54
Amaldagi Konstitutsiyada Prezident davlat va ijro etuvchi
hokimiyatning boshlig„i qilib belgilanishi
ijro etuvchi hokimiyatni
kuchaytirishga qaratilgan tadbir deb aytish mumkin. Mamlakatimizning
ijro etuvchi hokimiyatining tarkibi Prezident tomonidan tayinlanib, Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
O„zbekistonda prezidentlik instituti o„rnatilgan
dastlabki davrda
Vazirlar kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini
saqlab qolgan edi. Uning 1990-yil 30-martida Oliy Kengash tasdiqlagan
yangi tarkibi 41 kishi, ya‟ni Rais,
Bosh Vazir, uning ikki nafar birinchi
o„rinbosari, to„rt nafar o„rinbosar, 19 nafar vazir, 14 nafar davlat qo„mitasi
raislaridan iborat edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida
boshqaruv idoralari faoliyati takomillashtirilib borildi. 1995- yil 5-mayda
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning II sessiyasi bo„lib, unda
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to„g„risidagi
Prezidentning Farmonini tasdiqlash masalasi ko„rildi va sessiyada Vazirlar
Mahkamasining 35 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.
Ikkinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi birinchi
sessiyasi ikkinchi yig„ilishida (2000-y. 11-fevral) mamlakatimiz Prezidenti
tomonidan Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Boshqaruv tizimining boshqa bo„g„inlari ham bozor iqtisodining
O„zbekistonga xos yo„liga moslashtirildi.
2007-yil 23-dekabrda muqobillik asosida o„tgan saylov natijalariga
ko„ra, I.A.Karimov 7 yil muddatga O„zbekiston Prezidenti etib saylandi.
2015-yil 29-mart kuni bo„lib o„tgan navbatdagi
Prezident saylovida ham
I.A.Karimov 5 yil muddatga O„zbekiston Respublikasi Prezidenti etib
saylandi.
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil dekabrdan
to 2016- yilning sentyabrga qadar respublikamizda prezidentlik vazifasi va
vakolatlarini sidqidildan, o„z kuchi va g„ayratini ayamasdan bajarib keldi.
2016 yil 8-sentyabr kuni O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma
majlisi parlament
palatalarining qo„shma qaroriga muvofiq O„zbekiston Respublikasi
Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O„zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklandi.
2016-yil 4-dekabrda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea-
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bolib o„tdi.
Saylovda
55
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O„zbekiston Liberal-demokratik
Dostları ilə paylaş: