Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari


Xorijiy davlatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə2/4
tarix24.08.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#140327
1   2   3   4
rivojlangan davlatlarda MT tizimi

2.2.Xorijiy davlatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi
Koreya Respublikasi ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari Janubiy Koreyada zamonaviy ta‘limning qaror topishi 1945-yillardan, ya‘ni mamlakatning yapon hukmronligidan ozod bo‗lgan vaqtidan boshlanadi. 1945- yildan 1970-yillargacha ta‘lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi. 1950–53 yillardagi Koreya urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo‗qotishlar va vayronagarchiliklarga qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat‘iy kirishdi. 1968-yilda qabul qilingan Milliy ta‘lim xartiyasi koreys xalqi mentaliteti va vatanparvarligining o‗ziga xos tomonlarini yorqin ifoda etadi. Xartiyaga muvofiq milliy ta‘lim millatni jipslashtirishga, tarix va an‘anlariga hurmat bilan qarashga, qadriyatlarni ulug‗lashga, millatning yanada kuchliroq qaror topishiga va umuman, xalqning farovonligini ta‘minlashga yaqindan yordam beradi va asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ta‘limga bu kabi munosabatda bo‗lish, koreys xalqi uchun tabiiy bir holatdir va aynan mana shu holat mamlakatning muvaffaqiyati uchun kafolat bo‗lib xizmat qiladi. Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi Janubiy Koreya ham konfutsiylik merosiga ega bo‘lgan holda, rasmiy ta‘lim tizimining uzoq o‘tmishiga ega.
Boshlang`ich ta‘lim maktablari Choson sulolasi hukmronlik qilgan davrlardayoq tashkil etilgan edi. Bunday maktablar sifati talab darajasida emasligi sababli XVI asrda mavqeiga ko‘ra akademiyalar – ―sovonlar‖, neokonfutsiylik tiklanish markazlariga aylantirildi. Talabalar o‘sha vaqtlarda ham, harbiy xizmatdan ozod etilganlar va hozirgi kundagidek ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lganlar. Oliy ta‘lim poytaxtdagi Songyungvan dexakkyo (Konfutsiy milliy universitetida berilgan. Bu yerda yiliga 200 ta talaba ta‘lim olgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida koreyslar va xristianlar tomonidan xususiy maktablar tashkil etila boshlandi. Ularning o‘ziga xos tomoni shundan iborat ediki, ularda xotin-qizlarning ta‘lim olishi ham targ`ib qilingan va g`arbning ijtimoiy va siyosiy g`oyalari keng yoyilgan.
1910-yildan Yaponiya ta‘lim tizimi siyosati Koreyani itoatli mustamlakaga aylantirishdan iborat bo‘lgan. Shuning uchun ham bu yerda o‘qituvchilar asosan texnik bilimlarni oshiradigan fanlarni o‘qitishga harakat qilganlar. Tokio universiteti kabi davlat universiteti Koreyada ilk bor 1923-yilda ochilgan. 1945-yilda Koreyaning AQSh tomonidan ishg`ol qilinishi bilan bu erda Amerika tizimi asosidagi ta‘limga asos solindi: olti yillik boshlang`ich ta‘lim, olti yil kichik va katta maktab hamda to‘rt yillik oliy ta‘lim. 9 yillik ta‘lim majburiy bo‘lgan. Li Sin Man hukmronligi vaqtida resurslarning yetishmovchiligi tufayli bu islohotlarning katta qismi bekor qilindi, majburiy ta‘lim 6-sinfga tushirildi. Faqat 1990-yildagi islohotlar tufayli Amerika okkupastiyasi davrida qaror topgan tartibga qaytildi. Li va Pak Chon Xi hukmronligi vaqtida ta‘lim ustidan nazorat Maorif Vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodiyot va texnikada erishgan yutuqlari ―inson resurslari‖ga mohirlik bilan investistiya kiritilishida deb hisoblaydilar. Ma‘lumotli insonga bo‘lgan an‘anaviy hurmat bilan qarash konfutsiylik vaqtidan boshlab hozirgi kunga qadar saqlangan. 1980-yillardan boshlab ilmiy sig`imi yuqori kasblar Koreya Respublikasida eng nufuzli hisoblanadi.Davlatning ta‘lim tizimini rivojlantirishga ajratayotgan mablag`lari ham kishini hayratda qoldiradi: 1975 yilda ular 220 mlrd. Vonni tashkil etgan bo‘lsa, bu YaIMning 2,2 yoki jami byudjetning 13,9%ni tashkil etadi. 1986- yilga kelib esa, bu raqam 3,76 trillion vonga, ya‘ni YaIMning 4,5% va byudjetning 27,3%ga teng bo‘ldi. Koreya Respublikasi hukumati mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning besh yillik rejalarini joriy etishda ayni vaqtda inson kapitalini ham taraqqiy ettirish rejalarini ishlab chiqqan.
Globallashuv jarayonlarida Koreya Rrespublikasi ta’lim tizimining rivojlanish holati
Koreya Respublikasida yaxshi ma‘lumotga ega bo‘lish har bir koreys fuqarosining muvaffaqiyatli karerasining qaror topishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun ham oliy o‘quv yurtiga kirish yuqori darajali nufuzga egadir. Koreya davlati ma‘muriy organlari bolaning ilk o‘qish davridan boshlab, oliy ta‘limning so‘nggi yiligacha bo‘lgan davr davomida butun ta‘lim tizimini aniq ravishda tartibga solib va boshqarib turadi.
Koreya ta‘limi tizimida matematika, koreys va ingliz tillariga, aniq va ijtimoiy fanlarga alohida e‘tibor qaratiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari mamlakatda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Barcha ta‘lim muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish ta‘minlangan. O‘quv yili ikki semestrga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi martda boshlanadi va iyul o‘rtalarida tugaydi, ikkinchisi esa kech avgustda boshlanib, fevral o‘rtalarida nihoyasiga etadi. O‘quv yili qat‘iy tarzda belgilanmagan va bir muassasada boshqasidan farq qilishi mumkin.
Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimi haqida umumiy ma’lumot Koreya maktabgacha ta‘lim tizmida bolalar ta‘limi va tarbiyasi turli xildagi mukammal tuzulishdagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
Janubiy Koreya maktabgacha ta‘lim muassasalari 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiya berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bu vaziafalalarni bajarish Ta‘lim vazirligi hamda Inson potensiali rivojlanishi vazirligi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi.
Koreya Respublikasida ta‘lim masalalari bilan Ta‘lim Vazirligi shug‘ullanadi. 2001-yildan Kim De Chjun ma‘muriyati fuqarolarning sifatli ta‘lim olishi va umuman inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni boshlab berdi, natijada esa avvalgi vazirlik zimmasiga yana bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatilib, ularning vakolatlari kengaytirildi, ular inson taraqqiyoti bo‘yicha barcha masalalar bilan shug‘ullana boshladilar, maorif vaziriga bosh vazir o‘rinbosari lavozimi berildi.
Vazir prezident tomonidan qisqa muddatga (taxminan bir yil) tayinlanadi. Maktabgacha bo‘lgan ta`lim majburiy hisoblanmasada, oxirgi yillarda bu ta`limga katta e`tibor qaratilmoqda. 1980-yilda mamlakat bo‘ylab 901 ta bog‘cha bo‘lgan bo‘lsa, 1992-yilga kelib, ularning soni 8498 taga yetdi. Bu bog‘chalarga 450882 ta bola yoki 4 yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarning 40% qatnagan. 2000-yilda ham ular soni o‘zgarmay qoldi.
Ta`lim va inson resurslarini rivojlantirish vazirligi maktabgacha bo‘lgan ta`lim tizimini rivojlantirish uzoq muddatli rejasini tuzdi. 2012-yilga kelib bu reja 100% maktabgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oldi. Bog‘cha tarbiyachilari kollej yoki universitetda 2-4 yil kichik va katta yoshdagi maktabgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o`qitish dasturi asosida malakaga ega bo‘lishlari shart. Bog‘chalar bolalarga nazariy bilimlar emas, aksincha, ularni har tomonlama shakllantirish, jismoniy sog‘lom va emotsional shakllangan, o‘ziga ishongan qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan.
Koreyadagi ilk maktabgacha ta‘lim muassasasi IXX asrning oxirlarida tashkil etilgan. Mamlakatning milliy maktabgacha ta‘lim dasturi esa 1969- yilning birinchi choragida, ilk davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi esa 1976- yilda tashkil etilgan. 1983-yildan boshlab har bir shahar va provinsiyalar uchun Ta‘lim vazirligi tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga ta‘lim berishni nazorat qiluvchi rahbarlar tayinlandi.
1994-yildan boshlab to‘liq kunlik bog‘cha dasturlari qo‘llanila boshlandi, 1997-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bola maktabgacha yosh etib qonunlashtirib qo‘yildi. Janubiy Koreyada go‘daklarga va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish 1921-yildan boshlandi. 1991-yildan boshlab Koreya Sog‘liqni saqlash va xalq farovonligi vazirligi bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik ma‘suliyatini o‘z zimmasiga oldi. Buning natijasida Koreya hukumati 1995-yildan 1997-yilgacha maktabgacha ta‘lim tizimi uchun 1.3 trillion von mablag‘ (tahmiman 1milliard AQSH dollari) ajratildi. Natijada qariyb 20,000 taga yaqin bolalar uchun muassasalar ochildi. Bu davrlarda Koreyada tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘sdi. Ammo shu qatorda oilaviy ajralishlar ham tezlik bilan o‘sib bordi. Natijada 2002-yilga kelib ayollarning jamiyatdagi ishtiroki 49,8 foizga yetdi. Jamiyatdagi faol ayolllar qatlamini 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan ayollar tashkil etar edi.
Ayollarning jamiyatda faol o‘rin egallashining sabablaridan biri bu bolalarga davlat tomonidan yaratib berilgan qulayliklar va ularning ta‘lim-tarbiyasi uchun ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklardir. Chunki ayollar ushbu islohot amalga oshmaguncha faqatgina farzandlarining ta‘lim-tarbiyasi bilan band bo‘lib kelgan va o‘z kasblari va karyeralari uchun vaqt ajrata olmas edi.


Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin