Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan
axborotlar tizimini qiyosiy tahlil etish, solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga
imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi:
Mustaqil va ijodiy fikrlash;
Axborotlar tizimini tahlil etish;
O‘z pozitsiyasida qat’iy turish;
O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash;
Muloqotchanlik va o‘zgalar fikriga hurmat;
Jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
1, O‘qituvchi o‘quvchilarni miqdor jihatdan teng gurhlarga ajratadi;
2. O‘kuvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zaraur bo‘lgan
topshiriq shartlari bilan tanishtiradi;
3. Taroqatmalar (ilovadagi) o‘kuvchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan sxema asosida
qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;
4. Bildirilgan fikrlar ijobiy va salbiy yo‘nalishga ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi;
5. Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha guruhlarning fasilitatorlari
yordamida prezentatsiya tashkil etiladi;
6. Barcha guruhlarning yakuniy xulosalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, trener-o‘kituvchi
guruhlar ishini baholaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi.
Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, ustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy munosabati shakllanadi
15- seminar mashg‘ulot: Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirish. Reja: 1.Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar bilan belgilanganligi.
2. Ta'lim muasasasida ijtimoiy pedagog faoliyatining boshqaruv, tarbiyaviy va tashkiliy jihatlari. Ta'lim muassasasi, oila va ijtimoiy muhit bilan ishlash ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
«CHARHPALAK» METODI