Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə35/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

Vaqt idroki muammosini o‘rganishning murakkabligi vaqtning moddiy dunyo hodisasi sifatida idrok etilmasligidan iborat. Uning kechishi haqida esa ma’lum belgilar bo‘yicha mulohaza yuritamiz.[1]
«Biologik soatlar» nomi bilan tanish bo‘lgan oddiy marom hodisalari vaqt o‘tishining davomiyligi va ketma-ketligini idrok jarayonlari asosida yotadi. Ularga po‘stloq va po‘stloq osti hosilalarining neyronlarida kechadigan marom jarayonlari kiradi. Masalan, uyqu va hordiqning gallanishi. Qo‘zg‘alish va tormozlanishning gallanishi kabi nerv jarayonlarining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqt haqida ma’lum axborotga ega bo‘lamiz. Bundan vaqt idrokini tadqiq etishda, ikki asosiy nuqtai nazarni: vaqt davomiyligi idroki va vaqt ketma-ketligini hisobga olish zarurligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Vaqt bo‘lagi davomiyligini sub’ektiv baholash, uning qanday voqealar bilan to‘laligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar ko‘p sodir bo‘lib, biz uchun qiziqarli bo‘lsa, u holda vaqt tez o‘tgan bo‘ladi. Va, aksincha, voqealar kam bo‘lib, bizga qiziqarli tuyulmagan bo‘lsa, u holda vaqt sekin o‘tgan bo‘ladi. Lekin o‘tgan voqealarni baholashga to‘g‘ri kelsa, u holda davomiylikni baholash teskari xususiyatga ega bo‘ladi. Turli-tuman voqealarga boy bo‘lgan vaqtning bahosini oshirib yuboramiz, vaqt bo‘lagi davomli bo‘lib tuyuladi. Va, aksincha, biz uchun zerikarli vaqtni munosib baholay olmaymiz, vaqt bo‘lagi ahamiyatsizdek bo‘lib tuyuladi.
Vaqt davomiyligini baholash hissiyotli kechinmalarga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni hosil qilsa, u holda vaqt tezda o‘tib ketadi, salbiy kechinmalarda esa, vaqt bo‘lagi cho‘zilib ketgandek idrok etiladi.
Vaqtning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyat bu uni ortga qaytmasligidir, biz o‘tgan vaqtni qaytara olmaymiz. Shu sababli, vaqt o‘tishini voqealar qaytmaydigan ketma-ketligining ob’ektiv tartibini o‘rnatgan holda idrok etamiz.
Avval bo‘lib o‘tgan yoki endi bo‘ladigan voqelar tartibi yoki ketma-ketligini o‘rnatishdan tashqari, vaqtni jamlashdan foydalanamiz, ya’ni, ayni vaqtda qanday voqea sodir bo‘lishini bilamiz. Vaqt oralig‘ining ma’lum kattaliklaridan foydalanganimiz uchun vaqtni jamlash imkoniyati mavjuddir. Bunday oraliqlarga kun, hafta, oy, yil, asr va h.k.lar kirishi mumkin. Bunday oraliqlarning mavjudligi imkoniyati, ulardagi voqealar ma’lum almashinuvining gallanishi bilan belgilanadi, masalan, quyosh botishi va chiqishi.
Vaqt – yo‘nalishli kattalik, vektor bo‘lgani uchun faqat o‘lchov birliklari (soniya, daqiqa, soat, kun, oy, yil, asr) tizimi bilan emas, balki, hisob olib boriladigan doimiy boshlang‘ich nuqta bilan ham ta’riflanadi. Vaqtning tabiiy boshlang‘ich nuqtasi, vaqtni avvalgi o‘tmish va keyingi kelajakka ajratib turuvchi hozirgi zamondir.
Lekin hozirgi zamon ham namoyon bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga ega, ya’ni, vaqt hisobini olib borish nuqtalari mavjud. Aniq bir odam uchun bunday nuqta bo‘lib, uning dunyoga kelish sanasi, insoniyat uchun –umumiy qabul qilingan ma’lum nuqta, masalan, Muhammad Payg‘ambarning tug‘ilish sanasi hisoblanadi.
SHunday qilib, vaqt idrokida ikki, sub’ektiv va ob’ektiv-shartli nuqtai nazarni ajratish mumkin. Sub’ektiv nuqtai nazar bizning sodir bo‘layotgan voqealarni shaxsan baholashimiz, ob’ektiv-shartli esa – hodisalarning ob’ektiv oqimi va shartli boshlang‘ich nuqtalar ketma-ketligi yoki vaqt oralig‘i bilan bog‘liqdir. Agar birinchi nuqtai nazar bizning vaqtni his etishimizni aks ettirsa, ikkinchisi, vaqt yo‘nalishida harakatlanishimizga ko‘mak beradi.
Atrof-olam **lari birday idrok etilmaydi. Bir xillari yaqqol, «oldingi qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda idrok **i, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin orqa planga o‘tib ketgan boshqa **lardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan, kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz izlayotgan kitob hisoblanadi.
Dastlab figura (**) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan. Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E. Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Yakka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning barchasi esa fon deb aytiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ** va fonning nisbati – bu dinamik nisbat. Ayni vaqtda fonga tegishli bo‘lganlar ma’lum vaqtdan so‘ng **ga, va, aksincha, ** fonga aylanishi mumkin. Bunga isbot sifatida rasmdagi ikkilangan tasvirlarni keltirish mumkin.[7][3]
**ni fondan ajratib olish, avvalambor, ular o‘rtasidagi farqning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. ** va fon bir-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, ** fondan shunchalik oson ajraladi. Xuddi shunday, fon va ** o‘rtasidagi ranglar, ayniqsa, bir-biridan keskin farq qiluvchi ranglar bo‘yicha tafovut muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf taxtasida bo‘r bilan yozilgan so‘z yaqqol ko‘rinadi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi daftarida u yozadigan siyoh bilan tuzatilgan xato esa umuman sezilmasligi mumkin. Agar ** o‘xshash **lar qurshovida bo‘lsa, uni ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi. Agar daryo boshqa daryolarning oqimlari bilan o‘ralgan bo‘lsa, xarita bo‘yicha uning oqimini kuzatib bo‘lmaydi.
**ni fondan ajratib olishni, birinchidan, **ning aniq obrazi bo‘lgan ob’ekt haqida ma’lumotga ega bo‘lish osonlashtiradi. Ikkinchidan, **ni fondan ajratish ** shaklining ustidan chizib chiqish yoki **larni qo‘l bilan saralash imkoniyatini engillashtiradi. Uchinchidan, **ni fondan ajratib olish o‘xshash faoliyat tajribasini orttirishni engillashtiradi.
**ni yaxlitligicha idrok qilish bilan birga, uning alohida qismlarini ham idrok etamiz. Bu ikkala tomon ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi: yaxlitlikni idrok qilish uning qismlarini idrok qilish bilan belgilanadi, yaxlitlikning o‘zi ularning idrok etilishiga ta’sir etadi.[1]
Barchaga ma’lumki, **ning biror qismini o‘tkazib yuborsak yoki uni noto‘g‘ri talqin qilsak, yoki haqiqatda unga tegishli bo‘lmagan qismni uning qismi sifatida idrok etsak, **ning idrok etilishi keskin o‘zgarib ketadi. Bunday vaziyatlarda **ni o‘z holicha qabul qilolmaymiz. Masalan, boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan va alohida yozilgan so‘zga bir qarashda («chol», «mol» va boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan «pol» so‘zi), agar harflardan biri noaniq yozilgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri talaffuz qilib o‘qishimiz mumkin («pol» so‘zining o‘rniga - «gol»).
Ob’ektga tegishli qismlar umuman idrok etilmasa yoki noaniq idrok etilsa, yoki ayni damda idrok etilmay qoladigan bo‘lsada, shunga qaramay **ni tanib olamiz. Bu holat har bir ** faqat unga xos bo‘lgan tanish belgilariga ega bo‘lganligidan sodir bo‘ladi. Masalan, alohida harflari tushirib qoldirilgan so‘z keltiramiz «..z..li.». Darhol bu so‘zni, albatta, topa olmaysiz, chunki uning tanish belgilari bo‘lgan harflar tushirib qoldirilgan. Endi o‘qib chiqishga urinib ko‘ramiz: «go‘z.l.ik». SHunday qilib, alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga ta’sirini ko‘rib chiqdik.
Alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida savol tug‘iladi. Bu ta’sir, avvalambor, yaxlitlikni idrok qilishda undagi ba’zi bir qismlarining etishmayotganini sezmay qolishimiz mumkinligida kuzatiladi. Masalan, kitob mutoalasida ba’zan tushirib qoldirilgan, ortiqcha harflarni, ularning o‘rin almashganini sezmay qolamiz. Bunday holat o‘qish malakasining yuqori darajasidagi har bir so‘zning yaxlitligicha idrok etilishida kuzatiladi, bu esa uning alohida qismlarining yorqin ranglarda idrok etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yaxlitlik va qismlar idrokining o‘zaro munosabati ** bilan tanishishning turli bosqichlarida birday kechmaydi. Bunda odamlarning individual farqlanishi muhim o‘rin egallaydi. Ko‘pchilik odamlarda idrokning boshlang‘ich davri yaxlitlikni alohida qismlarga ajratmay turib, idrok qilishning ustunligi bilan xarakterlanadi. Ba’zi odamlarda buning aksi kuzatiladi, birinchi navbatda, **ning alohida qismlari farqlanadi.[1]
Individual farqlanishga mos ravishda idrokning ikkinchi davri ham turlicha kechadi. Avval **ning umumiy shakli aniq qismlarga bo‘linmagan holda idrok etilsa, keyinchalik, ob’ekt qismlari borgan sayin aniqroq idrok etiladi. Va, aksincha, agar avval **ning qismlari ajratilgan bo‘lsa, yaxlitlikka o‘tish amalga oshiriladi.
Yaxlitlik va qismlarining idroki faqat individual xususiyatlarga emas, shuningdek, o‘tmishdagi tajriba va maylga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, etarlicha o‘qish tajribasiga ega bo‘lganimiz uchun matnni ko‘z yugurtirib, ko‘p hollarda xatoliklarga e’tibor bermay, tez o‘qiy olamiz. Lekin, agar matndagi xatoliklarni topishingiz kerak bo‘lib qolsa, ma’nosiga tushunib etmasangiz ham, so‘zlarning yozilishiga alohida e’tibor qaratasiz. SHunday qilib, idrokni tashkil etishda mayl muhim ahamiyatga molikdir.
Barcha odamlar o‘z qiziqishlari va mayllari, shuningdek, qator boshqa xususiyatlariga ko‘ra, bir-birlaridan farq qilsalarda, idrokda individual tafovutlar mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin (10.2 rasm).
Idrokdagi individual farqlar juda katta bo‘lsada, bu farqlarning aniq bir odam uchun emas, odamlarning yaxlit guruhiga tegishli bo‘lgan ma’lum tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Idrok tiplariga: sun’iy (yaxlit) va tahliliy (tafsilotlarni aniqlash), tushuntiruvchi va tavsifiy, ob’ektiv va sub’ektiv tiplar kiradi.
Idrokning yaxlit tipi unga moyil bo‘lgan shaxslarda ** qoldirgan umumiy taassurot, idrokning umumiy mazmuni, idrok umumiy xususiyatlarining yorqin ifodasi bilan xarakterlanadi. Idrokning bunday tipi bo‘lgan odamlar mayda-chuydalarga kamroq e’tibor beradilar. Ular ko‘proq yaxlitlikning ma’nosini ilg‘ab oladilar, ko‘pchilik tafsilotlar esa e’tiborsiz qolib ketadi.
Idrokning izchillik tipiga mos shaxslar, aksincha, qismlar va tafsilotlarni aniq ajratib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Ularning idroki, aynan, shunga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umuman olganda, ** yoki hodisa, idrok etilganlarning umumiy mohiyati orqa ko‘rinishga o‘tib ketadi, ba’zan esa, umuman sezilmaydi. Ularning hikoyalari doim tafsilotlar va xususiy qismlarni tasvirlashga to‘la bo‘ladi, buning orqasida yaxlitlikning mohiyati juda ko‘p hollarda yo‘qolib ketadi.
Idrokning ko‘rsatib o‘tilgan tiplari chetki qutblar uchun xosdir. Ko‘pincha, ular bir-birini to‘ldiradi, chunki, ikkala tipning ijobiy xususiyatlariga tayanuvchi idrok samarali hisoblanadi.[2]
Idrokning tasviriy tipiga xos bo‘lgan shaxslar, ko‘rgan va e**ganlari bilan chegaralanadi, idrok etilgan hodisaning mohiyatini tushuntirishga urinmaydilar. Odamlar faoliyati, voqealar yoki qandaydir hodisalarning harakatlantiruvchi kuchlari ularning e’tiboridan chetda qoladi. Aksincha, idrokning tushuntiruvchi tipiga xos bo‘lgan odamlar bevosita idrokda beriladiganlar bilan qoniqmaydilar. Ular doim ko‘rgan yoki e**ganlarini tushuntirib berishga intiladilar. Hulq-atvorning bu tipi ko‘pincha idrokning sun’iy tipi bilan uyg‘unlashadi.[2]
Idrokning ob’ektiv tipiga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarga qat’iyan muvofiqlik xosdir. Idrokning sub’ektiv tipiga mos  shaxslar esa ularga berilganlardan chetga chiqadilar va o‘zlaridan ko‘p narsa qo‘shadilar. Ularning idroki **larga nisbatan sub’ektiv munosabatga, avvaldan tarkib topgan taxminlarga asoslangan mulohazali munosabatni nohaq oshirib baholashga bo‘ysunadi. Bunday odamlar o‘z hikoyalarida idrok etganlarini emas, balki, bu haqdagi o‘zlarining sub’ektiv taassurotlarini, ayni damdagi his-tuyg‘ulari va kechinmalarini etkazadilar.
Individual farqlar o‘rtasida kuzatishdagi farqlash katta ahamiyatga ega. Kuzatuvchanlik – bu **lar va hodisalardagi sezilarsiz, o‘z-o‘zidan ko‘zga tashlanmaydigan, lekin istalgan nuqtai nazar yuzasidan ahamiyatli yoki xususiyatga ega bo‘lgan belgini payqash malakasi. Kuzatuvchanlikka xos bo‘lgan belgi sezilarsiz, lekin ahamiyatli belgining idrok qilish tezligi. Kuzatuvchanlikdagi farqlar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Xuddi shunday, qiziquvchanlik kuzatuvchanlikning rivojlanishiga ko‘mak beruvchi omil bo‘lib hisoblanadi.[1]
Idrokni oldindan mo‘ljallanganlik darajasiga ko‘ra farqlash mumkin. Oldindan ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va oldindan ko‘zlangan (ixtiyoriy) idroklar mavjud. Ixtiyorsiz idrokda biror **ni idrok qilish maqsadi yoki vazifasini qo‘ymaymiz, ixtiyoriy idrok esa maxsus ko‘zlangan maqsad yoki vazifaga yo‘naltirilgan. Idrok mustaqil faoliyat sifatida, ayniqsa, kuzatishda yaqqol namoyon bo‘ladi, kuzatish oldindan mo‘ljallangan, rejali va u yoki bu darajada davomli idrok bo‘lib, idrok ob’ektida sodir bo‘ladigan qandaydir hodisa yoki o‘zgarishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.[1]
Ammo, kuzatuvchanlik ham idrok kabi tug‘ma xususiyat bo‘lib hisoblanmaydi. YAngi tug‘ilgan chaqaloq atrof-olamni **larning yaxlit manzarasi ko‘rinishida idrok etolmaydi. Bolaning atrof-olamdan **larni dastlabki ajratib olish hodisasini uning bu **larni sinchiklab qarayotganidan sezish mumkin.
B.M. Teplovning fikriga ko‘ra, bolada **ning predmetliligi belgilari erta go‘daklik davrida (2-4 oylikda) **lar bilan harakatlarning shakllanishida namoyon bo‘la boshlaydi. 5-6 oylikka kelib, bolada qo‘llayotgan **da nigohning jamlanishi holatlarining ko‘payishi kuzatiladi. Bog‘chachagacha bo‘lgan davrdan maktabgacha davrga o‘tishda o‘yin va konstruktiv faoliyat ta’sirida bolalarda ko‘rish analizi va sintezining murakkab turlari, shuningdek, idrok ob’ektini ko‘rish maydonida xayolan bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lakni alohida, so‘ngra ularni yaxlitlagan holda tadqiq etish layoqati tarkib topadi.[2]
Ta’lim olish jarayonida maktabdagi bola idroki faol ravishda rivojlanadi, bu jarayonlar bir necha bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich **dan foydalanish jarayonida obrazining mutanosib holda tarkib topishi bilan bog‘liq. Keyingi bosqichda bolalar qo‘l va ko‘z harakatlari yordamida **larning fazoviy xususiyatlari bilan tanishadilar. Navbatdagi, psixik rivojlanishning yuqori darajalarida bolalar oz fursatda va ortiqcha harakatlarsiz idrok ob’ektlarining ma’lum xossalarini tanib olish, shu xossalar asosida ularni bir-biridan farqlash layoqatiga ega bo‘ladilar.
Idrok rivojlanishining muhim sharti mehnatdir, u bolalarda ijtimoiy foydali mehnat shaklida, masalan, uydagi vazifalarini bajarish bo‘yicha, shuningdek, chizish, yasash, musiqa, o‘qish va boshqalar bilan shug‘ullanishda namoyon bo‘ladi. Bola uchun o‘yinda qatnashish ham ahamiyatlidir.[2]
Katta odam bilan solishtirganda, yosh bola idrokining xususiyatlari qanday va ular nimada namoyon bo‘ladi? Avvalambor, bola **larning fazoviy xossalarini baholashda juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Bolalarda, hatto, ko‘z bilan chiziqli chamalsh kattalarnikiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan. Masalan, chiziq uzunligini idrok qilishda bolaning xatolari, katta odamnikiga qaraganda, taxminan besh marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Vaqt idroki yana ham ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Bola «ertaga», «kecha», «oldin» va «kechroq» kabi tushunchalarni juda qiyinchilik bilan egallaydi. Bolalar **lar tasvirini idrok qilishda ham qiyinchiliklarga duch keladi. SHunday qilib, bola idrokining o‘ziga xos xususiyatlari bola bilimining etishmasligi va unchalik katta bo‘lmagan amaliy tajriba bilan belgilanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu muammolar bartaraf etiladi va katta maktab yoshiga kelib, bolalar idroki katta odam idrokidan sira farq qilmay qoladi.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1]
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.[1]
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy **lar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. **lar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.[1]
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan **lar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.[2]
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. [2] 
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.
Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.[2]
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.[1]
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.[2]

Yüklə 326,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin