Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabl
Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.
Afsuski, oramizda shunday insonlar ham uchraydiki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlarini yuzaga keltiradilar. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi.
Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi:a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste’mol kilish. 2) Alkogolni ko‘p iste’mol qilish — spirtli ichimliklarni mumtazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p mikdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patologik
(muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik — pul uchun o‘z tanasini sotish.