40
xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir, deb belgilandi.
Birinchi Prezidentimiz bu boradagi fikrini davom ettirib “O„zbekiston -
kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu -
insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy
e‟tiqodlaridan qat‟i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini
ta‟minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir”, -
degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasidayoq
qat‟iy qilib o„rtaga tashlangan davlat siyosati edi.
Shuningdek,
yangilangan jamiyat har bir a‟zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
turmush tarzini kafolatlovchi yo„llarni ham ko„rsatib berdi. Jumladan,
siyosiy sohada bu:
-
xalq ham bevosita, ham o„z vakillari orqali davlat hokimiyatini
amalga oshirishda to„liq ishtirok etishi lozimligini;
-
hokimiyat bo„linishining jahon
tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linish tamoyilini joriy etish asosida
demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
-
jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan
yangilashni;
-
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning
ustunligini ta‟minlashni;
-
mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish,
siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
-
demokratiyaning
qonuniy
tarkibi
sifatida
ko„ppartiyaviylikni
shakllantirishni;
-
O„zbekistonda tug„ilib,
uning zaminida yashayotgan, mehnat
qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e‟tiqodidan qat‟i nazar
respublikaning teng huquqli fuqarosi bo„lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
-
milliy boylikning ko„payishini ta‟minlaydigan barqaror,
rivojlanib
boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
-
ijtimoiy jihatdan yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-
bosqich shakllantirishni;
-
mulk egalari huquqlarining davlat yo„li bilan himoya qilishini
ta‟minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror
toptirishni;
-
iqtisodiyotni o„ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-
lotlarning
mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo„jalik faoliyatiga
bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma‟naviy sohada bu:
41
-
insonparvarlik g„oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy
daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib
qolishini;
-
ma‟naviyatni qayta tiklashni;
-
o„zbek tilini rivojlantirishni;
-
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
-
ijtimoiy adolat qoidalarini ro„yobga chiqarish,
aholining eng nochor
qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko„p bolali oilalar,
o„quvchi-yoshlaning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo„lgan
kafolatli huquqlarini ta‟minlashni;
-
odamlarning iste‟dod qobiliyatlarini
namoyon etish uchun shart-
sharoit yaratish, ma‟naviy mulkni himoya qilishni bildiradi
O„zbek modelining asosini mashhur besh tamoyil tashkil etdi
“O„zbek modeli” beshta asosiy tamoyilining mohiyatini quyidagi
jadval orqali ko„rishimiz mumkin (4.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: