** shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq **ga qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir **ni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz.
Uzoq masofada joylashgan ** shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi shunday, shaklning mayda detallari **ning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi, uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi.[2]
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil **ga qarab turganida, bu **ning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi.
Lekin, binokulyar ko‘rish ** hajmli idrokining yagona sharti emasdir. ** katta hajmini idrok qilishda, ushbu ** hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta hajmli **da yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir.
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin.[6][3]
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish **larning ko‘rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – bu **lar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri.
**lar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokidako‘zlarning konvergensiyasi va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, **larning idrok etilishi uchun ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning uzoqdagi **dan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan uzoqdagi **ga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi.[2]
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida **larning bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, **larning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda , hatto, **ning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni **lar holatiga baho bergan holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u **larning joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak.[2]
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi.