Book · December 022 citations reads 52,739 authors



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40


to„rtinchidan
, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish 
islohotlarini 
yanada 
chuqurlashib 
borish 
jarayonlarida 
turli 
muammolarning paydo bo„lishi, ularning yechimlarini topishga bo„lgan 
ijtimoiy ehtiyojlar, yangi jamiyat qurish jarayonlarida xorijiy tajribalar va 
milliy an‟analarni uyg„unlashtirish talablari, O„zbekistonda fuqarolik 
jamiyati institutlarini rivojlanish jarayonlarini ilmiy-tarixiy jihatlardan 
tadqiq etishga zaruriyatning paydo bo„lishi katta ahamiyatga ega bo„ldi. 


75 
beshinchidan
, Prezident tomonidan ishlab chiqilib, bugungi kunda 
yangi yondashilayotgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish 
konsepsiyasining asosida tarixiy, milliy ma‟naviy meros, xalqimizning 
asrlar davomida shakllangan axloq, odob, insonparvarlik an‟analariga, 
qadriyatlariga, sharqona demokratiyaga asoslanishi turadi degan tarixiy-
ilmiy yondashuv shakllanganligi va G„arbdagi ba‟zi siyosiy kuchlarning 
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni faqat salbiy 
nuqtayi nazardan talqin qilishlarining asossizligini isbotlash, mamlakatda 
fuqarolik 
jamiyati 
qurish 
jarayonlarini 
tobora 
chuqurlashib 
borayotganligini ilmiy tadqiq etish asosida ochib berish turadi. 
oltinchidan,
O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat va yangi 
fuqarolik jamiyat qurish islohotlarini faqat rivojlangan mamlakatlarda 
shakllangan fuqarolik jamiyati, uning institutlarining kelib chiqishi va 
rivojlanishiga doir nazariyalar va an‟analar asosida amalga oshirib 
bo„lmasligi, bu sohadagi milliy qadriyatlar, an‟analar va tajribalarni 
zamonaviy nazariyalar bilan uyg„unlashtirish asnosidagina kuchli jamiyat 
qurishga erishish mumkinligi, buning uchun fuqarolik jamiyati qurishning 
milliy o„ziga xos jihatlarini alohida tadqiq etishga nisbatan zaruriyatning 
oshib borayotganligi bilan belgilanadi. 
O„zbekistonda rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari - 
siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, o„zini o„zi boshqarish organlari, 
parlamentning fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi o„rni, demokratik 
saylovlar, ommaviy axborot vositalarining demokratik tamoyillar asosida 
rivojlanish jarayonlari, ma‟rifiylik va dunyoviylikning fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishdagi o„rni beqiyosdir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin