48
institutsional o„zgarishlar bilan bog„liq masalaga e‟tibor qaratish kerak
bo„ladi. Bunda albatta, bozor munosabatlarining shakllanish jarayonlari va
u bilan bog„liq o„zgarishlar
qanday kechgan, eski boshqaruv tizimi bilan
bog„liq tuzilmalarning tugatilishi, uning sabablari ochib berilishi kerak
bo„ladi.
O„zbek xalqining ko„p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo„lgan
mustaqillikning
asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni
ta‟minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish davri bo„ldi.
O„tgan yillar ko„hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida
o„z o„rnimizni egallash davri bo„ldi. Bu davrda biz o„zligimizni anglab,
tarixiy yo„limizni uzil-kesil tanlab oldik.
Mustaqil O„zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy
an‟analarga, dunyo tajribalariga, o„lkaning o„ziga
xos tomonlariga
tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo„llarini
ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1. Eski ma‟muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini
qayta qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish,
davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini
shakllantirish masalalarini hal qilishdan iborat etib belgilandi.
Jamiyatda qonuniylikning g„alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy
va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatning bo„linish
prinsipi
haqli
ravishda
amalga
oshirildi.
O„zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo„linishi tamoyili
konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo„llarini ko„rsatib
berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa
hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish
tamoyillarini mustahkamlashga bog„liqligini uqtiradi.
Mustaqillikning tayanch nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining
joriy qilinishi bo„ldi. Bu bilan davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va
samarali
tizimi shakllana boshladiki, Prezidentlik boshqaruvi shu
tizimning o„zagi bo„lib qoldi.
O„zbekiston mustaqillik tomon yo„l tutar ekan, birinchi kunlaridan
boshlab, uning boshida Islom Abdug„anievich Karimov turdi.
Asrlarga
49
teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o„rnatilgan
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy
barqarorlik,
tarixiy,
milliy
va
diniy
qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o„rnatilgan osoyishtalikni,
mustaqil O„zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan
o„rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning
yirik davlat arboblari
Islom Karimov nomi bilan bog„laydilar.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o„tish bosh maqsad qilib
qo„yilar ekan, shunga mos ravishda islohotlarni amalga oshirish ham
taqozo etilar edi. Shu nuqtayi nazardan olganda davlat boshqaruvi bilan
bog„liq o„zgarishlar bu boradagi eng muhim islohotlardan sanaladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab
mamlakatimiz kelajagi
bilan bog„liq bir qator institutsional o„zgarishlar amalga oshirildi.
1991-yil
Dostları ilə paylaş: