56
hujjatlar muhim o„rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatining barpo
etilishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
Oliy Majlis palatalarining 2005-yil 28-yanvardagi bo„lib o„tgan
majlisida demokratik o„zgarishlar mahalliy
axborot vositalarining
mustaqilligi va erkinligini ta‟minlamasdan turib mumkin emas deb qayd
etdi.
2004-yilning 1-yanvar oyiga ko„ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140
jurnal, 4
axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298
elektron
axborot vositalari ishlamoqda.
So„nggi yillarda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida
muhim tadbirlar amalga oshirildi. Shulardan
biri mamlakatimizda ikki
palatali Parlamentga o„tish masalasi bo„ldi. Ushbu masala birinchi
marotaba Oliy Majlisning sessiyasida ko„tarildi. Ikki palatali Parlamentga
o„tish bo„yicha umumxalq referendumi o„tkazishga qaror qilindi.
2002-yilning 27-yanvarida umumxalq referendumi o„tkazilib,
bunda
O„zbekistonda ikki palatali parlamentga o„tish, Prezident vakolatini besh
yildan yetti yilga uzaytirish masalalari hal qilindi.
II chaqiriq Oliy
Majlisning X sessiyasi (2002-yil dekabr) “
O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senat to„g„risida”, “
O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi to„g„risida” qonunlar qabul qildi.
2003-yilning 24-25-aprel II chaqiriq Oliy
Majlisning XI sessiyasi
O„zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli o„zragishlar kiritadi.
Xususan, Prezident vakolatining bir qismi yuqori palata deb nomlanuvchi
Senatga o„tishi belgilandi.
Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimidan voz kechadi; Quyi
palata deb nomlanuvchi Qonunchilik palatasida deputatlar doimiy ravishda
ish olib boradi.
Shunday qilib, O„zbekistonda professional parlamentga
o„tildi.
2004-yilning 26-dekabri va 2005-yilning 9-yanvarida O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining O„onunchilik palatasiga saylovlar bo„lib
o„tdi. O„zbekiston fuqarolarining faol ishtiroki va mahalliy hamda xalqaro
tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillarining nazoratidan o„tgan
saylov
natijasida qonunchilik palatasiga 120 deputatlar saylandi. Bular Xalq
demokratik partiyasidan 28 nafar, Liberal-demokratik partiyasidan 41,
Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan 18, Milliy tikllanish demokratik
Dostları ilə paylaş: