ko'p yillik o'simliklar tuganaklarini kavlab olinadi. Kartoshkagul tuganaklari oftobda bir oz
quritilib, so'ng salqin joyda saqlanadi. Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va doka
xaltachaga solib quruq, salqin yerga osib qo'yiladi.
Oktabrning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo'tako'z), dastargul urug'lari sepiladi, bular erta
bahorda gulzorlarni bezaydi.
Bolalar dala va bog'larda kattalar qilayotgan ishlarni kuzatib boradilar va urug' sepish,
qirqilgan shoxchalarni yig'ish, yerni ko'p yillik o'tildizlaridan tozalash va ularni quritish singari
ishlarda o'zlari bevosita qatnashadilar.
Noyabr oyida dalalarda g'o'zaning ochilmagan ko'saklari ham terila boshlanadi. G'o'zapoya
yulib olinadi, ekin maydonlariga o'g'it solinib, shudgor qilinadi. Bundan tashqari mana shu vaqtda
kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maqsadida yoppasiga sug'orish o'tkaziladi. Ekin maydonlari
haydalgandan keyin ham sug'orish o'tkazish mumkin. Bog', maktab oldi maydonlarida, agar
harorat 5 darajadan past bo'lmasa, daraxt ko'chatlarini o'tqazish mumkin.
Noyabr oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar hamda boshqa daraxtlarda bo'ladigan
zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi. Gulxonalarni xazonlardan tozalanadi,
qizitilgan go'ng yoki sharbat va superfosfat solinadi. Shuningdek, tuproqni kuzgi shudgor qilib
qo'yiladi.
Dostları ilə paylaş: