MA’RUZA-10 IPv4 va IPv6 protokollari. IPv4 va IPv6 protokollari va ularning paket strukturalari. IPv4 v aIPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoshlash va tahlil qilish.
«Kompyuter tarmoqlari» fanidan
Tarmoq darajasi.
Tarmoq darajasining asosiy protokoli sifatida stekda IP protokoli ishlatiladi. U boshlanishida, lokal va global bilan birgalikda birlashgan, lokal tarmoqlarning ko’p sonidan iborat tarkibiy tarmoqlarda paketlarni uzatish protokoli sifatida loyihalashtirilgan. Tarmoqlararo o’zaro ishlash darajasi, RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First) yo’nalish axborotini yig’uvchi protokollar, hamda ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqlararo boshqarish xabarlari protokoli kabi marshrutlash jadvalini tuzish va takomillashtirish bilan bog’liq hamma protokollar kiradi.
IP-adres.
IP-adres – tarmoqdagi TCP/IP protokoldan foydalanuvchi xostni aniqlovchi unikal identifikator.
Tugun (node) yoki xost (host) – tarmoqqa ulangan va boshqa qurilmalar bilan o’zaro aloqada ishlay oladigan qurilma.
Tarmoq raqami va tarmoqdagi xost raqamidan iborat bo’lgan tarmoq adresi yirik tarmoqdagi har bir xostni unikal tarzda identifikatsiya qilish imkonini beradi. TCP/IP texnologiyasida tarmoq adresini IP-adres deyiladi.
IPv4. IP-adres – 32-razryadli ikkilik son. Qulaylik uchun maxsus formatda yoziladi – o’nlik ko’rinishda nuqtalar bilan (dotted decimal).
W.X.Y.Z – nuqtalar bilan ajratilgan o’nlik raqamlar.
181.252.30.115
IP adres sinflarini topish
IP adres sinflari.
A sinf adresi – yirik umumfoydalash tarmoqlarida ishlatishga mo’ljallangan.
B sinf adresi – o’rta o’lchamdagi tarmoqlarda ishlatiladi, masalan, universitet va yirik kompaniyalar tarmoqlarida ishlatiladi.
C sinf adresi – kam sonli kompyuterli tarmoqlarda ishlatiladi.
D sinf adresi – mashinalar guruhlariga murojaat qilinganida ishlatiladi.