M u n d a r I j a


Tadqiqotning asosiy metodi



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə3/3
tarix31.03.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#92054
1   2   3
Diplom ishi Gulnoza

Tadqiqotning asosiy metodi sifatida psixologik, pedagogik va yо‘naltiruvchi adabiyotlardan, amaldagi dasturlar, darsliklar va matematikaga oid о‘quv qо‘llanmalar tahlilidan, pedagogik kuzatuv va tajribalar, suhbatlardan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ish ikki bob, xulosa,foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi. Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi. Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir. Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak. Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ‘teng’, ‘katta’, ‘uzun’, ‘qisqa’, ‘kalta’ kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin
1. Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak lentani ihtiyoriy uzunlikdagi ikkita qog`oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo`yish yo`li bilan taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi mumkin. Amaliy ishlar bunda ular-ning so`zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. "Uzun-liklari bo`yicha teng", "Uzunliklari bo`yicha teng emas" so`zla-rining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqarog" kabi tushunarliroq so`zlar orqali aniqlanadi. shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan, poloskalar yordamida bolalar kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini ikkinchisi ustiga bevosita Qo`yib Bo`lmaydigan hollarda, o`rganadilar. Shu. maqsadda o`quvchilar qog`oz poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni shunday usul bilan bajarish maqsadga muvofiq Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkret g`ayotiy misollar asosida masalan, ma`lum uzunlikda lenta sotib olish kerak bo`lganda va shunga o`hshash holatlarda kesmalarni taqqoslash uchun ma`lum uzunlikdagi o`lchov birligidan foydalanish kerak, degan fikrga olib keladi. Bu erda o`qituvchi rahbarligida amaliy ish o`tqazish foydali: har bir o`quvchiga, masalan, sanoq cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilish mumkin. Buning uchun oldin o`lchov (birlik kesma) - qog`oz poloskani (bir bo`lajak kanop, tasma va h. k.) tanlab olish kerak. har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalardan o`z o`lchovini tanlaydi. Natijada har hil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun har hil .o`lchov tanlab oldilar. Bunday ishlar o`z-o`zidan foydali, chunki bolalarga o`lchash protsessi haqida dastlabki tasavvurlarni beradi va ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan hulosaga olib keladi. Shunga asoslanib o`qituvchi kesmalarni taqqoslash uchun aniq o`lchov yordamida o`lchashlardan foydalanilishini aytadi. Oldin uncha katta bo`lmagan predmetlarning masalan, cho`plarning, qalamning va boshqa narsalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi - santimetrdan foydalanilishini o`qituvchi aytadi. 2. O‘quvchilar santimetr haqida ayoniy tasavvur olishlari uchun, ular o`qituvchi rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog`oz varag`idan eni bir katakka teng bo`lgan uzun poloska qirqishlari va so`ngra undan 1 sm li poloska qirqishlari kerak. Poloskalarni ustma-ust qo`yib, bolalar ular o`zaro teng ekaniga 51 ishonch hosil qiladilar. Bunday poloskalarning har biri santimetrning modeli ekanini o`qituvchi aytadi. Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 1) berilgan kesmani o`lchash; 2) berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishni o`rganib olishlari kerak, Bu masalalarni echishning ikkita usulini ajratish mumkin. Birinchi usul ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan yoki ajratib o`lchab olinayotgan kesma santimetrning modellari bilan qoplanadi va so`ngra ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish bolalarning har bir santi-metrni "payqashlariga", "sezishlariga" yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin ushbu ko`rinishdagi mashqlarni bajartirish mumkin: santimetrning ikkita modelini ketma-ket qo`ying. qanday uzunlikda poloska hosil bo`ldi. Ikkinchi usul - qo`yib borish usuli. Yuqoridagi ikki masalani echishda bu usuldan qanday foydalanilishini ko`ramiz 1. O‘qituvchi bolalarga berilgan kesmani o`lchashni o`rgatar ekan, ularning har biri santimetr modeli oxirini o`lchanayotgan kesmalardan biriga aniq qo`yilishini; o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model` oxirlaridan birini yana qo`yishlarini va kesmaga yanqa bitta belgi qo`yishlarini (ikkinchi uchida) kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish (har gal belgi qo`yib) qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi o`lchanayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma-ust tushmaguncha bajarilaveradi. Bu holda o`quvchi kesmaga qo`yilgan santimetrlar sonini sanab, santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar ustma-ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 5 sm cha, 5 sm dan biroz kam yoki biroz ortiq Berilgan uzunlikdagi kesmani santimetr modeli yordamida yasashda, shuni kuzatib borish kerakki, har qaysi o`quvchi oldin to`g`ri chiziq o`tkazsin; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri) belgilasin va bu nuqtadan boshdab biror yo`nalishda santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal qalam bilan belgilab); qalam bilan kesmaning ikkinchi uchini belgilasin. Shuni ta`kidlash kerakki, berilgan kesmani o`lchashda (1-masala) har doim ozmiko`pmi sezilarli qoldiqlar chiqadi. Bu bajarilayotgan ish mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. Shu sababli, ishni berilgan uzunlikdagi kesmani ko`rsatilgan ikki usul bilan yasashdan boshlash maqsadga muvofiq (2- ma-sala). Kesmalarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog`ozga chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obektlarni, masalan, qalamdon, daftar va boshqa uncha katta bo`lmagan predmetlarni o`lchash bo`yicha ham mashq qildirish kerak. Ko`pburchakning tomonlari o`lchash obektlari bo`lishi ham juda muhimdir. Bundam keyin yuqorida aytib o`tilgan ikki masalani yechishda santimetr modelidan foydalanishdan chizg‘ichdan foydalanishga o`tish tavsiya etiladi, chizg`ichni o`quvchilar katakli qog`oz varag`idan yasashadi. Bunday chizg`ich hosil qilish uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini poloskalar shaklida qirqadi va o`quvchilarga tarqatadi va poloskalarda santi-metrlarni qanday belgilashni ko`rsatadi (bunda u qog`oz kataklarini bitta oralatib sanaydi yoki santimetr modelidan shu maqsadda foydalanadi). Bir santimetrli kesma bu poloskaga hammasi bo`lib 10 marta ketma-ket qo`yiladi. Uzunligi 1 dm bo`lgan poloskaning oxirlari kesilishidan hosil bo`lgan qog`oz polosa chizg`ichning modeli bo`ladi. Bunday chizg`ichning santimetrli shkalasi bo`linishlarini raqamlar bilan belgilash tavsiya etilmaydi. Bu sanoq va o`lchash protsesslarini birlashtirish uchun ham, bolalarning kesma uzunligi bilan son orasidagi moslikni tushunishlari uchun ham foydali. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni raqamlar qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, santimetr modeli yordamida ham bajarish foydali ekan. Bu bolalarga amalda chizg`ichdan foydalanishning afzalligini ko`rsatish imkonini beradi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa modeldan foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi. Shuni ta`kidlab o`tamizki, raqamlangan shkalali lineykadan foydalanib o`lchamga o`tishga shoshilmaslik kerak. Bu shunday kam uchraydigan hatoga yo`l qo`yishga olib keladiki, 52 bunda kesma yasash yoki o`lchashda sanoq boshini chizg`ichda noldan emasg birdan boshlaydilar. Bundan keyin shkalasi raqamlangan chizg`ich bilan ishlashda o`lchashda hatolarga yo`l qo`yuvchi o`quvchilarga individual yaqinlashish maqsadida santimetr modelidan yoki santimetr shkalali qog`oz poloskadan foydalanish zarurligini ham ta`kidlab o`tamiz. O‘quvchilar o`lchashda chizg`ichdagi chiziqchalarni emas, balki kesmaga o`lchov necha marta joylashishini aniqlashni o`rganib olganlaridan keyin santimetrli bo`limlarni raqamlar bilan belgilash mumkin. Uqituvchi o`quvchilarning e`tiborini har gal o`lchashda santimetrlarni sanash juda noqulay ekaniga qaratadi va ularga bunday savol beradi: "o‘lchashni tezlatish va oson-lashtirish uchun nima qilish kerak`". Bolalar odatda to`g`ri javob beradilar: bo`linishlarni raqamlar bilan belgilash kerak. O‘qituvchi chiziqchalarni emas, balki kesmalarnisantimetrlarni sanash kerakligini yana bir marta ta`kidlaydi. Sanoq boshlanadigan chiziqcha 0 raqami bilan belgilanadi. Ba`zi mamlakatlarda, masalan, Chexoslovakiyada santimetrlar shkalasining boshlang`ich chiziqchasini nol` bilan belgilanmaydigan maxsus chizg`ichdan foydalanilishini aytib o`tish bolalar uchun qiziqarlidir. Uqituvchining muhim vazifalaridan biri bu bolalarga chizg`ichdan foydalanish qoidasini tushuntirishdir: chizg`ichning bo`linishlari tushirilgan qirrasi faqat o`lchashlar uchun hizmat qiladi, to`g`ri chiziq kesmalarini chizishda shkalali qirrasiga qarama-qarshi qirrasidan foydalaniladi. Chizg`ich kir-bo`lib qolmasligi, o`tkaziladigan kesma aniq bo`lishi uchun chizishni faqat qalamda bajarish kerak. Chizg`ich qog`ozga shunday joylanishi kerakki, o`lchanayotgan yoki chizilayotgan kesma uning yoritilgan qirrasi tomonida bo`lsin. Uqituvchi o`quvchilarga chizmachilik asboblarini tartibli saqlash kerakligini tushuntirishi kerak: chizg`ich va go‘niya toza bo`lishi kerak, chizqichning bo`linmalari aniq ko`rinib turadigan bo`lishi, qalamlarning uchlari o`tkir qilib chiqarilgan bo`lishi lozim. O‘quvchilarni uzunlikning yangi birligi - dedsimetr bilan tanishtirish ikkinchi o`nlikni o`rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg`ich (qog`oz poloska) aslida dedsimetrning raqamlanmagan qog`oz modelidir. har bir o`quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi muhimdir. O‘quvchilar detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek ishlarni ya`ni o`lchashlar va yasashlarni bajarishadi. Dedsimetr modeli yordamida o`lchashlarga doyr ba`zi mashqlarni keltiramiz: 1. Detsimetrning uchta modelini bir qatorga qo`ying. qanday uzunlikda poloska hosil bo`ldi. 2. Qog`oz lenta (ip yoki kanop) dan uzunligi 3 dm (yoki bosh-qa songa teng) bo`lgan bir bo`lak o`lchang va poloskaning shu qismini qirqib oling. / i 3. To`g`ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dedsimetr qo`ying va boshqa bir nuqta qo`ying, hosil bo`lgan kesma uzunligini ayting. 4. Partaning, stolning eni va bo`yini,, portfel` uzunligini toping. Agar o`lchashda dedsimetr butun son marta joylashmasa, o`l-chash natijasi taqriban ifodalanadi: 3 dm cha, 5 dm dan ozgina ortiq, yoki ozgina kam. Ishda navbatdagi qadam - kesmalarni santimetr dedsimetr modellari yordamida yasashlar va o`lchash. Bu erda ushbu mashqlar o`rinli bo`ladi: 1. 2 dm 4 sm necha santimetrga teng 2. Uzunligi 7 dm (2 dm) bo`lgan kesma necha santimetr bo`ladi 3. Uzunligi 86 sm bo`lgan kesma necha detsimetr va santimetr bo`ladi va hokazo. 100 ichida nomerlash o`rganilayotganda yangi chizigqli birlik - metr o`rganiladi. Bu o`lchov bilan tanishtirishning etarlicha ma`lum bo`lgan usuli ushbudan iborat. O`qituvchi sinfga bunday savol bilan murojaat qiladi: sinf xonasining bo`yi va enini santimetr yoki dedsimetr modeli bilan o`lchash qulaymi Nega noqulay? U bunday hollarda yirikroq chiziqli birlikdan foydalaniladi, buni metr deb ataladi, deydi. O`qituvchi bir metrli yog`och chizg`ichni ko`rsatadi va bu chizg`ich metrning modeli ekanini aytadi. Metr bilan tanishtirishda bolalarga bir metrli yog`och chizg`ichni ko`rsatibgina qolmay, u bilan qanday o`lchashni ko`rsatishni, bunda bolalarning o`zlari sinfning, doskaning, eshikning va hokazolarning eni va bo`yini mustaqil topa oladigan bo`lishi muhimdir. Buning uchun ularning har birida o`zlari (mehnat 53 darsida) yasagan bir metrli qog`oz lineyka bo`lishi kerak. Metrning modelini hosil qilish uchun o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida uzunligi 10 dm bo`lgan qog`oz lenta oladilar va dedsimetrlarga, bo`ladilar. Detsimetrga teng bo`limlar chizig`chalar bilan belgilanadiL Bu chizig`chalar bo`yicha poloska buklanadi va "garmoshka" kilib tahlab qo`yiladi. Yig`ma qog`oz metr hosil bo`ladi. Shundan ke-yin o`quvchilarga ushbu ma`lumotlarni aytish foydali: qo`llar ikki yon tomonga cho`zib turilganda bir qo`lning panjasidan boshqa qo`l tirsagigacha bo`lgan masofa bir metrga teng; poldan 8-9 yoshdagi o`quvchining ko`kragicha bo`lgan masofa bir metrga teng. Shundan keyin ish santimetr va dedsimetrlar bilan tanishtirilgandagidek davom ettiriladi. Bunda ushbu ko`-rinishdagi mashqlar o`rinli bo`ladi: metrning qog`oz modeli yordamida uzunligi 3 m (4 m) bo`lgan kanop (lenta va h. k.) o`lchang, sinf polining plintusiga ko`ra uning bo`yini topiig, bunda har bir o`lchashdan keyin bo`r bilan belgi qo`ying. Bu ish o`quvchilarni qizig`tirishi uchun metr bilan o`lchamlarni ko`zda chamalab o`lchashga oid mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak. Bolalar berilgan masofani ko`zda chamalab o`l-chaydilar, so`ngra haqiqatda masofa qanchaligi metrda o`lchab ko`radilar. Shu yo`l bilan bolalar masofani ko`zda chamalash malakasinigina egallab qolmay, balki metr bilan o`lchash bo`yicha ham mashq qiladilar. Bunday savollar ham foydali: "Ovqatlanish stoli bir metrdan balandmi yoki pastmig`", "Utiriladigan stullar yoki kursilar poldan qancha baland (bir metrdan yuqori yoki past) qilib yasaladi", "Oddiy karavotning uzunligi qancha va hokazo. II sinfda uzunlik o`lchov birliklari bilan tanishish davom ettiriladi: bolalar millimetr bilan, keyinrog` esa kilometr bilan tanishadilar. Uquvchilarni millimetr bilan tanishtirish o`quvchilarni uzunlik o`lchovlari bilan tanishtiripg ishining eng qiyin qismidir. Tanishtirshnni santimetrga Qaraganda ancha mayda bo`lgan yangi o`lchov birligini kiritish amaliyotning talabi ekanini ko`rsatishdan boshlash kerak. Buni o`quvchilarga santimetrlarga bo`lingan qog`oz poloskalar yordamida oldindan qog`oz. varag`lariga chizilgan, masalan, uzunliklari .8 sm 7 mm va 9 sm 2 mm bo`lgan kesmalarni o`lchashni taklif qilb amalga oshirish mumkin. Kesmalar tagma-tag chizilgan bo`lib, bir xil emasligi yaxshi ko`rinib turadi. Buning ustiga santimetrlarda hisoblangan uzunlik bir sonning o`zi bilan ifodalanadi, bu son taxminan 9 ga teng (bunda o`quvchilar hali millimetr bilan tanishmagan bo`lishadi). Bundan ushbu xulosa chiqariladi: aniqroq o`lchashlar uchun santimetrga qaraganda kichikroq o`lchov zarur. Odatda masshtabli chizg`ichdagi bo`linishlarni qarab, o`qituvchi, bitta mayda bo`linish, ya`ni chizg`ichning ikkita chiziqchasi orasidagi bitta kesma millimetr deb atalishini aytadi. Bolalar 1 sm da 10 ta mm borligiga ayoniy ishonch hosil qiladilar. Shundan keyin o`quvchilar o`lchamlarga o`tishadi. Ular darslikda berilgan kesmalarni va shu darslikda chizilgan figuralarning tomonlarini o`lchashadi. Oldin bitta asosiy operatsiya - bo`linishlarni hisoblash uzlashtiriladi. O`qituvchi, bir metrli chizg`ichdagi kabi (bu chizg`ichda hisoblash qulay bo`lsin uchun har 5 sm dan keyin uzunroq shtrix o`tkazilgan) o`quvchilar chizg`ichida har 5 mm dan keyin kattaroq chiziqcha qo`yilishini tushuntiradi. Eng muhim narsa shuki, o`quvchilar sanash vaqtida ko`z to`g`ri joylashtirish malakasini egallab olishlari kerak. Nol belgili nuqtani kesma oxiri bilan ustma-ust tushurishda va millimetrli bo`linishlarni hisobga olishda parallaks hodisasi ta`sirini yo`qotish uchun ko`z bilan shunday qarash kerakki, u holda qam, bu holda ham ko`zni o`lchanayotgan kesmaga shu. kesma oxiridan o`tkazilgan perpendikulyarga tikib turish kerak. Bu ishning muhim va tushuntirish uchun qiyin bo`lgan elementidir. Buning qanchalik muhim ekanini shundan ham bilsa bo`ladiki, millimetrli chizg`ichlar bilan o`lchashda ko`zning perpendikulyardan 5 sm gina chetlashishi 0,6 mm hatoga yo`l qo`yishga sabab bo`ladi. Tushuntirish g`iyinligi shundan iboratki, o`quvchilar hali perpendikulyar tushunchasi bilan tanishmagan bo`ladilar. Shu sababli o`quvchi bir muncha "hirarog`", tarqoq ko`rsatmalar berishga to`g`ri keladi. Masalan, "kesma oxiriga qarayotgan ko`zingizni shu nuqta ustiga aniq tiking", "Millimetrli bo`linishlarni hisoblayotganda yon tomondan qaramang", va h. k. Uzunlik o`lchovining yangi birligi - kilometr bilan tanishtirilayotganda uzunlik o`lchovining bu birligi haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o`tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida 1 km ga (500 m ga 54 teng) masofani o`tishlari va bu masofani qancha vaqtda o`tganlyaklarini aniqlashlari foydalidir. O`tilgan masofani, yo qadamlar bilan (taxminan 2 qadam 1 m ga teng), yoki ruletka, yoki o`lchov lentasi bilan o`lchaydilar. Yo`lma-yo`lakay o`quvchilar ba`zi masofalarni ko`zda chamalab mashq qiladilar. Agar imkoniyati bo`lsa, yaqindagi aholi yashaydigan punkt va shaharlargacha bo`lgan masofalarga oid ma`lumotlarni bilish maqsadida avtobus vokzaliga yoki temir yo`l vokzaliga ekskursiyalar o`tkaziladi. Bu materialdan keyinchalik darslarda masalalar tuzishda foydalaniladi, III sinfda o`quvchilarning uzunlik o`lchovlari birliklari orasidagi munosabatlarga oid byumlari mustahkamlanadi va uzunlik o`lchovlari jadvali kiritiladi: 1 km = 1000 m 1 dm =10 sm 1 m = 10 dm 1 sm = 10 mm. 1 m = 100 sm = 1000 mm. Bu jadvalni o`quvchilar eslab qolishlari kerak. Uzunlik o`lchovlari jadvaliga oid bilimlaridan bolalar har xil mashqlarni bajarishlarida foydalanishlari kerak. Bunda quyidagidek mashqlar o`rinli bo`ladi: a) 1 m 1 sm dan necha marta katta 1 dm 1 m dan necha marta kam va h. k. b) 1 mm santimetrning qanday qismini tashkil qiladi 1 dm (1 sm, 1 mm) metrning qanday qismini tashkil qiladi va hokazo. v) Sonlarni kilometr va metrlarda ifodalang: 36647 m; 3807 m va hokazo. Oxirgi mash1ni bajarishda bolalar taxminan bunday mulohaza yuritadilar: "36647 sonida nechta minglik va birlik 'borligini bilish kerak. Bu sonda 36 ta minglik va 647 ta birlik bor, 1 km bu 1000 m, demak, 36 ming metr bu 36 km; 36647 m esa 36 km647 m ga teng" va hokazo. 3.Geometrik figuralarning yuzi haqida tushunchalarni o‟qitish metodikasi. Yuza to‘g‘risida bilimlar IV sinf matematikasida ―yuz‖, ―yuz birliklari‖ mavzusida o‘rganiladi. Lekin bu tushunchaga tayyorgarlik ishlari I-II sinfdan boshlanadi. Masalan, mehnat darslarida qog‘ozdan yuzaga ega bo‘lgan figulalarni qirqib olish tasviriy san‘at darslarida ba‘zi figuralarni bo‘yash bo‘yoqning ko‘p yoki kam ketishi nimaga bog‘liqligini bilib boradilar. Rasm solish bilan biror figurani yopiq chiziqlar bilan chegaralaydilar, qog‘ozning ko‘p yoki kam ketganligini bilish asosida yuzlarning katta, teng munosabatlar bilan taqqoslashini bilib oladilar. Geometrik figuralarga taalluqli uchburchak, kvadrat, doira to‘g‘ri to‘rtburchak kabi figuralarni chizib, uni qog‘ozdan kesib oladilar. Mehnat darslarida ham bichish-tikish ishlarini bajarganda ko‘p yoki mato ketganligi bilan yuza tushunchasini bog‘laydilar. 1-2 sinflarda figuralardagi kataklarni sanash, kataklar bo‘yicha figura yasash, figuralarr qirqish, ustiga qo‘yish yo‘li bilan figuralarni taqqoslashga oid mashqlar beriladi. “Figuralarning yuzlari” mavzusi quyidagi reja asosida o‟qitiladi: 1.Taqqoshlash bilan qaysi figura ko‘proq o‘rin egallashini bilib olish. 2.Birlik kvadrat yordamida figuralar yuzasining katta, kichikligini bilish, кв.cм bilan tanishish. 3. кv.sm bilan turli figuralar yuzlarni hisoblash, paletka. 4.To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini кv.sm da hisoblash. 5. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini kv.dm da hisoblash. 6. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini кv.m da hisoblash. Har qaysi bosqichga alohida to‘xtalamiz: Figuralarning yuzi haqida tasavvurlarni shakllantirishdan oldin o‘quvchilarda kesmalarni taqqoshlash, kesmalar va kesmalarning uzunliklariga nisbatan >,< = munosabatlari haqida o‘quvchilarda to‘plangan ma‘lumotlarni eslash kerak. Ayniqsa amaliy mashqlardan foydalanish zarur. 55 Misol: A, B, V, G, D, Y figuralarni chizamiz, ularni qog‘ozdan qirqib olib ustma-ust qo‘yib taqqoslashadi. А B V G D Y B- uchburchakni A kvadrat ustiga qo‘yadi. Uchburchak kvadrat ichida joylashganiga ishonch hosil qilganidan keyin < ko‘rinishda xulosa chiqaradi. G -ni B- ni qo‘yib boshqa kombinasiyalar bilan >,< = kabi munosabatlar o‘rnatiladi. Lekin har doim ham shakllarini ustma-ust qo‘yib, figuralar yuzlarini taqqoslab bo‘lmaydi. Misol: 1,2,3,4 figuralarni olamiz. 1 2 3 4 Endi bunday figuralar qanday taqqoslanadiq –degan savol qo‘yiladi. Bu yerda figura yuzlarini o‘lchash, o‘lchov birligini kiritish zarurligini kelib chiqadi. Bunday yuzlarni o‘lchash usullaridan osoni figura yuzlarini teng kvadratchalarga bo‘lish orqali bajariladi. Bu misol quyidagicha bajariladi. Bir o‘quvchi 6 tadan katagi bor 4 ta qatorni, 2-o‘quvchi 9 tadan katagi bor 3 ta qatorni daftarga chizadi. Qaysi o‘quvchi ko‘proq katakni va qancha ko‘p katakni chizgan? 9*3=27; 6*4=24; 27-24=3 kabi hisoblash bajariladi. Yuzani o‘lchash uchun yuza birligi кв.cм ni kiritishdan boshlash kerak. Tomonning uzunligi 1 sm yoki daftarga 2 katak uzunligiga teng bo‘lgan uzunlik orqali kvadrat chizdiriladi. Bu kvadrat ichida 4 ta katak joylashgan bo‘ladi. Shundan keyin daftarning yuzini o‘lchashdan boshlash kerak. 1) eng bo‘yicha 30 ta, bo‘yi 40 ta katak joylashgan bo‘sa, 30*40=1200 katak. Har to‘rttasi 1 kv sm.bo‘lsa, 1200:15=300 kv sm. hisoblash mumkin. 2) eni 15 sm, bo‘yi 20sm bo‘lsa, 15*20=300 kv sm. Endi o‘quvchilarga eng sodda figura-to‘rtburchakning yuzini topishdan amaliy ishni boshlash kerak. Endi kitobning eni 12 sm, bo‘yi 18 sm deb qizg‘ich bilan o‘lchash orqali yuzini keltirib chiqaradi. Yuzi 12*18=216 kv sm. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzlarini hisoblashdan boshqa ixtiyoriy yuzlarini hisoblashda paletkadan foydalanishni o‘rgatish zarur. Paletka kvadratlarga bo‘lingan shaffof plastinkadir. Mehnat darslarida bunday asboblarni yasatish mumkin. Eng osoni berilgan figurani katakli daftarga qo‘yib chizib olamiz. To‘la joylashgan kataklar 52 ta bo‘lsin. 52:4=13 kv. sm. To‘la joylashmagan kataklarni sanab, ularning yarmini olamiz. 24:2=12 кв.cм 12 katakni кв.cм ga aylantiramiz 12:4=3 kv.sm Jami: 13+3=16 kv sm. Shunga o‘xshash кв.дм кв.м kabi o‘lchov birliklarini ketma-ket kiritish mumkin. O‘quvchi bu yuzalar qanday kattalikka ega ekanligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi uchun uzunliklari 1 см 1 dm1 м bo‘lgan kvadratlar chizdiriladi, iloji bo‘lsa ular qog‘ozda chizdirilib, kesib olinadi. mmli qog‘oz haqida tushuncha berish kerak. Endi amaliy ish sifatida doska, stol va hokazolarning enda va bo‘ylarini sm yoki dm o‘lchov birligida o‘lchab, ularni ko‘paytirish asosida yuzlarini hisoblab chiqadilar, shuningdek daftar, kitob va boshqalarning yuzlari hisoblash mustaqil ish sifatida beriladi. Endi vazifa kv.dm ni kv.sm ga, kv.sm ni kv.sm ga aylantirish masalasidir. Buning uchun quyidagi masalalarni yechish mumkin. 1.Matematika darsligi muqovasining bo‘yi va enini см larda o‘lchash va yuzini дм larda ifodalash. 2.Gazeta sahifasining bo‘yi va enini dm larda o‘lchash va yuzini sm larda ifodalash. Shu kabi mashqlar asosida kichik birliklardagi yuzani katta birlikdagi va aksincha aylantirishi, shu asosida yuza o‘lchov birliklari jadvali haqida tushuncha beriladi. Endi kattaroq yuzlarni o‘lchashga o‘tiladi. Unda sinfning yuzi, yer uchastkasi va boshqa yuzalar o‘lchab ko‘rsatiladi. 56 1. Massa o`lchov birligi haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish, bu o‘lchov birliklari-bilan tanishtirish metodikasi. Bolalar 1- sinfda tanishadigan birinchi m a s s a , birligi bu" kilogrammdir. 1 kg li massa xaqidagi tasavvo‘rni bslalar faqat o‘zlari- ning amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar massalari 1 kg ga teng bo‘lgan (masalan, bir pachka shakar) predmetlarni qo‘llarida* ushlab ko‘rishlari va bu predmetlarni ogir yoki yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak. Taqoslash operadiyasi asosidagina bolalar 1 kg li massa haqida real tuyruni sezadilar. Birinchi darsning o‘zidayoq bolalarni pallali (richagli) tarozida xar xil predmetlarni (paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg shakar, tuz, yormalar va "boiщa narsalarni) 1, 2, 5 kg li toshlar naboridan foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida bolalarning o‘zlari qagnashishi muximdir. Albatta, bunda o‘qituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak. Tortish natijalari doskaga va daftarlarga yoziladi. "U Navbatdagi darsda bolalar* hajm (sig‘im) o‘lchovi birligi — Litr bilan tanishadilar. Bunda litrni har xil namunalarining bo‘lishi, ya‘ni bir litrli banka, krushka, shuningdek idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar) bulishi juda ahamiyatga ega:) O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada «darsn suxbatdan boshlash» tavsiya qilinadi, — bu suxbagda «bolalardan oldin, kim ulardan sut yoki lampa moy (kerosin) sotib olganini, unda sotuvchi sut yoki kerosinni nima bilan o‘lchashini» surab olish tavsiya etiladi.shundan keyin litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajminga (sig‘imini) o‘lchashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni xar xil shakl- da o‘tqazish mumkin. SHulardan ba‘zilarini keltiramiz: 1) «Magazin» uyini. o‘quvchilardan biri sotuvchi qilib ta- yinlanadi. CHelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha o‘quv- chi bidonlar va bankalar olishadi — ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1 l, 2 l, 3 l «sut» quyib beradi. qolgan xamma o‘quvchilar sotuvchi «sutni» to‘g‘ri quyib berayotganini kuzatib borishadi. 2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishi- ni o‘lchash taklif qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sig‘ishi ha qida qanday fikrda ekanliklarini so‘rash kerak. Ular o‘zlari o‘ylagan sonni yozib q0‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining qanchalik turli o‘ylaganliklarini tekshirib ko‘radilar. 3) Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelak- lardagi suvlar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suv- ni birinchi chelakdan ikkinchisiga quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish mumkin, ikkinchi chelakka yana 2 l suv iquyish mumkin). / i O‘qituvchi bulardan ba‘zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z mashqlaridan foydalanishi mumkin, ammo bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imniko‘zda chamalab aniqlashri muhimdir. | Ikkinchi sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi — gramm bilan tanishadilar. Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan, gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar qo‘llari bilan massasi 1 g bo‘lgan toshni ushlashlari va uning ogirligini boshqa predmetlariing og‘irliklari bilan taqqoslashlari kerak. Bolalarga 1 tiyin- lik tanganing massasi 1 g, 2 tiyinlikniki 2 g, 3 tiyinlikniki 3 g, 5 tiyinlikniki 5 g ekanini aytish va bu chahalardan tosh- lar o‘rnida foydalanish mumkinligini aytish foydali. Sinf- ga dorixona tarozisini olib kirish, bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak. Dorilarni o‘lchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar ke- rakligini aytadi (va ko‘rsatadi). Shundan keyin tortishga oid amaliy mashqlar o‘tqazish kerak: Masalan, 300 g shakar, 200 g yorma tortib olish va xokazo.. Bu proqressda o‘quvchilarning o‘zlari 57 ishtirok etishlari muhimdir. Ikkinchi sinfda o‘quvchilarni savdo tarozisi bilan tanish- tirish tavsiya qilinadi. SHu maqsadda yaqin joydagi ovqat magaziniga eksko‘rsiya tashkil kilish va - bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish kedak. Uchinchi sinfda, birinchi dan «massa o‘lchovlari» tushunchasi kiritiladi, ikkinchidan, o‘quvchilar o‘zlari uchun birlik— tsentner va tonna bilan tanishadilar, uchinchidan, massa o‘lchov- lari jadvali kiritiladi. «Massa o‘lchovlari» terminink quyidagicha tushuntirish yor- damida kiritishi tavsiya qilinadi: «Ikki kesmani taqqoslab, ulardan qaysinisi uzun. qaysinisi qisqa ekanligini bilish zarur" bo‘lganda ularning uzunliklarini bir xil birlik masa- lan, santimetr bilan ulchab taqqoslaymiz. qaysi bo‘lak noi- ning massasi ortiq, qaysinisiniki kam ekanligini bilish zarur bo‘lganda esa, buni tarozi va toshlar yordamida hal qilamiz. Siz qanday massa birliklarini bilasiz? 1 kg da qancha gramm bor?...»1 . Massasi 1 ts va 1 t bo‘lgan predmetlarni qo‘lda «ushlab tu- rish» mumkin emas. Shu sababli o‘quvchilarda yangi o‘lchov bir liklari xaqida konkret tasavvurlar hosil qilishi uchun metodik adabiyotda ilgaridan o‘quvchilarga, masalan, bunday ma‘lumotlarni aytish tavsiya qilinadi: ikki qop kartoshkaning massasi taxminan 1 ts, «Moskvich» avtomobilining massasi (passajirlarsiz) taxminan 1 t ga teng; sinfdagi hamma o‘quvchilarning (30—35 ta o‘quvchi) massasi taxminan 1 t ga teng. Shundan keyin massa o‘lchovlari jadvali tuziladi va bolalarga uni eslab qolish tavsiya etiladi. 2.IV sinfda ―Vaqt o‘lchovlari‖ mavzuini yil, oy hafta, sutka, soat minut kabi o‘lchov birliklari haqida tushuncha beriladi. Ko‘rgazmali tushuncha berish uchun soat va undan foydalanishga kengroq to‘xtatilish ker ak. Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqt soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir. Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy sharoitida o‘rganib kelish topshiriladi. Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq ―oldin‖, ―keyin‖ tushunchalari kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fal oldin keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni tushuntirish mumkin. 1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun bugun, kecha, ertaga tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim) foydalanish, shu asosda xafta, oy, yil kabi ularning orasidagibog‘lanishni o‘rganish mumkin. ―Vaqt o‘lchovlari‖ mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtning qanday rol o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarning yohi bo‘yicha bosqichlarini tuhuntirish suhbat uyushtirish mumkin. Sinfda vaqtning o‘lchov asboblari : soat va sekundomerlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘proq hisoblash ishlarida soat siferblatining bo‘lishi shart. Vaqtni hisobga oladigan quyidagi qo‘llanmalar haqida tushunchlar berish mumkin: 1.Tabel 2.Soatning demonstrasion modeli (sifrblat). 3.‖Maktab o‘quvchisining kundalik rejimi‖ jadvallari. Shuningdek, sekund va asr bilan tanishadilar. O‘quv yilning oxirida quyidagi vaqt o‘lchovlari jadvali beriladi. 1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat 2 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut 1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund. Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka. Kabisa yili 366 kun. 58 Asosiy birliklar – yil va sutka Darslikda berilgan jadvaldan foydalanib 12 oy va har biro y necha kundan iboratligini ko‘rsatish zarur. Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o‘lchovlarini maydaroq vaqt o‘lchovlariga va aksincha almashtirishga oid mashqlarga katta e‘tibor bergan. Misol. 1 yil 2 oy necha sutka? 2.Vaqt birliklari bilan amallar bajarish. Bir necha dars vaqt birligi qatnashgan ismli sonlar ustida amallar bajarishga ajratiladi. 12 soat 45 minut 15 soat 35 minut 10 soat 30 minut 8 soat 48 minut Vaqtni qo‘shishni o‘rganishdan oldin, ana shunday mashqlar qaraladiki, ularda minutlar yoki sekundlar yig‘indisi 24 soat dan kam, kunlar yig‘indisi 30 dan yoki 31 dan kam,… Ayrishni qarashda quyidagi misollar tavsiya qilinadi: 1 soat -34 min, 3 m 26 sekund Bular uchun 1soat-34 min =60 min -34 min=26 sekund 3 min-26 sek= 2 min 60 sek-26 sek = 2 min 34 sek deb tushuntirish lozim. Bu mavzuni o‘rganishda vaqt hisobini 1 sutkani 24 soat hisobida olib boorish malakasi quyidagicha chizma bilan tushuntiriladi. 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Bu chizma yordamida kechki soat 7-bu soat; 19;11 esa kechki soat 23; Kunduzi 3-bu soat 15; ekanligini tushuntiriladi. Vaqt hisobiga oid masalalarni yechishda ham o‘quvchilar shu chizmadan foydalanishadi. IV sinfda sutka ichida hisoblashga oid quyidagi masalalar qaraladi. 1) Hodisaning boshlanishi bilan oxiri orasida o‘tgan vaqtga ko‘ra uning oxirini topishga oid masalalar. Misol: 1-soat 8 s 30 min boshlanadi, dars 45 minut davom etadi, tanaffus qachon bo‘ladiq 2) Hodisaning boshlanishini uning oxiri va hodisa davom etgan vaqtga ko‘ra toppish. Misol katta tanaffus 30 minut davom etdi, kirish 11 s 45 minut bo‘ladi. Katta tanaffusga chiqish qachon bo‘lgan? 3) Berilgan hodisalar orasida o‘tgan vaqtini hisoblash. Misol: Mustaqillik kuni 1991 yil 1-sentyabrda bo‘lgan. 2000 yil 1 dekabrda mustaqillikka qancha vaqt bo‘lan? Bu uchala masala a+b =с ko‘rinishda qo‘shish komponentlarda no‘malumlarni topishga asoslanadi. a+b=x x+b= с a+x= с Vaqt o`lchov birliklari Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab bo‟lgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, og‟irlik xossalariga o‟xshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklari taqqoslash, qo‟shish, ayirish mumkin. Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o‟lchash, taqsim qilishi, qadrlash o‟quvi bilan bog‟liq. Vaqt uzluksiz o‟tadi, uni to‟xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlari o‟lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig‟idan bir martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi 59 muntazam ravishda takrorlanuvchi jarayon bo‟lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut, sekund birliklari kishilar o‟ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka Erning o‟z o‟qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. SHuning uchun har yilga olti soatdan qo‟shish o‟rniga har to‟rttinchi yilga butun sutka qo‟shiladi. Bu yil 366 kundan iborat bo‟lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46 yilda Rim Imperatori YUliy Sezarь o‟sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi. SHuning uchun bu yangi kalendar yulian kalendari deyiladi. SHu kalendarga asosan yangi yil 1- yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi. Bu kalendarda vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o‟lchovlardan hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning uncha aniq bo‟lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning Er atrofida aylanishi bilan bog‟liq. Oy taxminan 29,5 sutkada Erni to‟la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan 12 marta aylanadi. SHu ma‟lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo‟ldi. Ko‟p asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida-hozirgi kalendarь vujudga keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo‟linishi ham qadimgi davrdan kelib chiqqan bo‟lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib chiqqan. 1 soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1 soat = 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq sistemasining ta‟siri bor faraz qilinadi. I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr ―vaqt o‟lchovi‖ ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo‟lishlari kerak. Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o‟quvi bilan bog‟liq. Vaqt beto‟xtov o‟tadi, uni to‟xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. SHuning uchun vaqt oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo‟yicha taqqoslash ham qiyin. Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig‟ida nima bo‟layotganligiga bog‟liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o‟tayotgandek bo‟lib tuyuladi. SHuning uchun vaqt o‟rganish qiyin bo‟lgan miqdorlardan biridir. Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo‟lgan 59 davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Voqealarning vaqt bo‟yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo‟lgan edi, nima keyin bo‟lgan edi) va xodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidan qiyin o‟zlashtiriladi. Birinchi sinf o‟quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar o‟qiganlarida va kinofilьmla ko‟rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt o‟zgarishini ko‟rishga, vaqt o‟tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1- sinfda bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko‟zda tutadi. SHu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‟ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi, o‟quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabi tushunchalarni o‟rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig‟ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o‟lchovlarini o‟rganishga zamin bo‟ladi. Berilgan mavzuni o‟rganishga bag‟ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o‟qituvchi tabelь kalendardan foydalanadi. Bolalar tabelь– kalendarь yordamida bir yilda o‟n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo‟lgan oylarning nomini o‟zlashtiradilar, ajratadilar: aprelь , iyunь, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy 60 esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. SHu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o‟rgatiladi. Masalan yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyulь, avgust, oktyabr tartib bo‟yicha nechanchi oylar? Agar oy va chislo ma‟lum bo‟lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha haftaning kunlari ma‟lum bo‟lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to‟g‟ri kelishini aniqlash mumkin? Bolalarni kalendarь bo‟yicha quyidagi savollarga javob berishga o‟rgatiladi: - Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro‟z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi kunigan to‟g‟ri keladi? - YAnvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari? - Yilda ikkinchi, to‟rttinchi, sakkizinchi bo‟lib keluvchi oyning nomi nima? - Kalendardan biling-chi bahorgi kanikulь necha kun davom etarkin? (bahorgi kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.) Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga yaqin bo‟lgan qismlariertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha bo‟lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun, indini, o‟tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o‟tgan vaqt oralig‟i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabelь-kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minut tushunchasi o‟rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O‟rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag‟ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‟lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to‟rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy ish bo‟lib hisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli yordamida o‟qituvchi soatning tuzilishi, ishlashini, hamma soatlar shunday yasalganini, ya‟ni katta strelka bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda o‟tishini, kichik strelka esa bir katta chiziqdan ikkinchi katta chiziqgacha bir soatda o‟tishini aytadi. SHuning uchun katta strelkani minut strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi deyiladi. SHundan keyin o‟qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi. Bolalar vaqtni soatga qarab aniqlashni o‟rganishlari uchun siferblatli soat modellaridan foydalanadilar. So‟ngra soat modellaridan foydalanishga doir mashqlar tavsiya qilinadi: masalan belgilangan vaqtini aytish va o‟qituvchi aytgan vaqtni belgilash taklif qilinadi. So‟ngra vaqtni soat va minutlar bilan aniqlashning turli ifodalanishi o‟rgatilinadi: masalan: ―9-u 30 minut, soat 9 dan 30 minut o‟tdi, 9 yarim‖, ―soat 4-u 45 minut, 15 ta kam 5, chorakam 5‖. SHu bilan birga dastur bolalarni kunduz yoki kechani birdan o‟n ikkigacha bo‟lgan soatlarning aytilishi ham o‟rgatiladi. YA‟ni soat modelida birdan o‟n ikkigacha bo‟lgan sonlar bor. SHuning uchun vaqtni aytishdan oldin hozir ertalab yoki kechqurun, kunduzi yoki kechasi ekanligini aniqlab olish lozim. Masalan kunduz soat 4 yoki kechasi soat 4. Sutka tungi soat 0 dan boshlanadi. Soat 0 dan kunduz soat 12 gacha sutkaning birinchi yarmi o‟tadi. Bir soatdan keyin soat 13 (yoki kunduz soat 1) bo‟ladi. Sutka boshidan 24 soat o‟tgandan keyin soat yana soat 0 ni ko‟rsatadi. 3-sinfda o‟quvchilar o‟zlari uchun yangi vaqt birliklari-sekund va asr bilan tanishadilar. Sekundning davomiyligi haqida aniq tasavvurlarga ega bo‟lishi uchun bolalarga 1 sekunda 1-2 qadam bosish, 1 metr o‟tish mumkinligi, 1 sekund ichida nima qilish mumkinligi o‟rgatiladi. Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu ulkan vaqt oralig‟ini fikran qamrab olishlari ancha qiyindir. O‟qituvchining vazifasi vaqtning yilga nisbatan eng katta o‟lchov birligi asrni tushuntirishda shunday misollarni tanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo‟lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig‟I davomiyligi 61 qancha bo‟lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig‟I davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o‟z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asr bilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko‟rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi eng yirigidir. ―Vaqt o‟lchovlari‖ mavzusini o‟rganish uchun bir qator darslar ajratiladi. Bu darslarning vazifasi vaqt o‟lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularni sistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o‟rganish vaqt o‟lchovlari jadvalini tuzish va uni o‟zlashtirishdan boshlanadi: 1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat 1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut 1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund Fevral oyi 28 yoki 29 sutka. Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o‟lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo‟shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag‟ishlanadi. 4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut 194 minut = 3 soat 14 minut 1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut. Boshlang‟ich sinflarda vaqt o‟lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmunda bo‟ladi: I. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‟tgan vaqtga ko‟ra uning oxirini topishga oid masalalar. II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‟tgan vaqtga ko‘ra topishga doir masalalar. III. Berilgan hodisalar orasida o‟tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o‟zaro teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o‟rgatiladi.


Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin