Book · December 022 citations reads 28,319 authors


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
(1)

Davlat ramzlarining qabul qilinishi. O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat 
bo„lgan “O„zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i to„g„risida”gi 
Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog„i mamlakatimiz hududida ilgari 
mavjud bo„lgan g„oyat qudratli saltanatlar bayrog„iga xos bo„lgan eng 
yaxshi an‟analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos 
bo„lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi
o„zligini ham aks ettiradi. O„zbekiston Respublikasi davlat bayrog„i 
yurtimizning o„tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo„lib -
qoldi. 
1992-yil 2-iyulda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X 
sessiyasida 8 moddadan iborat bo„lgan “O„zbekiston Respublikasining 
Davlat gerbi to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir 
belgi chuqur ma‟noga ega. Gerb rangli tasvirda bo„lib, Xumo qushi 
kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog„i va “O„zbekiston” 
degan yozuvlar tilla rangda, g„o„za shoxlari, barglari va vodiylar yashil 
rangda, tog„lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va 
yulduz oq rangda. O„zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i 
tasvirlangan lenta to„rt xil rangda berilgan.
1992-yil 10-dekabrda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI 
sessiyasida 12 moddadan iborat “O„zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi to„g„risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – milliy 
valyutasidir. O„zbekiston davlat mustaqilligini ko„lga kiritib o„zining 
milliy valyutani muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun 
ma‟lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O„zbekiston 1991 – 1993-
yillarda sobiq Itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo„lib turdi. Ammo 
sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning 
keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib 
bordi.


47 
O„zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy 
kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo„ljallangan so„m – 
kupon 
nusxalari 
tayyorlanadi. 
Nihoyat, 
1993-yil 
1-noyabrda 
O„zbekistonda so„m – kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin 
muomalada bo„lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O„zbekiston 
rahbariyati so„m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy 
valyutani joriy qilish tadbirlarini ko„rdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e‟lon 
qilingan “O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga 
kiritish to„g„risida”gi Farmoniga muvofiq 1994- yil 1- iyulidan boshlab 
respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to„lov vositasi 
sifatida milliy valyutasi – So„m muomalaga chiqarilgan.
Muomalaga 1994- yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so„mlik, 1997- yil 1- 
martdan 200 so„mlik, 2000-yil 1-iyuldan 500 so„mlik, 2001-yil 1- 
sentyabrdan 1000 so„mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 
25, 50, 100 so„m qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Bugungi 
kunda 5000, 10000, 50000, 100000 so„mlik nominal qiymatga ega 
banknotlar muomalada yuritilmoqda. 
Shunday 
qilib, 
O„zbekiston 
Respublikasi 
o„zining 
davlat 
mustaqilligini e‟lon qilganidan so„ng mustaqillikning huquqiy asoslarini 
yaratdi. Xususan, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilindiki, bu mustaqil O„zbekiston uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. 
Konstitutsiya shu paytgacha qabul qilingan konstitutsiyalardan o„zining 
demokratiyaviyligi, inson huquqlari va burchlari keng yoritilganligi bilan, 
davlat va jamiyat boshqaruvining demokratik davlatlarga xos jihatlarini 
o„zida mujassam etganligi, hokimiyatning bo„linish tamoyili qaror 
topganligi bilan ham ajralib turadi. Konstitutsiyada rivojlangan davlatlar 
Konstitutsiyalarining eng maqbul jihatlari mujassam etganligi bilan ham 
amiyatlidir.
Reja bo„yicha berilgan masalalar yoritib bo„lingach, o„qituvchi 
umumiy xulosa beradi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin