Bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə20/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

Mavzu yuzasidan savollar:
1.Ijtimoiylashuv nima? Bola rivojlanishiga muhitning ta’siri qanaqa bo‘ladi?
2.Bola tarbiyasi va uning ijtimoiylashuvi orasidagi bog‘liqlik nimada?
3. Ijtimoiy moslashuv nima?
4.Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o‘ziga xoslikka ega?Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.
5. Tarbiya tamoyillarining mohiyatini bayon eting.
6.Shaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning davomiyigi tamoyillarining o‘rni qanday?


7-Mavzu: Ijtimoiy pyedagogik tamoyillar va katyegoriyalar
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sifatida 2. Ijtimoiy pedagogik kategoriyalar 3. Ijtimoiy tamoyillar
Tayanch so‘zlar: tamoyil, kategoriya, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy ta’lim,ijtimoiy ish Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish.
XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi. G‘arbiy Yevropa davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlandi, biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so‘zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo‘llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi. Bu toifa xodimlarning paydo bo‘lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga ehtiyoj tug‘ilgani bilan bog‘liq. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham ijtimoiy ishda qo‘llanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini to‘ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan, bolalar bog‘chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o‘z majburiyatlariga ega. Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli fanlardan kelib chiqqan: ijtimoiy pedagogikapedagogikadan, ijtimoiy ish esa sotsiologiyadan. Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o‘z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ikki mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo‘yicha ham farqlanadilar. Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorda faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo‘lishi mumkin. Ular ham insonga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o‘z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo‘lgan inson bo‘ladi. Shunday qilib, ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada odatda “go‘dak”, “bola” so‘zlari ishlatiladi. “Ijtimoiy ish” insonlarning bir-biriga insoniy munosabatining namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinmoqda. Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o‘xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib turadi. Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu kasb egalari ancha obro‘-e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham ko‘p emas. Ijtimoiy xodim ishini ham ahloqiy burch, ham kasb desak bo‘ladi. Savol paydo bo‘ladi: ijtimoiy xodim o‘zi nima bilan shug‘ullanadi? Ijtimoiy ishning o‘ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambag‘allikdan halos etish bilan shug‘ullanmaydi, u kambag‘allikni umuman bartaraf etish uchun nima qilish haqida o‘ylaydi”,-deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M.Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash paradigmasi asosiy bo‘ldi. Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag‘ishlangan ilk yirik asarlardan birida I.Karpf (1931 yil) o‘z rivojlanishida tayanish lozim bo‘lgan fanlarni sanab o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. Shundan buyon bu ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi. Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 dan buyon qo‘llanilmoqda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag‘allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo‘rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to‘qnash kelishadi. Bu muammolarga aroqxo‘rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog‘liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. Ijtimoiy xodimdan o‘z sohasida unga yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qilinadi. XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondoshuv yetakchi yondoshuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universallik, turli usullarni uyg‘unlashtira olish talab qilina boshlandi. Pedagogik, sotsiologik nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo‘ldi. Butun dunyoda ijtimoiy xodimlar jiddiy o‘qitilmoqda. Unda milliy ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvetsariya va Yaponiyada o‘ziga xos xususiyatlari bilan katta farqlarga ega. Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ish bilimlar zahirasi sohaga oid ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirishgan bilimlarning yig‘indisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, ijtimoiy qatlamlanish, murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va sotsiologiyadan o‘zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllandi. Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo‘lishi lozimligini talab etilmoqda, shuning uchun bu kasb bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib bormoqda. Maxsus konferensiyalar o‘tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg‘or yutuqlar almashinuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Har bir fanni shu fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o‘zgaruvchanligi va ko‘p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir. Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash, ularga individual yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini belgilash yig‘indisidir. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish. 56 Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda yordam berishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishga insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglash, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiy-madaniy mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlari farqlanadi. Farqlar ham tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning o‘z faoliyatlarida amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlari qaysilar? 2. Ijtimoiy pedagogika atamalariga ta’rif bering? 3. Ijtimoiy ish nima? 4. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning o‘zaro munosabati nimadan iborat? 5. Ijtimoiy o‘qitish va ijtimoiy tarbiyaga ta’rif bering



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin