28
resurslar va tayyor mahsulotlarni ko„p minglab kilometrlarga (ko„pincha
noratsional, qarama-qarshi tarzda) yetkazib berish orqali “bog„lab qo„yish”
maqsadida rivojlantirilgan edi.
70 yildan ko„proq vaqt hukm surgan ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga
asoslangan sobiq Ittifoqdagi noto„g„ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
80-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida
O„zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og„irlashtirib, uni
ko„plab muammolar iskanjasiga solib qo„ygan edi. Jumladan,
quyidagilarda bu o„z aksini topayotganini kuzatish mumkin edi:
1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. O„zbekistonda
aholining o„sish sur‟atlari Ittifoq sur‟atlariga qaraganda uch barobardan
ziyod yuqori bo„lganiga qaramay, uzoq yillar davomida sanoat va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko„paytirish hamda
aholining hayot ta‟minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar
turmush sharoitining
yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko„payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi
va
aholi
daromadlarining
kamayishi,
pirovard
natijada
xalq
farovonligining pasayishiga olib keldi;
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul
ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo„jaligi bilan bir qatorda, sanoatda
ham, asosan, xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib,
tayyor mahsulot, avvalo xalq iste‟moli mollari ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarning ulushi juda past edi;
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va avvalo, sanoat obyektlari asosan
stixiyali
ravishda, aniqrog„i, har xil o„zboshimchalik, buyruqbozlik bilan
qabul qilingan qarorlar asosida, ko„pincha ilm-fan vakillari, bilimli va
obro„li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo e‟tiborga olinmay
joylashtirildi;
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta‟minoti va
ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq
aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta‟minlanishi atigi 5 foizni,
ichimlik suv bilan ta‟minlanishi salkam 50 foizni,
tabiiy gaz bilan
ta‟minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog„liqni saqlash,
madaniy-maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog„chalari va
h.k.z. bilan ta‟minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining
ko„pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
29
O„zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi ta‟sirida faqat xomashyo yetkazib berishga
asoslangan, qoloq va mo„rt iqtisodiyotga ega bo„lib, bu holat respublika
aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta‟sir ko„rsatdi.
Bu davrda respublika barcha asosiy
iqtisodiy va ijtimoiy
ko„rsatkichlar bo„yicha Ittifoqdagi o„rtacha darajadan ham ancha orqada
bo„lib, mamlakatda oxirgi o„rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi
jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo„yicha Ittifoqdosh
respublikalar orasida 12-o„rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi
mahsulotlarni iste‟mol qilish jihatidan eng oxirgi o„rinlardan birini egallab
keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo„yicha
Ittifoqdagi o„rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste‟moli mollari ishlab
chiqarish bo„yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan
2,5 barobar, qishloq xo„jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2
barobar, aholining o„rta hisobda go„sht
mahsulotlari, tuxum, sut va sut
mahsulotlari iste‟moli bo„yicha 2 barobar orqada qolgan. O„sha davrda
kun kechirish uchun oyiga o„rta hisobda kamida 85 so„m zarur bo„lgani
holda, 75 so„mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq
bo„yicha 12 foizdan sal ko„proq bo„lsa, O„zbekistonda 45 foizga yetgan,
ya‟ni 8 million 800 ming kishini tashkil etardi. Bir millionga yaqin kishi
ijtimoiy ishlab chiqarishda o„zining qo„lidan keladigan ishni topa olmagan,
ya‟ni ishsiz bo„lgan.
1990-yillarning boshlariga kelib inqirozli holat kuchayib bordi-ki,
buning bir qator sabablari mavjud edi. O„zbekistonning sobiq Ittifoq
tarkibida uzoq yillar davomida ma‟muriy-buyruqbozlik
tizimi ostida
bo„lganligi, shuningdek, shundoq ham susayib borayotgan xo„jalik
aloqalarining 1990-yillarning boshida Ittifoqning parchalanishi oqibatida
batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi.
O„zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo
yetishtiradigan holga tushib, kompleks rivojlanish yo„liga, aholi
ehtiyojlarini qondirishga o„tkazilmagani
ijtimoiy ishlab chiqarish
tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo„ladi. Buni quyidagi
jadvalda ham kuzatishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: