BOLALARNING DEVIAND HUQUNING NAMOYON BO\'LISH SHAKLLARI
Bunday holatlarning keyingi farqi shundaki, ko‘pincha sub’ekt ularni hal qilishning noto‘g‘ri yo‘llarini tanlaydi. Oilaviy va ishdagi janjallar odatga aylanib qolganda bundan «qutulishning» noto‘g‘ri xayoliy yo‘llari, ichkilik, giyohvand vositalar va hokazolarga murojaat etiladi. Biroq bu yo‘l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini zararlantiruvchi omilga olib keladi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekistondagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2002 yili 49173 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lsa, ulardan 2163tasi voyaga yetmaganlardir, bu esa 4,3%ni tashkil etadi. Bulardan 613tasi (28%) maktab o‘quvchilari, 644tasi (29%) litsey va kollej o‘quvchilari ekanligi aniqlangan.
2003 yilning 9 oyida 49584 shaxsga nisbatan jinoiy ish ko‘rilgan bo‘lsa, ulardan 2049tasini (4,1%) voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ularining 613tasi (29%) maktab o‘quvchilari, 160tasi (7,8%) litsey va kollej o‘quvchilaridir. Har qanday ijtimoiy tizimning bo‘laklari odamlar hisoblanadi. Odamlarning jamiyatga kiritilishi turli birliklar orqali amalga oshiriladi. Har bir aniq shaxs sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar jamiyatda qabul qilingan qoida va qadriyatlar tizimi, ya’ni madaniyat orqali gavdalanadi. Shunga muvofiq inson ko‘p sotsial tizimlarga tortilgan bo‘lib, ularning har biri unga shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, odam faqat sotsial tizimning bo‘lagi bo‘libgina qolmay, uning o‘zi ham murkkab tuzilmali tizimda aks etadi. Sotsiologiya shaxsni barcha xilma-xillikdagi majmuida emas, ya’ni tabiat mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi, jamiyat mahsuli sifatida qarab chiqadi. «Jamiyatni isloh qilish va yangilash bo‘yicha ko‘p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O‘zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o‘z qobiliyatini, o‘z iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan»45.