Book · December 022 citations reads 28,319 authors



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
(1)

birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq 
hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash; 
ikkinchidan, milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil 
oshirib borish; 
uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy 
tashabbus va ishbilarmonlikka yo„l ochish, tadbirkorlikni qo„llab-
quvvatlash; 
to„rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalarni xusu- 
siylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish; 
beshinchidan, o„tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini 
yo„lga qo„yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish.
Bular Mustaqil O„zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga 
oshirishning 
jamiyat 
rivojining 
hozirgi 
bosqichidagi 
ustuvor 
yo„nalishlaridir. 
Bozor munosabatlariga o„tishning asosiy xususiyatlaridan biri mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan iborat edi. Shuning 


43 
uchun 1991-yilning 18-noyabrida O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining XIII sessiyasida mulkni “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko„ra 
mulkchilik shakllarini o„zgartirish sohasidagi ishlar mamlakat miqyosida 
hayotga tatbiq etila boshlandi. 
Dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy 
fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko„rsatish korxonalarini hamda 
qishloq xo„jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas “kichik 
xususiylashtirish” jarayonini qamrab oldi. Birinchi bosqichda (1992-1993 
yillar) 1 mln. kvartira xususiylashtirildi yoki O„zbekiston shaharlaridagi 
har bir oildada o„rtacha 4,7 kishi bo„lsa, qariiyb 5 mlnga yaqin kishi 
birgina kvartirani xususiylashtirish hisobiga mulkdorga aylandi. “Kichik 
xususiylashtirish davrida 1992-1994-yillarda 54 mingga yaqin korxona va 
obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi”. Xususiylashtirishning yangi 
bosqichi 1994-yildan boshlanib, shu yilning o„zida 5127 ta obyekt 
xususiylashtirildi. Bu jarayonlar qishloq xo„jaligida ham boshlandi. 
Konstitutsiyaning qabul qilinishi. O„zbekiston mustaqillikni qo„lga 
kiritgach, tabiiyravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya 
asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi. 
O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g„oyasi dastlab 
Islom Karimov tomonidan 1990- yilning mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 
20-iyun kuni bo„lib o„tgan O„zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida 
yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya 
O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 
64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo„yicha komissiya 
tuzish to„g„risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash 
deputatlari, Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, 
jamoat tashkilotlari va xo„jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar 
kiritildi. 
Konstitutsiyaviy 
komissiya 
O„zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya 
loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi 
o„rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda 
qo„lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning 
tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arbobi hamda allomalarimizning 
davlatni idora qilish sohasidagi g„oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib 
olindi. 
Loyihaning 
dastlabki 
varianti 
1991-yil 
oktyabr-noyabrigacha 
tayyorlab bo„lindi. U muqaddima, olti bo„limga bo„lingan 158 moddadan 


44 
iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning 
ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992- yil 
bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab 
chiqildi. 
1992-yil 
26-sentyabrda 
O„zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‟lon 
qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan 
takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda 
matbuotda ikkinchi marta e‟lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 
mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. 
Birinchi Prezident Islom Karimov O„zbekiston Konstitutsiyasini ishlab 
chiqishga rahbarlik qildi va o„zining katta hissasini qo„shdi. 
Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini 
muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o„zgartirish, 
qo„shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni O„zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Kengashining 
XI 
sessiyasi 
“O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to„g„risida”, “O„zbekiston 
respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami 
deb 
e‟lon qilish to„g„risida” va “O„zbekiston respublikasining 
Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to„g„risida”gi Qonunlarni qabul 
qildi.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo„lim, 26 bob, 128 
moddadan 
iborat. 

“Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “O„zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to„g„risida”gi Qonunda 
mustahkamlangan tamoyillar va g„oyalarni o„zida to„la mujassamlashtirdi.
O„zbekiston Respublikasining Konstitsiyasini o„rganish jarayonida 
uning mohiyatini ochib beruvchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib 
olishga ahamiyat berish zarur:
O„zbekiston 
Konstitutsiyasining 
birinchi 
tamoyili-davlat 
suverenitetidir. 1-6 - moddalarda O„zbekiston - suveren demokratik 
respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va 
tashqi siyosat yuritadi, o„zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo„yilgan. 
Konstitutsiyada davlatning “O„zbekiston Respublikasi” va “O„zbekiston” 
degan nomlari bir ma‟noni anglatadi, deb belgilab qo„yilgan. 
Ikkinchi tamoyil - xalq hokimiyatchiligidir. 7 - 14-moddalarda xalq 
davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir, O„zbekiston xalqini 
millatidan qat‟i nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o„z faoliyatini 
inson va jamiyat farovonligini ko„zlab amalga oshiradi, deb ko„rsatilgan. 


45 
Uchinchi tamoyil- davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo„linishidir. 
O„zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo„linishi qonunlashtirildi.
To„rtinchi tamoyil - bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada 
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e‟lon qilinadi hamda insonparvar 
demokratik – huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. 
Beshinchi tamoyil - Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. 
Konstitutsiyaning 15-moddasida “O„zbekiston Respublikasida O„zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so„zsiz tan 
olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, 
fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko„radilar”, deb 
belgilab qo„yilgan. 
Oltinchi tamoyil- xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. 
O„zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar – “Inson 
huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, sotsial va madaniy 
huquqlar to„g„risida xalqaro akt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to„g„risida xalqaro akt” va boshqalar asosida bayon etilgan. 
Konstitutsiyaning 18 – 52-moddalari inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag„ishlangan. O„zbekiston davlati 
tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan 
olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo„yicha har bir shaxsning 
o„z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. 
Yettinchi tamoyil-qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda 
hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko„rsatishini 
ta‟minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko„rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo„ladi. 
Sakkizinchi tamoyil - O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining 
asosiy qoidalarini aniq belgilab qo„yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17-
moddasida O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini 
ta‟minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do„stona aloqalar 
o„rtanishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. 
To„qqizinchi 
tamoyil-mahalliy 
o„zini-o„zi 
boshqarishdir. 
O„zbekistonda o„zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan 
holda mahalliy hokimiyat boshlig„i bo„lgan hokim instituti joriy etildi. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq 


46 
deputatlari kengashlari bo„lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari 
boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99-104-moddalarida mahalliy 
davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, 
ularning vazifalari belgilab berilgan. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga 
kiritilgan 
bu 
o„zgartirishlar va qo„shimchalar O„zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining, hukumatning mas‟uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy 
hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga 
xizmat qilmoqda. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin