Asab sistemasi-bu sistema ichki organlar faoliyatini bir-biridan ajratib turuvchi va organizmning tashqi muxit bilan bog’lanishini tartibga solib turuvchi sistemadir. Asab sitemasi homila rivojlanishining 3-4 xaftalaridan boshlab farq qila boshlaydi. Asab naychaning orqa qismidan orqa miya, oldingi qismidan bosh miya shakllanadi. Naycha o’rtasidagi bo’shliq bosh miya qorinchalariga va orqa miya kanaliga aylanadi. Homilaning 4-5-oylaridan boshlab miyacha, gipotalamik soha po’stloq osti tugunlaridanva miya po’stlog’I tez o’sib boradi. 3 yoshdagi bolalarda miya xujayralari yaxshi differensiyalangan. Bosh miya sharlarining xujayralari ichki tuzilishining rivojlanishi 10-12yoshgacha davom etadi.Asab sistemasining mukammallash-ishi 22-25 yoshgacha davom etadi. Bola tug’ilgandan 1-2oydan boshlab ruhiy faoliyati shakllana boshlaydi, ya’ni kulimsirash, tovushga o’girilib qarash va xakozo. Shartli reflex esa 2-3 xaftalikdan paydo bo’ladi: ko’krakni izlash, 5 – 6 oyda o’yinchoqqa qiziqishi, har xil ta’sirlarga javob qaytarishi, 10-oyga kelib o’z istagini ifodalay oladi, 1ta2ta so’z ayta oladi.1 yoshda so’z boyligi 10 tagacha bo’ladi, mustaqil yura boshlaydi, idishdan suv icha oladi. 2 yoshda bemalol yuguradi, so’z boyligi ko’payadi. 3 yoshda mustaqil kiyina oladi, so’z boyligi 1200-1500 taga yetadi. 5-7 yoshida nutqi va xulqi to’liq rivojlanadi va shuni ko’rsatadiki oily nerv sistemasi yetarli rivojlangan bo’ladi. Bola sab sistemasining yaxshi rivoj;lanishi uchun uyqu bila faol uyg’oqlik davrini to’g’ri tashkil etish kerak. Bola qanchali kichik bo’lsa uyqu davri uzun
bo’ladi. Faol faoliyat davri: 1 – 1,5 oy - 1 soat
1,5 – 2,5 oy – 1,5 soat
2,5 – 3 oyda 5 – 6 oygacha – 2,5 soat
6 oydan 9 – 10oygacha 1 yosh 2 oy – 3,5 soat
1yosh 2 oy 1 yosh 6 oygacha – 4,5 soat
1yosh 6 oy 2 yoshgacha – 5,5soat
2yoshdan 3 yoshgacha – 6soat
Bolaning asab sitemasi rivojlanishida uni to’g’ri ovqatlanishi ham ahamiyatga ega. 5-6 oygacha 6-7marta ovqatlanadi,uyqusi 1,5-2soatdan 3-4 marta uhlaydi. 6oylikdan keyin 5 marta ovqatlanadi, uyqusi 3 marta bo’ladi,9-10 oydan uyqusi 2mrta kamayadi. 1,5 yoshdan 1 marta uhlaydi.