Tadqiqot maqsadi va amaliy faraziga kо‘ra quyidagi vazifalar belgilanadi: Matematika darslarida miqdorlar tushunchasini berishning psixologik-pedagogik jihatlarini о‘rganish. Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mustahkamlash orqali о‘qitishning eng maqbul yо‘llarini ishlab chiqish va uni tajriba - sinov vositasida tekshirish.
Tadqiqot usullari: 1. Muammoga doir adabiyotlarni (psixologiya, pedagogika) tahlil qilish.
2. IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish, darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda metodist о‘qituvchilarning ish tajribalarini о‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
3. О‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Tadqiqot bosqichlari:Birinchi bosqich mavzuga doir adabiyotlar о‘rganilib, tahlil qilish. Bu davrda Boshlang‘ich sinf fan dasturlari, darsliklari, tarbiyaviy ishlarni о‘rganish asosida matematikaga oid tajribalarni tahlil qilish.
Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlarining rejasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqich O’qituvchini faoliyatim davrida boshlang‘ich sinflarda tajriba-sinov о‘tkazildi. Tadqiqot natijalari matematik-statistik jihatdan tahlil qilindi va Boshlang‘ich sinf amaliyotiga joriy etishga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Boshlang’ich sinfda miqdorlarni o’qitish dars ishlanmalarini ishlab chiqildi.
Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilimlarni о‘zlashtirish darajasini belgilovchi mezon ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Boshlangich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilan bog‘lab о‘qitish asosida tarbiyalashga yangicha yondashuv aniqlandi;
Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish va bilimini mustahkamlashga doir tadbirlar mazmuni ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ishlab chiqilgan tavsiyalar tо‘rtinchi sinf matematika darslarining samaradorligini oshirish imkoniga ega.
Boshlang’ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish о‘quvchilarni bilimli va komil inson qilib tarbiyalashda, ota-onalar, о‘qituvchi va jamoatchilikda foydalanishlari mumkin.
Tadqiqotimizga hukumat va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining milliy mafkurani mustahkamlash tо‘g‘risidagi qaror va kо‘rsatmalari, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Sh.M.Mirziyoyev asarlari va boshqa ilmiy adabiyotlar metodologik asos qilib olindi.