Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-Mavzu: Pedagogning oila bilan olib boradigan ijtimoiy faoliyati



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə24/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

11-Mavzu: Pedagogning oila bilan olib boradigan ijtimoiy faoliyati.
Reja:
1.Oila va uning vazifalari, ijtimoiy maqomi 2. MTT da tarbiyachilar va oilada ota-onalar, bolalarga psixologikijtimoiy yordam ko‘rsatish 3. MTT da psixologik ijtimoiy va reabilitatsion yordamning o‘ziga xosligi
Tayanch so‘zlar: tarbiyachi, ota-onalar, bolalar, psixologik-ijtimoiy yordam, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam Oila va uning o‘ziga xosliklari.
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda eng muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z – o‘zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqeini hozirgacha ushlab turibdi. O‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ko‘pbolali o‘zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta’sir qilmoqda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan. Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda, u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir. Jamiyatda oila bir nechta funksiyalarni bajaradi. Reproduktiv funksiya. Bu funksiya naslni davom ettirish bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda, oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning darajasi, ekologiyaning inson salomatligiga ta’siri bilan izohlanadi. Iqtisodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil etadi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi. Ijtimoiylashuv funksiya. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani astasekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o‘rganadi. Xo‘jalik-maishiy funksiya. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik taraqqiyot intensiv rivojlanayotgan bizning 100 asrimizda oilaning kundalik yumushlarini (ovqat pishirish, uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va b.) mayishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmoqda. Tarbiyaviy funksiya. Biz bu vazifani alohida ajratib ko‘rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Yuqorida “Tarbiya ijtimoiy institut sifatida”, -deb nomlangan qismda ham tarbiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rniga to‘liq to‘xtab o‘tilgan. Psixoterapevtik funksiya. Bu vazifa shunda namoyon bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi. O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.
O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izohlanadi:
1. Inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;
2. Erta nikohdan o‘tish an’anasi;
3. Ijtimoiy omillar;
4. Ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.
Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala yetarli darajada o‘rganilmagan. Ko‘pbolali oila – kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va otaonalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko‘p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi. Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz. Ko‘pbolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p tamonlamaligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o‘tkazish kerak. Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan ko‘pbolali o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘p o‘zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. Ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o‘zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘laditelevizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish talabi va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo‘ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim. O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritsak bo‘ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan ta’limtarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga bir qator o‘zbek pedagog olimlari aynan ko‘pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘pbolali oila pedagogik munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina otaonalar ko‘pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi, deyishadi. Ko‘pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari muomola muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar farzandlari axloqiy xislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi. Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘pbolaliylik omili bola tarbiyasiga umuman olganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning jamiyatda moslashuvining ko‘rsatkichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta ijtimoiy maqomi mavjuddir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyatli-rolli maqomlaridir. Ijtimoiy-iqtisodiy maqom – oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta va past bo‘lishi mumkin. Yuqori – daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. O‘rta – holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda dam olish, ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. Past – daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi. Psixologik (ruhiy) maqom – bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko‘pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-madaniy maqom – ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari bilan xarakterlanadi. Oilaning ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun ijtimoiy pedagogika, uning xususiyatlarini bilish, ularga baho berish 104 lozim. A. Q. Munavarovning1 fikricha, oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq. Bu yo‘nalishlar demografik – ko‘pbolalilik, kambolalilik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasining ham bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, shuningdek, oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi. Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtta asosiy kategoriya asosida shakllanadi: Tinch, baxtli oilalar – o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o‘z bolasi ehtiyojlariga tez ko‘nikishadi. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish kifoya. Xavfi bor oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar. Notinch oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik, psixologik yordamlar ko‘rsatadi. Asotsial oilalar – bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalik-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor. Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni 1 Minavarov A. K. Oilaviy tarbiya effektivligini pedagogik shart-sharoitlari. T.: Fan. 1989 y, 17 b. o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishga jalb qilish yo‘li bilan hal qilsa bo‘ladi. Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzishi ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi. “Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o‘rganish” deb nomlangan qisim ham mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, otaonalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlarkattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqishiyoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy otaonalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qishni hohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, foxishabozlik, giyohvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi bu inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi. Maslahatchi – oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi. Konsultant – oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi. Himoyachi - bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratatsiyaga duch kelganda bolani himoya qiladi. Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil etadi. U ta’limiy, psixologik, vositachilik ko‘rinishida bo‘ladi. Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. Ijtimoiy pedagogik yordam Ta’limiy Psixologik Vositachilik boyitish Tarbiyaviy Qo‘llabquvvatlash Korreksiya Tashkil qilish Tartibga solish Axborot berish Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha otaonalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi:
1. ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
2. bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
3. bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona ijtimoiy maqomining ahamiyati; 4. oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
5. oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabatning shakllanganligi.
Tarbiyaviy yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, otaonalar bilan ularga maslahat berish orqali, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o‘tkaziladi. Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash). Qo‘llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga qaratilgan turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik qo‘llab-quvvatlashni ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lganda amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab-quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band bo‘ladi. Shaxslararo munosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llanadi. Ruhiy zo‘rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kiradi. Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir. Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch komponentdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam. Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o‘z ichiga xayriya auksionlarini o‘tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo‘yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:
1) bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish;
2)bolalikka-olish; 3) bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi. Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatsiya shaklida o‘tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo‘lishi mumkin. Oilaga ko‘rsatiladigan ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo‘ladi. Qisqa shakllar ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishadi. Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir. Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko‘rsatuvchi mutaxassis shaxslar o‘z harakatlarini oiladagi muammolarini yechishga yo‘naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksariyat muammolarni oila a’zolarining o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzilishidir. Shartnomaning asosini oilaning oldida turgan maqsad va vazifalarini aniqlash tashkil etadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilashdir. Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega. Asosan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari ijtimoiy psixologik yondoshuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortiq vaqtni talab qiladi. Ijtimoiy psixologik yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni aniqlashdan iborat. Ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj – ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagog tashhis, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan ijtimoiy pedagog tashrifi to‘g‘risida xabardor qilish lozim. Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo‘ladi. Doimiy patronajlar, avvalambor, g‘ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi. Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan biri – bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir. Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog‘lom oilalarga mo‘ljallangan. Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari – treninglar ham o‘tkazilishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib borishning faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Trening bir qancha individual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg‘unlashuvi bo‘lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini hal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so‘ngi o‘n yilliklar davomida o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandi bor oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashinish, savollar berish va guruhda qo‘llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari, axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi usullar – konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llaniladi. Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. U demografiya, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiyaviy funksiyasi), huquq, iqtisod (oila budjeti), etnografiya, tarix, falsafa ma’lumotlarini o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liqdir.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin