30
1990- yillarning boshida O„zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish
tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklar
Ko„rsatkich
Miqdori
Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi
50 foiz
Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan
qishloq xo„jaligi mahsulotining ulushi
80 foizdan
ko„proq
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida
xomashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi
65 foizdan
ko„proq
Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat
mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil
sanoat, va oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi
60 foiz
Sovet davrining keyingi o„n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni
rivojlantirishda xomashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan
va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan
xomashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu
nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning
umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan
37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib
qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o„sib, 16 foizni tashkil
etgan.
Shuningdek,
iqtisodiyot
tarmoqlarini
tarkib
toptirish
va
rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yo„l qo„yildi. Jumladan:
-
respublika
mashinasozlik
kompleksi
faoliyati
paxtachilik,
paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab
uy-ro„zg„or texnikasi, yo„l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-
ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli
asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi
respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki
qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning
mahsulotlari
ham
asosan
respublikadan
tashqariga
chiqarishga
mo„ljallandi.
31
Ana shunday sharoitda O„zbekiston o„zining mustaqilligini ta‟minlash
choralarini ko„ra boshladiki, bu mamlakatimiz rahbari tomonidan
O„zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta‟minlashga alohida e‟tibor
qaratish va bu borada strategiyani ishlab chiqishda o„ziga xos yondashuv
taqozo etilishini o„z vaqtida anglagan holda quyidagilarga e‟tibor qaratish
zarurligi belgilab berildi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari hisobga olingan holda
ma‟muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning
hammasiga barham berilishi kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika
aholisining manfaati nuqtayi nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo„liga olib chiqish, uni inqiroz
girdobidan chiqarish vazifalarini hal etishda respublikadagi mavjud
resurslar va imkoniyatlarga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish
zarur edi.
Mamlakatda bunday og„ir ahvolning yuzaga kelish sabablari sifatida
quyidagilarga alohida e‟tibor qaratish kerak bo„lardi:
- 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma‟muriy-
buyruqbozlik usullariga zo„r berilib, O„zbekistonni, uning ishlab
chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora
kuchayib borishi;
- respublikaga asosan xomashyo bazasi, sobiq Markazdagi sanoat
vazirliklari va idoralarining mo„may xomashyo manbai sifatida qarab
kelinishi;
- o„lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba‟zan
yetarlicha,
ba‟zan mutlaqo baho berilmagani, ba‟zan esa bu
xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
- iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning,
umumittifoq mehnat taqsimotida O„zbekistonning mavqei va o„rnini
o„zgartirishning muqobil yo„llari e‟tiborga olinmagani.
Ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega edi:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro„y berayotgan o„zgarishlarga juda
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo„jalik yuritishda tashabbuskorikni «yo„qolib yuborishi» oqibatida
samaradorlikning o„ta darajada pasayib ketganligi.
32
Ma‟muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o„tish
ko„plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik
munosabatlarida) o„zgarishlarni o„z ichiga oladi, ayni paytda moliyaviy
barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishni ham taqozo etadi.
Ana shunday murakkab bir sharoitda O„zbekiston Respublikasi bir
ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o„tishga
qaratilgan siyosatni amalga oshira bordi. Bunda avvalo, mamlakat
mustaqilligini ta‟minlash zaruratga aylandi. Buning uchun barcha
sharoitlar yetilib kelayotgan edi.
O„tgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib mamlakatda yuzaga kelgan
vaziyatda respublikalardagi markazdan qochuvchi kuchlarning ta‟siri, ular
tomonidan ko„tarilayotgan muammolar doirasi borgancha kengayib bordi.
Bu holat markaz va respublikalar o„rtasidagi munosabatlarni tobora
taranglashtirib, markaz boshqaruv qobiliyatini borgancha yo„qotib
borishiga, har bir mintaqa, har bir respublikaning o„z holiga tashlab
qo„yilganligi tarixiy vaziyatni to„g„ri baholash zaruratini keltirib chiqardi.
O„sha paytdagi O„zbekiston Respublikasi rahbariyati bu vaziyatdan to„g„ri
xulosa chiqargan holda boshlangan siyosatni izchil davom ettirishga
kirishdi. 1991-yil 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat to„ntarishiga
urinish sodir bo„ldi. Unda mamlakatda hokimiyatning yuqori martabalarini
egallab turgan bir guruh shaxslar ishtirok etishdi. Favqulodda holat davlat
qo„mitasi tuzilib, unga G.Yanayev boshchilik qildi. Ularning maqsadi
hokimiyatni qo„lga olish va yana eski tartiblarni saqlab qolishdan iborat
edi. Ulug„ davlatchilik, shovinistik va zo„ravonlik o„tkazish siyosatini
chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tizimini o„rnatishga intilish
bu jarayonning yakuniy intihosi bo„ldi. Rossiyadagi demokratik kuchlar
B.Yelsin, R.Xasbulatovlar rahbarligida davlat to„ntarishiga urinishni oldini
olishga muvaffaq bo„lishdi. Aybdor bo„lgan shaxslar jinoiy ishga tortildi.
Bunday sharoitda O„zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom
Karimov respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasini
chaqirish va unda O„zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni
talab qildi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1991-yil 26-
avgust kuni O„zbekistonning davlat mustaqilligi to„g„risida qonun
33
loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan
tashqari sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi.
O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi va Markaziy nazorat
komissiyasining 1991-yil 28-avgustda bo„lib o„tgan qo„shma Plenumi
Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini
to„xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy
organlaridagi o„z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda O„zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq
navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o„z ishini boshladi.
O„zbekistonning mustaqil davlat deb e‟lon qilinishida mazkur sessiya katta
tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda “O„zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to„g„risida”, hamda “O„zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog„i to„g„risida”gi masalalar kun tartibiga qo„yilib, qizg„in muhokama
qilindi. Sessiyada O„zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq
so„zlab, sobiq Ittifoqda so„nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarni, davlat to„ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular
O„zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O„zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qildi va uni mustaqillik
to„g„risidagi Qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Oliy Kengash deputatlari tomonidan moddama-modda muhokama
qilinganidan so„ng O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari to„g„risida»gi Qonun qabul qilindi.
So„ngra
“O„zbekiston
Respublikasining
Davlat
mustaqilligi
to„g„risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Oliy Kengash
sessiyasi “O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qilish
to„g„risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to„g„risidagi Oliy Kengash
bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O„zbekiston
Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentyabr O„zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb
belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb
e‟lon qilinsin, deb qat‟iy belgilab qo„yildi.
“O„zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligi
asoslari
to„g„risida”gi Qonun g„oyat katta ahamiyatga ega bo„lib, bu Qonun
asosida O„zbekistonning huquqiy holati tubdan o„zgardi. O„z mohiyatiga
34
ko„ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham
o„ynaydigan bo„ldi. 17 moddadan iborat ushbu Qonun suveren
O„zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik yolida qo„lga kiritilgan
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda
ma‟naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham mazkur Qonunga O„zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1991-yil 30-sentyabrda bo„lib o„tgan VII sessiyasida qabul
qilingan qarori bilan Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan,
unda shunday deyiladi:
1. “O„zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to„g„risida”
1991-yil
31-avgustda
qabul
qilingan
O„zbekiston
Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
2.
O„zbekiston
Respublikasining
amaldagi
Konstitutsiyasi
moddalariga “O„zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to„g„risida”gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur
Qonunga amal qilinsin”, – deb belgilab qo„yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro„yobga
chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz
siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta
mustaqil davlat – O„zbekiston Respublikasi paydo bo„ldi. O„zbekiston
tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. O„zbekiston uchun
mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o„z taqdirini o„zi
belgilash, o„zlari uchun munosib turmush tarzini yaratish imkoniyati
vujudga keldi.
Qisqa fursat ichida O„zbekiston Respublikasi mustaqilligi chet
davlatlar tomonidan tan olindi. Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya,
Eron, Rossiya, AQSh, Yevropaning ko„pgina davlatlari tomonidan
O„zbekiston mustaqilligi tan olindi.
O„zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash va mustaqillikning
huquqiy asoslarini yaratish uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish,
mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991-
yilning 18-noyabrida O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII
sessiyasi chaqirilib, unda O„zbekistonda Referendum to„g„risida qonun
qabul qilindi hamda
“O„zbekiston Respublikasi referendumini o„tkazish
to„g„risida” qaror qabul qilindi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
35
1. 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O„zbekiston Respublikasining
Davlat
mustaqilligi
to„g„risidagi masala bo„yicha O„zbekiston
Respublikasining referendumi o„tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta‟rifda
kiritilsin: “O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e‟lon
qilingan
O„zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligini
ma‟qullaysizmi?”.
1991- yil 29-dekabr kuni bo„lib o„tgan referendumda 9 million 898
ming 707 kishi yoki saylov ro„yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi.
Ularning 98,2 % referendumda qo„yilgan savolni ma‟qullab ovoz berdi.
Demak, O„zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan
yakdillik bilan ma‟qullandi. Shuni ta‟kidlash lozimki, referendum butun
respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik,
fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o„tdi. Buni referendumda
AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil
kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O„zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining
yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi
shaklini rivojlantirishga kirishildi. O„zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1991-yil 18-noyabridagi VIII sessiyasida umumxalq
referendumini o„tkazish qarori bilan birga “O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to„g„risida”gi Qonuni, shuningdek, “O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to„g„risida” qaror qabul qilindi
va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr,
yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko„rilib, 13 ta
okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy
lavozimga ikki nomzod-O„zbekiston XDP va O„zbekiston kasaba
uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va “Erk” Demokratik
Dostları ilə paylaş: |