va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq urug'larini yeb kun
kechiradilar. Sa'valar o'zlarining chiroyli patlari va ajoyib ovozlari bilan bolalarni o'zlariga jalb
qiladilar. Bolalar sa'valarni tabiat burchaklarida parvarish qilishni o'rganadilar: toza suv, so'k,
arpa, pista donlarini maydalab beradilar. Shuningdek, kuz faslida zarang va shumtol
daraxtlarining urug'laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar. Sa'valar qirilgan sabzini va bolalar
qo'li bilan tabiat burchagida o'stirilgan ko'k sulini zo'r ishtaha bilan yeydilar. Kechalari
dalalardan shaharlarga go'ngqarg'a, zag'cha (5rasm) va qarg'alar to'dato'da bo'lib uchib keladi.
Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham astasekin yo'qola boradi. Ularning ba'zilari
o'ladi, boshqalari esa (sassiq qo'ng'iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) imoratlarning
kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko'pgina chivinlar xazon boigan barglar ostiga yashirinadilar.
Ba'zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab qo'yadilar (o'simlik biti, kapalak), boshqalar esa
lichinka holatida yerda qishlaydilar (tillaqo'ng'izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani
chiqqanlarida to'kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar.
Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o'rgimchak uyasi ko'zga tashlanadi. Uning
kumushsimon uzun to'qimasida kichkina o'rgimchak uyachalari, shuningdek, ko'chmanchi
qo'ng'izlar bo'ladi.
Noyabr oyida shaharda ko'plab go'ngqarg'alar, olaqarg'alar, zag'chalar uchib yuradi.
Shaharga dala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to'dato'da bo'lib uchib yuradilar.
Shuningdek, shaharga tog'lardan oqbosh sa'valar, shahar chetlaridan esa so'fito'rg'aylar uchib
keladilar.
Bog'larda ko'pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo'ladi. Ular, asosan, togiardan uchib
keladi. Ko'k chumchuqlarning o'tkir ovozlari ham eshitilib turadi.
Dostları ilə paylaş: