IPv6 protokolida xavfsizlik choralari ko‘rilgani, ya’ni IPSec protokolining ishini osonlashtirish uchun qo‘shimcha maydon qo‘shilganligi, ma’lumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega bo‘lishi, ya’ni NAT — tarmoq manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil etgani uchun ham bu protokolga o‘tish eng to‘g‘ri yechimdek ko‘rinishi mumkin, ammo hozirdagi ko‘plab tarmoq qurilmalarining IPv6 protokolini qo‘llab-quvvatlamasligi, ko‘plab kontent ma’lumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz bo‘lgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu protokolni qo‘llashda ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Sinfsiz adreslash- CIDR.
Sinfsiz adreslash (ingliz tilida Classless Inter-Domain Routing, CIDR) – bu IP adresini sinflaridan foydalanmasdan adresni aniqlash metodi xisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanib, cheklangan IP manzillarning resurslaridan kengroq foydalanish imkonini beradi.
IP-manzil bir qator bitlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo’lib adreslash printsipi - IP manzillarining (intervalli, blok, pastki tarmoq) taqsimoti bo'yicha ishlashidir.
IPsec (IP Security) - bu Internet protokoli (IP) orqali uzatiladigan ma'lumotlarning himoyasini ta'minlash uchun protokollar to'plami. Autentifikatsiya (autentifikatsiya), IP-paketlarning yaxlitligini tekshirish va shifrlash imkonini beradi. IPsec shuningdek, Internet orqali xavfsiz kalit almashinuvi uchun protokollarni ham o'z ichiga oladi. U asosan VPN ulanishlarini tashkil qilish uchun ishlatiladi.