maqbul shakllaridan biri sayrlarni tashkil etish bilan uzviy aloqada olib boriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng foydalaniladi. Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalar tasavvurining shakllanishi uchun uzoq muddat talab qilinadigan tabiat hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalarni qorning erishi, kurtaklarning bo‘rtishi, maysaning paydo bo‘lishi va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy materiallar — qum, loy, suv, muz, barg va shu kabilar bilan xilma-xil o‘yinlarni tashkil etish mumkin: maktabgacha yoshdagi bolalarda
sezgi tajribasi yig‘iladi, ular tabiat hodisalarini barcha aloqa va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar. Sayrlar bolalarga katta quvonch, tabiat bilan munosabatda bo‘lish esa lazzat baxsh etadi.
Tabiat hodisalarini kundalik kuzatishlar tasodifiy bo‘lmasligi lozim. Ularni tarbiyachi oldindan puxta o‘ylab qo‘yadi. Bunda bolalarni uyushtirishni xilma-xil shakllari (yalpi, guruh bo‘lib, yakka tartib) dan foydalanish zarur. Sayrlarda kuzatishlarni guruxlar bilan umumiy tashkil etishdan bolalarni aniq mavsumiy o‘zgarishlar, kattalarning mehnati bilan tanishtirishda foydalaniladi. Kuzatishlar ozchilik bolalar bilan ham o‘tkazilishi mumkin (gullab turgan o‘simliklarni, unib chiqqan maysalarni, hasharotlarni va shu kabilarni tomosha qilish). Sayrlarda individual ish ham olib boriladi. Sayrlar vaqtida gulzor va ekinzorlarda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Bolalar o‘simliklarni sug‘oradilar, oziqlantiradilar, yerni yumshatadilar, Bu ish ertalab va kechqurunga rejalashtiriladi. Ekinzor va gulzordagi ish uchun bolalarni mashg‘ulot maqsadiga ko‘ra