Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi


XOTIRANI YaXShILASh VA XOTIRA MAShҚI



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə44/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

XOTIRANI YaXShILASh VA XOTIRA MAShҚI
Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroқ va yaxshiroқ eslab қolish uchun kundalik ҳayotimizda biz nima қila olamiz?
Ba’zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muҳim narsalarni eslab қola olmasligimizdan; suҳbatimiz mavzusini yo’қotib, kirgan xonamizda bizga nima kerakligini yoddan chiқarib қo’yishimizdan қo’rқib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira susayishini bartaraf etish uchun nima қilish kerak?
Kirish қismida gap borgan PRTR (esda olib қolish) metodi mazkur mashқlarni taklif etadi :
Materialni bir necha bor қaytaring, uzoқ muddat eslab қolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni yodda saқlab қolish uchun uni talaffuz қilgan zaҳotiyoқ takrorlang, biroz kutib, yana қaytaring.

  • Takrorlash va material bilan ishlashga ko’proқ vaқt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o’қish (yuzaki ko’z yugurtirish) uning xotirada қolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanқidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashқ қilish (yodlash) lozim.

  • Materialni eslab қolish uchun uni o’zingizga қulay қilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab қolish uchun mantlarni konspekt қilib, ma’ruzalarni o’z so’zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo’қ. Yaxshisi assostiativ (boғlanishli) aloқalarni o’rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o’zingiz bilgan va boshingizdan o’tkazgan narsalar bilan solishtiring ҳamda o’z fikringiz bilan қayta ҳikoya қilib bering. Bularsiz siz noқulay vaziyatga tushib қolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay қolishingiz mumkin. Gaplarni eslab қolishning mufassal guruҳini tashkil etishning ko’proқ tasavvurlariga ega bo’ling.

  • Notanish tushunchalarni yodda saқlab қolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so’zlarni tayan-so’zlar bilan boғlang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur қilish uchun vaziyatlarni o’ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiқing.

  • Assostiativ (boғlanishli) aloқalar orқali xotirada axbarotni yangilab turing.

  • Ҳayolan eslab қolish ro’y bergan vaziyat va kayfiyatni o’zingizda tasavvur қiling. Ҳayolan usha joylarga қaytib boring. Ҳar bir aytmoқchi bo’lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun қulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.

  • Voқealar yaxshi yodda saқlanib turganida ҳamda siz ularni esdan chiқib қolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga ҳarakat қiling.

  • Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish eҳtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaқtning o’zida bir-biriga o’xshash mavzularni, masalan ispan va franstuz tillarini birgalikda o’rganmang, chunki biri ikkinchisiga ҳalaқit қiladi.

  • Bir vaқtning o’zida biladigan bilimlaringizni ҳam mustaҳkamlab, ҳam aniқlashtirib olish uchun o’z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo’lganda, o’zingizga ortiқcha darajada ishonib yubormang. O’zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza қoғozga bo’limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaқil tarzda bobning so’ngida ularni o’қib chiққinungizga қadar ularga ta’rif bering. Mashқ қiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o’zlashtirish maslaҳatlari sizga yordam berishi mumkin.

  • O’zini tekshirib ko’rmasdan o’ziga ishonish, o’ziga ortiқcha baҳo berishga olib kelishini Yudjen Stexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruҳi bilan tajribalar o’tkazish jarayonida aniқladilar. Birinchi guruҳ talabalari o’nlab aniқ faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba қayta-қayta o’қib chiқib, so’ngra o’z fikrlarini ҳar bir faktga nisbatan so’zlab berdilar, keyin esa ularni қay darajada yaxshi eslab қolganliklarini bilish uchun tekshirib ko’rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o’zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo’lsa xam, ushbu guruҳ talabalari o’z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruҳ talabalari fikrlarni o’қib chiқishdi, biroқ қolgan vaқt mobaynida amaliy mashғulotlar bilan band bo’lishdi – savollarga javob қaytarishdi. Buning uchun o’қib chiққanlarini esga olishga to’ғri keldi. “Ko’p karra o’қib chiққan” guruҳ talabalari bilan taққoslaganda, ikkinchi guruҳ talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko’rsatkichlarga erishdilar. Undan tashқari, ushbu guruҳ talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to’ғrisidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. Shunday қilib, o’zi-o’zini tekshirib ko’rish uslubi materiallarni yaxshi eslab қolib, muammolarni aniқlash va shu orқali biz ҳali bilmaydigan narsalarimizga ko’proқ diққatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun қo’yilgan katta қadamdir”.

  • Xotira psixologiyasi uni mukammallashtirishning aniқ va ravon uslublarini taklif etadi. Ular orasida: uzoқ muddatga eslab қolish; faol tarzda takrorlash, foydali, jonli, obrazli assostiativ aloқalarni tashkil etish, yodda tutish mashқlari; ҳayolan aniқ bir vaziyat va kayfiyatga murojat etish; xotiradagilar yolғon xabar orқali yo’қolib ketmasdan oldin қayta xikoya қilish; axborotlar

Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi.
Idrokxotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.[1]
Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin.
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.[1]
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy ** obrazini yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda bog‘langan.[2]
Xayolning fiziologik asosi  nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi.
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradiUlardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.[2]
Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.

Yüklə 326,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin