lotin tilidan olingan bo’lib, ravshan ko’raman degan ma’noni anlatadi. Borliqdagi barcha narsalar ma’lum masofadan turib kuzatilganda ular kuzatuchiga o’lchovlari, hajmi, rangi o’zgargandek bo’lib tuyuladi. Bu xodisani perspektiva deb yuritiladi. Tasviriy san’atni nazariy asoslaridan hisoblangan perspektiva maxsus fan darajasiga ko’tarilgan bo’lib, uning chiziqli, havo (rang) va relьf (hajm perspektivasi) turlari bor.
Plastilin
xaykaltaroshlikda ishlatiladigan maxsus qorishma. U mum, loy kabi modalardan tashkil topgan bo’lib, hamirsimon yumshoqlikda bo’ladi. Undan xaykaltaroshlar xaykallarni maketini tayyorlashda foydalanadilar.
Plastika
yunon tilidan olingan bo’lib, muloyim, go’zal ma’nosini aglatadigan xakaltaroshlikka doir atama. Unda obrazlar bo’rtirilgan holda ifodali qilib, uyg’unlik qonunlari asosida yaratilgan bo’ladi.
Pushti -
rang nomi, och zarg’aldoq rang.
Portret –
frantsuz tilidan olingan bo’lib, tasvir, aniqrog’i odam tasviri ma’nosini anglatadi. U tasviriy san’atning bir janri hisoblanadi. Portretda bir yoki bir necha shaxs tasviri ishlanishi mumkin. Ularda odamlarning boshi yoki beligacha bo’lgan yoki to’liq qomati tasvirlanishi mumkin.
Pistoqi –
rang nomi, pista mag’zining rangi.
Rakurs–
odam, xayvon, manzara va boshqa narsalarning ufq chizig’idan ancha yuqori yoki pastdan turib ishlangan tasviri. Bunda tasvirlanadigan narsalar keskin qisqarib ko’rinadilar.
Rassom–
rangtasvir va grafika turida ijod qiluvchi mutaxassis.