Book · December 022 citations reads 28,319 authors



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
(1)

 
 
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-
uslubiy kengashining qaroriga muvofiq chop etildi (9-son, 2021- yil 26- 
may). 
 
Taqrizchilar: Ochildiyev F. – tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Abrarov S.A. – tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
 
 
 
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2021 
 



KIRISH
 
Mustaqillik yillari ta‟lim sohasida yuz bergan o„zgarishlar tufayli 
mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog„onaga 
ko„tarildi. Ayniqsa “Yangilanayotgan O„zbekiston – yangicha 
dunyoqarash” g„oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o„zgarishlar 
ta‟lim tizimini ham chetlab o„tayotgani yo„q. O„zbekistonda Oliy ta‟limni 
rivojlantirishning 2030-yilgacha bo„lgan konsepsiyasining qabul qilinishi
qo„shma dasturlar orqali nufuzli oliy o„quv yurtlari bilan o„zaro 
hamkorliklarning yo„lga qo„yilishi, O„zbekistonda dunyoning yetakchi 
oliy o„quv yurtlari filiallarining ochilishi, xalqaro reyting va indekslarda 
respublika oliy ta‟lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar buning misolidir.
Malakali kadrlarga bo„lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda 
ta‟lim to„g„risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda 
mamlakatimizda mustaqillik yillari ta‟lim sohasida amalga oshirilgan 
islohotlar hamda undagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil 
etgan holda bu tizimda o„zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oliy o„quv 
yurtlarida ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo„lidan borilmoqda.
Respublikamiz oliy o„quv yurtlarida “O„zbekistonning eng yangi 
tarixi” fani joriy etildi. Ushbu fan mamlakatimizning mustaqillik arafasi va 
mustaqillik yillari tarixini o„rganishga mo„ljallangan bo„lib, uning 
xronologik chegarasi 1989-yildan to bugungi kunlargacha davrni qamrab 
oladi. “O„zbekistonning eng yangi tarixi” fani mamlakatimizda yuz bergan 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy-madaniy jarayonlar, ularning kechishi 
bilan bog„liq masalalarni o„rganadi.
Ushbu 
o„quv-uslubiy qo„llanma mavzulari mamlakatimizda 
mustaqillik arafasidagi vaziyat, mustaqillikning qo„lga kiritilishi va uning 
tarixi ahamiyati, O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„lining 
tanlanishi, unda mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy 
roli 
masalalarida, 
bundan 
tashqari 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining qabul qilinishi jarayonlariga atroflicha yondashadi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillari davlatchiligimiz asoslari yaratildi. Bu 
jarayonlarning borishi, amalga oshirilgan islohotlar – xususan, davlat 
hokimiyatining bo„linish tamoyilining joriy etilishi, ya‟ni Qonun 
chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatlarining qaror topishi
huquqiy 
demokratik 
davlat, 
fuqarolik 
jamiyati 
asoslarining 
shakllantirilishi, mahalliy hokimiyat tizimining vujudga kelishi, o„z-o„zini 



boshqarish organlari va ularning fuqarolik jamiyati qurish jarayonlaridagi 
o„rni masalalari yoritiladi. 
Ushbu o„quv-uslubiy qo„llanmani tayyorlash jarayonida tarix fanlari 
doktorlari R.H.Murtazayeva, Q.Usmonovlarning oliy o„quv yurtlari 
nomutaxassis ta‟lim yo„nalishlari talabalari uchun “O„zbekiston tarixi” 
darsligi, N.Jo„raevning “O„zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan o„quv 
qo„llanmalaridan foydalanildi. Buning uchun mualliflarga o„z 
minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Umuman, ushbu o„quv-uslubiy qo„llanma nafaqat oliy o„quv yurtlari 
professor-o„qituvchilar va talabalariga, balki O„zbekistonning eng yangi 
tarixi davriga qiziquvchi va uni o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib 
qo„yganlar uchun mo„ljallangan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin