Book · December 022 citations reads 52,739 authors


“jahon va o„zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40


“jahon va o„zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli 
tajribani rad etmagan holda o„z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy 
taraqqiyot yo„lini tanlab olishga kirishdi”. 
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning 
yangi jamiyatga o„tishi bilan bog„liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan 
yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning 
iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha 
toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g„oyalar tizimini 
yaratishni talab etardi. O„zbekistonning o„ziga xos taraqqiyot yo„li ana shu 
tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi 
sifatida Prezident xuddi ana shunday paytda o„zining qat‟iy, ilmiy jihatdan 
asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o„rtaga tashladi. 
Hali sobiq Ittifoq mavjud bo„lgan davrda I. Karimov respublika 
rahbarligiga (1989-yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotida 
jiddiy 
ravishda 
yangilanishlarni, 
tub 
o„zgarishlarni boshlab yuborgan edi. 
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan 
bo„lib, O„zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi, g„oyaviy 
qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo„lmayotgan 
O„zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, 
hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, 
hukumat, mahalliy idoralar qo„liga o„tishi, o„zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilib, milliy qadriyatlaring tiklana boshlagani O„zbekistonning o„z 
istiqlol va taraqqiyot yo„li shakllanayotganini ko„rsatar edi. 
O„zbekiston mustaqil bo„lgach, I. Karimovning respublika rahbari 
sifatida xalq oldidagi mas‟uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq 
bo„lmagan holda, butun muammolarni o„zi hal qilishga, har qanday 
ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko„rsatishga majbur edi. Ana 


38 
shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi 
rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi. 
Islom Abdug„anievich Karimov umumxalq ovoz berish yo„li bilan 
mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o„zining butun amaliy 
faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko„rsatdi. U 
Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo„lib o„tgan navbatdan tashqari 
1X sessiyasida shunday degan edi: “

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin