Gemoglobin chaqaloqda : 170-247 g/l 1 oy -5 yosh: 120-140 g/l 6-14 yosh: 120-140 g/l Eritrotsit chaqoloqda: 1 mmda 4,5-7,5 mln
1 oy-5 yosh: 1 mmda 4,0-4,5 mln
6-14 yosh: 1mmda 4,0-4,5 mln
Rang ko`rsatkich: chaqaloqda -0,9-1,3
1 oy-5 yosh: 0,8-1,0
6-14 yosh: 0,8-1,0
Leykotsit chaqaloqda : 1 mmda 10-30 ming
1 oy -5 yosh: 1 mmda 7-10 ming
6-14 yosh: 1 mmda 6-8 ming
Trombotsitchaqoloqda: 1 mmda 200-250 ming
1 oy-5 yosh: 1 mmda 150-300 ming
6-14 yosh: 1mmda 150-300 ming
ECHT chaqaloqda –2-3 mm/soat 1 oy-5 yosh: 6-8 mm/soat 6-14 yosh: 6-8 mm/ soat Hayotning birinchi yilini yashab kelayotgan bolalarda qonning morfologik tarkibi keng doirada individual o`zgarishlarga uchrab boradi, bu o`zgarishlar bola qon apparatining har xil endogen va ekzogen omillar ta`siriga sezgirligining nishonasidir.Shuni aytish lozimki, ba’zi kasalliklar(tez-tez shamollashlar, shu sababli ichilgan antibiotiklar, gijja kasalliklari), kompyuter, uyali telefonlardan haddan ziyod ko’p foydalanish qon tarkibini o’zgarishiga olib keladi.
Limfa tizimining anatomik-fiziologik xususiyatlari.Bolalarda limfa tizimiga limfa tugunlari, limfoid follikulyar va limfoid to`qimaning diffuz to`plamlaridan tashkil topgan ayrisimon bez, taloq va limfatik bezlar kiradi. Chaqaloqlarda limfa tugunlari kattalarnikidan qiyosan kattaroq , birikturuvchi to`qima kapsulasi yupqa va nozik bo`lib, bo`lakchalari ichidagi to`siqlari deyarli bo`lmaydi. Limfa tugunlarining rivojlanishi bolaning 12-13 yoshida tugallanadi. Jinsiy balog’atga etish davrida ko’pincha fiziologik ravishda qo’ltiq osti limfa tugunlari-qizlarda ko’krak bezlari rivojlanishida, chov sohasidagi limfa tugunlar ham shu davrda fiziologik ravishda kattalashadi, biroq, shifokor aralashuvisiz asli holiga qaytadi.Limfa tugunlari tananing qaysi sohalaridan limfa oqib kelishiga qarab joylashadi. 25-50% sog`lom bolalarda limfa tugunlarini bo`yinning oldi va orqasidan, qo`ltiq ostidan, chov sohasidan paypaslab topish mumkin. Ular yakka-yakka, kattaligi tariq donasidan yasmiq kattaligigacha keladigan yumshoq, harakatchan, bir-biri va atrofidagi to`qimalarga yopishmagan bo`ladi. Limfa tugunlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -organizm uchun himoya vositalari hisoblangan limfotsitlar ishlab chiqarish;- tugunga tushib qolgan zaharli moddalar, bakteriyalar va ularning toksinlarini zararsizlantirish;- tugunlardagi plazmatik hujayralardan antitelolar ishlab chiqarish.