Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish.
Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolarning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ’ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g’risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g’risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan baxslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg’ulotlari, mexnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘larining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Dostları ilə paylaş: |