga olinsa.


Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin