39
iqtisodiyoti
tizimiga
olib
keladi.
Ammo,
bozor
munosabatlari
shakllanishining sotsial-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil
bo„lganligi tufayli, unga o„tishning milliy xususiyatlari ham mavjud
bo„ladi. Shu nuqtayi nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo„lini yoki
taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo„lmaydi. Natijada o„ziga xos
yo„lni tanlash muhim hisoblanadi.
O„zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
iqtisodiy tizimni
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishdagi
xizmatlari katta bo„ldi. Sobiq tuzumga amal qilgan va markazlashgan
ma‟muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o„zining hayotiy
emasligini, aholining o„sib boruvchi ehtiyojlarini ta‟minlay olmasligini
aniq ko„rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti uchun
O„zbekistonda bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos yo„lini ishlab
chiqish va bu yo„lda tub islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi.
O„zbekistonning taraqqiyot yo„lini ishlab chiqishga Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov boshchilik qildi.
Islom Karimov O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil
4 yanvardagi o„n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari 1X sessiyasida
so„zlagan dasturiy nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etilgan
“O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li” asarida O„zbekistonning
taraqqiyot yo„lini har tomonlama puxta belgilab berdi.
O„zbekistonning o„ziga xos taraqqiyot yo„li Islom Karimovning
keyingi
asarlari, ma‟ruza va nutqlarida yangi ma‟no – mazmun bilan
to„ldirilib, aniqlashtirilib borildi. O„zbekistonda ijtimoiy yo„naltirilgan
erkin bozor iqtisodiyotiga o„tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab
chiqildi. Besh tamoyilni o„z ichiga olgan bu modelning mazmuni va
mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan “O„zbekiston – bozor
munosabatlariga o„tishning o„ziga xos yo„li” nomli asarida asoslab berildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish “o„zbek modeli”ning konsepsiyasi va
tamoyillari, uning dunyo tomonidan tan olinishi Birinchi Prezidentimiz
tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo„li xalqimiz tomonidan
ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «o„zbek modeli» deb qabul
qilindi.
O„zbek
modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos
qilib olindi. Ikkinchidan, xo„jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski
tuzumdan meros bo„lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy
yo„nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O„zbekistonda yangi,
adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. “Respublikada sobitqadamlik bilan
40
xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir, deb belgilandi.
Birinchi Prezidentimiz bu boradagi fikrini davom ettirib “O„zbekiston -
kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu -
insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy
e‟tiqodlaridan qat‟i nazar fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini
ta‟minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir”, -
degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasidayoq
qat‟iy qilib o„rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek,
yangilangan jamiyat har bir a‟zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
turmush tarzini kafolatlovchi yo„llarni ham ko„rsatib berdi. Jumladan,
siyosiy sohada bu:
-
xalq ham bevosita, ham o„z vakillari orqali davlat hokimiyatini
amalga oshirishda to„liq ishtirok etishi lozimligini;
-
hokimiyat bo„linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linish tamoyilini joriy etish asosida
demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
-
jamiyatning
siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan
yangilashni;
-
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning
ustunligini ta‟minlashni;
-
mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish,
siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
-
demokratiyaning
qonuniy
tarkibi
sifatida
ko„ppartiyaviylikni
shakllantirishni;
-
O„zbekistonda tug„ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat
qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e‟tiqodidan qat‟i nazar
respublikaning teng huquqli fuqarosi bo„lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
-
milliy boylikning ko„payishini ta‟minlaydigan barqaror, rivojlanib
boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
-
ijtimoiy jihatdan yo„naltirilgan bozor
iqtisodiyotini bosqichma-
bosqich shakllantirishni;
-
mulk egalari huquqlarining davlat yo„li bilan himoya qilishini
ta‟minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror
toptirishni;
-
iqtisodiyotni o„ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-
lotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo„jalik faoliyatiga
bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma‟naviy sohada bu:
41
-
insonparvarlik g„oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy
daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib
qolishini;
-
ma‟naviyatni qayta tiklashni;
-
o„zbek tilini rivojlantirishni;
-
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
-
ijtimoiy adolat qoidalarini ro„yobga chiqarish,
aholining eng nochor
qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko„p bolali oilalar,
o„quvchi-yoshlaning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo„lgan
kafolatli huquqlarini ta‟minlashni;
-
odamlarning iste‟dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-
sharoit yaratish, ma‟naviy mulkni himoya qilishni bildiradi
O„zbek modelining asosini mashhur besh tamoyil tashkil etdi
“O„zbek modeli” beshta asosiy tamoyilining mohiyatini quyidagi
jadval orqali ko„rishimiz mumkin (4.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: