Book · December 022 citations reads 28,319 authors


mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
(1)

mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson 


52 
huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya 
qilinishini 
ta‟minlashga 
ko„maklashish 
maqsadida 
faoliyat 
ko„rsatadi”, - deb ta‟kidlangan. 
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo„lib, u ijtimoiy 
manfaatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo„yicha 
eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko„maklashadi. Qonun ombudsman 
institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg„unlashgan 
shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoida-qonuniylik, 
oshkoralik, adolatparvarlik, insonparvarlik har bir kishi uchun ochiq 
ekanligini tasdiqlaydi. 
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko„rib chiqishda, 
zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari 
bilan hamkorlik qilmoqda 
Qonun qabul qilinganga qadar ham Inson huquqlari bo„yicha vakil 
mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko„rsatib keldi. Jumladan
birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo„yicha vakil hamda fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo„yicha 
komissiya a‟zolari 700 dan ortiq murojaatni ko„rib chiqdi. Ana shunday 
arizalarning tegishli qismidagi dalillar o„z tasdig„ini topgan va zarur 
choralar ko„rilgan. 
Inson huquqlari bo„yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo„yicha 
komissiyasining Jenevada bo„lib o„tgan 52-sessiyasining majlisida 
qatnashdi va so„zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson 
huquqlari bo„yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Evropa va 
MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so„zga 
chiqdi. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro 
tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi. 
Inson huquqlari bo„yicha vakil faoliyatining tahlili shuni ko„rsatadiki, 
O„zbekistonda huquqiy, insonparvarlik, demokratik va fuqarolik jamiyat 
qurilishi uchun mustahkam poydevor qo„yildi.
Oliy Majlis “O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin