Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Terrariumda yashovchilarni boqish



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

4. Terrariumda yashovchilarni boqish 
Terrarium turlari. Toshbaqa, kaltakesak, baqa, qurbaqalarga mo'ljallangan terrariumlarning 
tagiga 5—6 sm qalinlikda tuproq va qum solinib, ko'proq qismiga chim o'tqaziladi. 1—2 ta yassi 
tosh solib qo'yilsa yahshi bo'ladi. Terrariumdagi «suv havzasi» o'rnini tog'orachadagi suv 
bajaradi. Agar terrariumda qurbaqa yoki toshbaqa saqlansa, gultuvak parchalaridan uy 
(yashirinish joylari) yasash lozim. Qishda o'to'lanlardan uzun, ingichka bargli xona o'simliklari, 
suli, salat barglari qo'yiladi. 
Tirik tug'iluvchi kaltakesaklar, baqa, qurbaqalarga mo'ljallangan terrarium toshbaqalar 
terrariumiga o'xshash bo'ladi: uning tagiga qum solinadi, usti esa o'rmon yo'sini bilan qoplanadi 
va 12 ta tosh, po'stloqli yo'g'on shox solib qo'yilsa yaxshi bo'ladi. Baqalar uchun tuvak 
parchalaridan yashirinadigan joy qilinadi. Yo'sin orasiga kichikroq suv havzasi joylanadi. Qishda 
aspidistra, plyush, paporotnik o'simliklarini qo'yish maqsadga muvofiqdir. Terrariumga qarash 
unchalik murakkab emas. Suv vaqtivaqtida almashtirilib, suv idish muntazam yuvilib turiladi. 
Bir yilda 2—3 marta terrariumni, undagi tuproqqum ustini, devorlarini tozalab turish kerak. 
Terrariumdagi o'simliklar xona o'simliklaridek parvarish qilinadi. Terrariumda yashovchilar past 


temperaturada harakatchanligini yo'qotadi va ovqat yemay qo'yadi. Bunday hollarda terrariumni 
elektr lampochkalari bilan isitish lozim. Jonivorlarni 25—30°C haroratda nimrang margantsovka 
eritmasida, boshini suvga tiqmay, 20—30 soniya cho'miltirish maqsadga muvofiqdir. 
Agar jonli tabiat burchagida qurbaqa, baqa, kaltakesaklarning yashashi uchun normal sharoit 
yaratishning iloji bo'lmasa, hayotini saqlab qolish maqsadida kuzda ularni qo'yib yuborish kerak. 
Sudralib yuruvchilar hamda suvda va quruqlikda yashovchilar terrariumda saqlanadi. 
Tayyor terrariumlardan tashqari turli idishlardan, eski akvariumlardan foydalanish mumkin. 
Ularning ustidan doka yoki mayda metall to'r qoplash kifoyadir. Terrariumlar hayvonlarning biologik 
xususiyatlariga moslab tayyorlanadi. 
Quruqlikda yashovchi toshbaqa. Toshbaqa salat, qoqio't barglari, sabzi, sholg'om, xom 
kartoshka bo'laklari bilan boqiladi. U tarvuz po'sti, pomidor, ba'zi mevalarni va nonni yaxshi ko'rib 
yeydi. Gohgohida qiyma go'sht berish kerak. Bu toshbaqa ozuqani quyoshda yaxshi yeydi. Ozuqa 
yozda har kuni, qishda 1—2 kun oralatib beriladi. Ozuqa suvli bo'lsa, toshbaqa suv ichmaydi. 
Botqoq toshbaqasi go'sht, mayda baliq, chuvalchang, suv shilliq qurti bilan oziqlanadi va 
ozuqani faqat suvda yeydi. 
Takimon. Un qurti, chuvalchang, tirik hasharotlar va ularning lichinkalarini yeydi. Qishda 
unga chivin g'umbagi, uzun qilib kesilgan xom go'sht beriladi. U suvni yaxshi ko'radi. 
Tirik bola tug'adigan kaltakesak takimondan ko'ra maydaroq narsalar (tutgan o'ljalari) bilan 
oziqlanadi. 
Baqa va qurbaqa tirik ozuqa: hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar hamda xom go'sht 
bilan boqiladi. Bunda go'shtni tayoqcha uchiga ilib, qurbaqaning ko'zi oldida qirmirlatib turish kerak. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin