yaxshi saqlanadi (buzilmaydi), shuning uchun bu daraxtning unib o'sishini kuzatish va shunday
daraxtlarni ekib o'stirishga bolalarni jalb qilish oson. Shu maqsadda kuz faslida zarang, shumtol
va boshqa daraxt navlarining urug'larini yig'ish tavsiya etiladi.
Xazohrezgilik o'simlik hayotida katta ahamiyatga egadir. Agar barglar to'kilmaganida, eski
barglar daraxt tanasidagi namlikni parlatib yuborar, natijada daraxtlar qurib qolgan bo'lar edi,
shuning uchun ham barglarning to'kilishi o'simliklarni qurib qolishdan saqlaydi. Bundan tashqari,
barglar to'kilmasa, qishda qorni tutib qolub, novdalarga zarar yetkazar edi. Barglarning to'kilishi
bilan o'simliklarning hayot kechirishlari uchun zararli bo'lgan shavel kislotasi yo'qoladi. Bu
nuqtai nazardan qaraganda o'simliklar bargining to'kilishi ularning yashashi uchun tug'ilgan yangi
shartsharoit hisoblanadi. Barglarning to'kila borishi turli daraxtlarda turlicha: eman daraxtining
barglari bir necha kundayoq to'kilib bo'ladi, teraklarda esa uzoqroq saqlanadi. Jumladan, terak
sovuq tushguncha ko'karib turadi, sovuq tushgach esa barcha barglari tezda to'kiladi.
Bolalar barglarning to'kilishi ustida bir necha marta kuzatish olib borishlari natijasida kuz
fasliga xos xazonrezgilik haqida to'g'ri tasavvurga ega boiadilar.
Noyabr oyida daraxt va butalarning barglari ko'proq sarg'ayib qo'ng'ir tusga kiradi,
keyinchalik astasekin to'kilib tamom bo'ladi. Eman, chinor va boshqa daraxtlarning barglari
ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko'mko'k bo'lib turadi.
Dostları ilə paylaş: