Bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə22/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

Mavzu yuzasidan savollar

1.Bola ijtimoiylashuvida mahallaning o’rni haqida.


2.Mahallalarning paydo bo’lish tarixi?
3.Bugungi kunda O’zbekistonda nechta mahalla mavjud?
4.O’zbekistonda “Mahalla” jamg’armasi raisi kim?

9-Mavzu: Ijtimoiy muxit bolani tarbiyalashning omili sifatida.
REJA:
1.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o’rni.
2.Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
3.Bolaning sotsiumda rivojlanishi.
Tayanch so‘zlar: maktabgacha yosh davr, rivojlanish, ijtimoiy hayot, me’yor, ijtimoiy omillar, muhit. Ijtimoiylashuv omillari.
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi.
1. Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetar jarayonlarni kiritsa bo‘ladi. 2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni kiritiladi. 3. Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. 4. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga - oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayotgan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh o‘sib borgan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllanishida, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rgandilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhitinson kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug‘ma maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin. Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog‘chasi va maktabda, sport to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganda, bola jamoa a’zosi, o‘rtoq, do‘st, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rol-o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang‘ich kasbiy bilim yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi rollarini misol qilsak bo‘ladi. Katta shahar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, ya’ni “Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika, kasb-xunar pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo‘ldi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi. Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o‘rganadi. Biroq ular o‘ziga xos yo‘nalishlarni va xususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o‘ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtirilgan. “Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo‘shilishi(integratsiya) bilan bog‘liq xodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi. Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ektibu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o‘ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashish ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning o‘ziga xos vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Shu bilan birga o‘z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo‘ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, “Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash va boshqalar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin