Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari (afx.) Teri Suyak va mushak sistemasi Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari Asab sistemasi Ichki sekretsiya bezlari Terining


Qon hosil qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari



Yüklə 28,19 Kb.
səhifə7/10
tarix19.04.2023
ölçüsü28,19 Kb.
#100498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-Анатомия

Qon hosil qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.Qon organizmning ichki muhitini tashkil qiladi va juda muhim bo’lgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
1.Barcha oziq moddalar qon orqali to’qimalarga boradi, almashinuv mahsulotlari esa to’qimalardan qon oqimi bilan ajratish a’zolariga olib ketiladi.
2.To’qimalarga kislorod olib, karbonat angidridni tashqariga chiqarish uchun o’pkaga yetkazib beradi.
3.Ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan hayot uchun zarur gormonlar qon orqali butun organizmga tarqatib turiladi.
4.Qon tarkibidagi oq qon tanachalari organizmning turli mikroblardan himoya qiladi, shunindek, qon plazmasidagi maxsus oqsil (gammaglobulin)lar immun xususiyatga ega.
Ana shunday muhim funksiyalarni bajaruvchi qon va qon yaratish tizimining o’ziga xos anatomik-fiziologik xysusiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat. Qon hujayralari homila rivojlanishining uchinchi haftasidan boshlab paydo bo’ladi. Embrional rivojlanish davrining oltinchi haftalaridan qon yaratish vazifasini jigar oladi, homilalik davrining
uchinchi oyidan esa bu vazifaga taloq ham o`z hissasini qo`sha boshlaydi.Taloqda limfotsitlar hosil bo’lib, eritrotsitlar bilan trombitsitlar emirilib turadi(shuning uchun taloqmni “erit-rotsitlar qabri”- deyiladi), temir to’planib, immunoglobullinlar sintezlanad. Bola tug’ilib, ulg’ayib borgan sayin biriktiruvchi to’qima miqdori ortib boradi Qizil ko`mik ham qon yaratish vazifasini embrional rivojlanishning ikkinchi davridan boshlagan bo`lsa ham, ancha sust ifodalangan bo`ladi. Bola tug`iladigan vaqtga yaqin qolganda asosiy qon yaratish vazifasi qizil ko`mikka o`tadi va qolgan a`zolar ikkinchi o`ringa tushib qoladi. Bola 4 yoshga to`lganida qon ishlab chiqarayotgan uzun naysimon suyaklarning qizil ko`migi ilikka aylana boshlaydi va 12-15 yoshlarga borib, faqatgina yassi suyaklar (qovurg`alar, to`sh suyagi, umurtqalar) va naysimon suyaklarning epifizlaridan saqlanib qolgan qizil ko`mik qon yaratuvchi joylar bo`lib qoladi. Turli yoshda bolalarning qoni miqdor va sifat jihatidan o`ziga xos o`zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, ana shu xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, gematologik ko`rsatkich-larga tayanib, bolalik davrini shartli ravishda 3 ga ajratiladi: chaqaloqlik, emizikli va katta yoshli bolalik davri. Chaqaloq bolalar qonida gemoglobin va eritrotsitlar soni nisbatan ko`pligi bilan ajralib turadi. Chaqaloqlikning 1-2 kunidan boshlab ularning miqdori kamayib boradi. Rang ko`rsatkich (gemoglobin va eritrositlar miqdori orasidagi nisbat ) dastlabki kunlarga yuqori bo`ladi, keyingi kunlar davomida u ham asta-sekinlik bilan kamayib boradi.Chaqaloq qoni tarkibida leykotsitlar soni ham ko`p bo`ladi, keyingi kunlarda ularning soni ham kamayib boradi. Leykotsitlarning ko`p bo`lishini ham chaqaloq organizmining yangi sharoitga moslashuv davrida o`zini himoya qilish vositasi deb qarash mumkin. Qondagi trombotsitlar miqdori aytib o`tilgan davrlarning har birida deyarli farq qilmaydi va 200-300 ming atrofida saqlanadi. Emadigan bolalarda ham gemoglobin hamda eritrotsitlar miqdori asta- sekin kamayib boradi. Bola bir yoshdan o`tgach, ularning miqdori qaytadan ko`tarilib borib, kattalarnikiga yaqinlasha boshlaydi.Har xil yoshdagi sog`lom bolalarning gemogrammasi :

Yüklə 28,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin