Bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari (afx.) Teri Suyak va mushak sistemasi Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari Asab sistemasi Ichki sekretsiya bezlari Terining



Yüklə 28,19 Kb.
səhifə5/10
tarix19.04.2023
ölçüsü28,19 Kb.
#100498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-Анатомия

Ichki sekretsiya bezlari: Ichi sekretsiya bezlari o’z faoliyatida boshqa a’zolar singari markaziy nerv sistemasiga bo’ysunadi va uni bosh miyaning katta yarim shar po’stlog’I idora qiladi. Bola tugilgandan keyin birinchi oylarda unda endokrin bezlari hali yetuk bo’lmaydi, va ular o’zidan yetarli miqdorda garmon chiqarmaydi.Bola tugilganda unda ona qornidaligida olgan garmon zapasi bo’ladi.
NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Asab tizimini tuzilishini ayting.

  2. Bolalarni asab-ruhiy rivojlanish belgilarini bilasizmi?

  3. Terining organizmdagi vazifalari nimalardan iborat?

  4. Suyak tizimini bolalarda rivojlanish hususiyatlarini ayting.

  5. Tishlarning chiqish muddatlarini aytib bering.

  6. Endokrin tizimining tuzilishini aytib bering.

  7. Statik funksiyalarning rivojlanishini ayting.


MAVZU:
Nafas olish a’zolari tizimining anatomo-fiziologik xususiya
Yurak- qon tomir tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Qon hosil qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Ovqat hazm qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari
Bolalarning siydik chiqarish tiziminig anatomo-fiziologik xususiyatlari

Nafas olish a’zolari organizmni kislorod bilan ta’minlash va gazlar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Bolalr nafas a’zolari kattalarning nafas a’zolaridan o’zining anatomik va fiziologik xususiytlari jihatidan katta farq qiladi.


Anatomik farqlar quyidagilardan iborat:1. Burun yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kattalarnikiga qaraganda kichik, burun yo’llari tor va qisqa, shilliq pardasi juda nozik qon tomirlarga boy, pastki burun yo’li rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun chaqaloqlar va emizikli bolalarda burun bo’shlig’ida yallig’lanish jarayonlari bo’lganda burun shilliq pardasi tezda shishadi va burun orqali nafas olish va emishga qiyinchilik tug’iladi.
2. Yordamchi bo’shliqlar - g’alvirsimon va Gaymor bo’shliqlari emadigan bolalarda sust rivojlangan, peshona va asosiy suyak bo’shliqlari esa umuman bo’lmaydi. Ular bola yoshiga to’lganidan keyin rivojlanib, kattalashib boradi.
3. Ko’z yoshi-burun yo’li qisqa v a tashqi teshigi yopqichlari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi.
4. Halqum tor, eshituv nayi esa kalta va keng bo’ladi.
5. Hiqildoq - emizikli bolalarda voronkasimon, kattaroq bolalarnikiga qaraganda uzunroq, tog’aylari nozik va yumshoq, shilliq pardasi qon tomirlariga boy, ovoz tirqishlari esa tor bo’ladi. Eshituv nayi torligidan o’rta quloqqa infeksiya tez o’tadi. Hiqildoq torligi va shilliq pardasi qon tomirlariga boyligidan ovoz tirqishi juda tez torayib (stenoz) qoladi. 6. Traxeya bola hayotining dastlabki oylarida voronkasimon, yo’li tor, tog’aylari yumshoq va bir- biriga sust birikkan bo’ladi. Shilliq pardasi nozik, qon tomirlarga boy, Shilimshiq bezlari kam bo’ladi.
7. Bronxlar tor, tog’aylari yumshoq, shilimshiq bezlari kam, qon tomirlariga boy bo’ladi. O’ng bronx odatda traxeyaning davomi sifatida tik holatda va chapiga qaraganda kengroq bo’ladi. Yot jismlar (tugmacha, yoki mayda buyumlar) aksariyat hollarda o’ng bronxga tushadi.
8. O’pka bolaning go’daklik davrida biriktiruvchi to’qimalar va qon tomirlarga boy, alveolalar atrofidagi elastik to’qima sust rivojlangan, nafas olishda qatnashadigan sathi katta yoshdagi odamlardagiga qaraganda katta bo’ladi. Vaqt birligi ichida bolalarda o’pka orqali o’tadigan qon miqdori kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi. O’pkaning aeratsiyasi – antiatelektatik faktor: surfaktant – yuqori molekulali lipoproteid, alveolalararo suyuqlik bolib hisoblanadi, homilaning 20-24 haftasidan boshlab hosil bo’ladi va 36 haftada surfaktant sintezi oxirgi bosqichiga etadi. Oy kuni yetib tug’ilgan chaqaloqlarda surfaktantni etarli bo’lishi, chaqaloqlarning birinchi marta yig’lashi bilan o’pka orqali nafas olishini taminlaydi. Muddatiga yetmay tug’ilgan chaqaloqlarda surfactantni etarli bo’lmagni sababli, nafas yetishmovchiligi yuzaga keladi. Ammo, xozirda bu moddani muddatiga yetmay tug’ilgan chaqaloqlarga in’eksiya orqali yuvorib, chaqaloqlarni nafas olishini taminlab, ularni saqlab qolish mumkin.
9. Emadigan bolalarda plevra yupqa, uning varaqlari oson cho’ziladigan, diafragma kattalarnikiga qaraganda yuqoriroqda joylashgan va qisqarishlari zaif bo’ladi.
Fiziologik farqlar quyidagilardan iborat:
1.Emadigan bolalarda nafas yuza bo’ladi (katalarnikiga qaraganda 8-10 baravar sayoz). Ular chuqur-chuqur nafas ololmaydi. Ana shu xususiyatdan kelib chiqib, bolalar o’pkasining tiriklik sig’imi bola qancha yosh bo’lsa, shuncha kichik bo’ladi. (V.I. Molchanov bo’yicha);
3-4 yoshli bolada 400-500 ml ;
5-7 yoshli bolada 800-1000 ml;
8-10 yoshli bolada 1350 ml;
14 yoshli bolada 1800 ml;
15 yoshli bolada 2500 ml;
Kattalarda esa 3000-5000 ml ga teng.
2. Bola qancha kichik bo’lsa 1 daqiqada nafas harakatlari soni shuncha ko’p bo’ladi- (fiziologik hansirash).
Chaqaloq 1 daqiqada 40-60 marta
1-2 oylik bola 1daqiqada 35-48 marta
1-3 yoshlik bola 1daqiqada 28-35 marta
4-6 yoshik bola 1daqiqada 24-26 marta
7-9 yoshlik bola 1daqiqada 21-23 marta
10-12 yoshlik bola 1daqiqada 18-20 marta
13-15 yoshlik bola 1daqiqada 17-18 marta nafas oladi.
3. Bola hayotining dastlabki haftalarida nafas aritmiyasi kuzatiladi, ya’ni nafas olish va chiqarish maromi har xil bo’ladi. Agar bola 1 dfaqiqada 60 martadan ko’p nafas olsa – taxipnoye, 1 daqi-qada 30 martadan kam bo’lsa – bradipnoye, nafas olsishi to’xtab qolsa – apnoye deyiladi.
4. Bolaning nafas olishi ularning yoshi va jinsiga bir qadar bog’liq bo’ladi:chaqaloq ko’proq qorni bilan nafas oladi, emizikli davrda ko’krak-qorin tipida (araslash), 3-4 yoshga kelib yana ko’krak tipida, 7-14 yoshga kelib esa jinsiga qarab –o’g’il bolalar qorin, qiz bolalar ko’krak tipida nafas oladilar.
5. Bola hayotining dastlabki oylarida yo’tal refleksi sust rivojlangan bo’ladi.

Yüklə 28,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin