Ovqat hazm qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Hazm qilish a’zolariga quyidagilar kiradi: Og’iz boshlig’i; So’lak bezlari;Xalqum;Qizil o’ngach; Me’da; Ingichka ichak; Yo’g’on ichak; Jigar; Me’da osti bezi 1.Bolaning og’iz bo’shlig’i nisbatan kichik, shilimshiq pardasida nozik qon tomirlarga boy, och rangga ega, kalta va keng chaynov mu-shaklari yaxshi rivojlangan. 2.Chaqaloqlarda so’lak bezlarining faoliyati zaif, shuning uchun oz miq-dorda so’lak ajratadi.Og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi quruq bo’lib turishi shunga bog’liq.3.Bolaning 4 oylikdan boshlab so’lak bezlarining faoliyati kuchayadi. Shuning uchun ularda fiziologik so’lak oqimi kuzatiladi (salivatsiya). So’lak ko’p chiqishi va yutish ayoqati ham to’la yuzaga kelgan bo’ladi. So’-lakda uglevodlarni parchalovchi element-lar bo’lib, ovqatlanganda og’iz bo’sh-lig’idagi shu ferment yordamida parchalanadi.4.Bolalarning qizilo’ngachi kattalarnikiga nisbatan uzunroq bo’lib, ya’ni tu-g’ilgan chaqaloqlarda 10-12sm, go’daklarda 12sm, 5yoshlarda 12sm. 5.Shilimshiq pardasi nozik qon tomirlarga boy. Sekretsiya bezlari va mushak qavati yetarlicha rivojlanmagan. 6. Me’da 1yoshgacha bo’lgan bolalarda gorizontal holatda joylashgan. Bola yura boshlagach, vertikal holatga o’ta bosh-laydi. 7.Shiiliq pardalar nozik, qon tomirlarga boy. Me’da tubi va mushak qavati sust rivojlangan. Shu sababli, chaqaloqlarda emganini ko’pincha chiqarib tashlashga sabab bo’ladi.8.Me’da sig’imi chaqa-loqlarda 30-35ml. 2-3oylikda 90-100ml. 1yoshda 250ml. 3yoshda 400-600ml ni tashkil etadi. 9. Me’da shirasi o’zining tarkibi bo’yicha kattalardan farq qilmaydi. 10. Ichaklar go’dak bolalarga nisbatan uzun bo’lib, bola bo’yining uzunligidan 6marta ko’p. Kattalarda tana uzuynligidan 4 marta uzun bo’ladi. 11. Shilliq pardasi yaxshi rivojlangan. Qon tomirlarga boy. Shilliq parda osti qavati nerv chigallari yaxshi rivojlanmagan, ichaklarninig o’tkazuvchanlik xususiyati yuqori. 12. Ingichka ichak 3qismdan iborat. 12barmoqli ichak, yonbosh ichak va och ichaklardan iborat bo’ladi. Ingichka ichakda asosan ovqat moddalarining parchalanishi va qon so’rilishi protsessi bajariladi.13Yog’on ichak, ko’r ichak, ko’ta-riluvchi chambar ichak, ko’ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, signasimon va tog’ri ichakdan iborat. 14.Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ichaklari deyarli steril. Ona suti bilan boqilgan bolalar icha-gida fiziologik bakteriyalar: laktobakteriyalar, kattalarda bifidobakteriyalardan ibirat (mikrobni parchalovchi). 15. Chaqaloqning dastlabki axlati “mekoniy” deb ataladi, birinchi haftada 4-5 marta, 1 yoshda 1-2 marta, kattalarda 1 marta ich keladi.