Bolalarning siydik chiqarish tiziminig anatomo-fiziologik xususiyatlari Yangi tug’ilgan chaqaloq hayotining dastlabki oylarida buyraklar o’ziga xos tuzilishga ega. Buyraklarning asosiy funsiyasi–ajratishdir. Buyrasklarning og’irligi 11-12gmdan bo’lib,1yoshda 3 marta ortadi, kattalarnikiga qaraganda pastroqda joylashgan. Shuinung uchun, 2yoshgacha bo’lgan bolalarda ularni paypaslash oson. Go’daklarning buyraklarining jomlari va siydik yo’llari nisbatan keng, muskul va elastik tolalari yetarli rivojlanmagan, devorlarining tonusi past. Shining uchun, siydik yo’llarida siydikning turib qolish natijasida patologik jarayonlar kelib chiqadi. Emadigan bolaning qovug’i kattalarnikiga qaraganda, yuqoriroq yotqdi va qisman qorimn boshlig’ida kiradi. Bola ulg’aygan sari qovuq asta sekin chanoq bo’shlig’iga tusha boradi. Sig’imi: Chaqaloqlarda - 50 ml; 3oy-da- 2baravar; 1yoshda- 4baravar; 9-10 yoshda- 600-900 ml. O’g’il bolalarda siydik chi-qarish kanali, katta yoshli erkak kishilarga qaraganda ancha egri bo’ladi, uzunligi: chaqa-loqlarda- 5-6 sm, ulg’aygan sari, 12 sm.ga etadi. Qiz chaqaloqlarda: siydik chiqarish kanali 0,8- 1,0 sm, 16 yoshda - 3,3sm. bo’ladi. Qiz bolalarda infeksiyaning tushishi osondir. Chaqaloqlar sutkasiga 20-25 marta, emizikli yoshdago bolalar 15-17 martagacha, 2-3 yoshda 8-10 marta, 6-7 yoshda 5-6 marta siyadi. Siydik ajratilishi ichilgan suyuqlik miqdoriga, soviqsurashga, stresslarga, kasalliklarga bog’liq. Bolani sutkali diurezini aniqlash:M = 100 х (n - 1) + 600.
Masala – 6 bola yosh; M = 100 x ( 6 – 1 ) + 600 = 100 x 5 + 600 = 500 + 600 = 1100 ml.
Siydik normada tiniq, somon rangda, quyuqasiz. Pasternatskiy simptomi – orqa tomondan XII qovurg’a sohasida perkussiya qilib tekshiriladi
2..Nafas a'zolarining funksional xususiyatlari qanday?
3.Bolalarda yoshga qarab nafas soni qancha bo‘ladi?
4.Yurak qon-tomir tizimining tuzilishini ayting.
5.Bolalarda puls xarakteri va chastotasi qanday bo‘ladi?
6.Bolalarda qon yaratish tizimining xususiyatlarini aytib bering.
7.Qon organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
8.Limfa tugunlarining asosiy vazifalarini aytib bering.
9.Qaysi a'zolar hazm qilish tizimiga kiradi?
106.Qaysi a'zolar siydik ishlab chiqarish tizimiga kiradi?
11.Buyrakning tuzilishini bilasizmi?
12.Siydik ishlab chiqarish tizimini tuzilishini bilasizmi?
13.Bolalarda sutkalik siydik miqdorini aniqlaydigan formulari
ayting.