73
Majlis II chaqiriq IX sessiyasida so„zlagan nutqi (2002-yil, 29- avgust),
Qonunchilik palatasi va Senat qo„shma yig„ilishidagi ma‟ruzasida (2005-
yil, 28-yanvar) ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o„rni
va rolini oshirish to„g„risida amaliy takliflarni ilgari surdi.
“Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy
asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlar qilindi. “Ommaviy axborot
vositalari to„g„risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinliklari
to„g„risida”, “Jurnalistlarning kasbiga doir faoliyatini ximoya qilish
togrisida”, ”Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”
qonunlari qabul qilindi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O„zbekistonning milliy
demokratik taraqqiyoti, yurt istiqbolini demokratik tamoyillar asosida
rivojlanish yo„lini tanladi. Yangi milliy davlatchilikni barpo etish
arafasidayoq
I.A.Karimov
Milliy
Mustaqillikni
rivojlantirish,
mamlakatning jahon hamjamiyatidan o„ziga munosib o„rinni
egallashiga erishishi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta‟minlash
kafolatlarini mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
shakllantirishda deb bildi.
O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurish jarayonlarida milliy an‟analar va qadriyatlarga muhim e‟tibor
berish, davlat boshqaruvini demokratik tamoyillar bilan uyg„unlashtirish,
barcha sohadagi islohotlarning milliy manfaatlar asosida amalga
oshirilishiga e‟tibor berildi. Shu bilan birga, I.A.Karimov “umuminsoniy
tamoyillar va me‟yorlarni, butun dunyoda chuqur ildiz otgan demokratik
qadriyatlarni o„rganmay va ulardan foydalanmay turib, demokratik
institutlarni shakllantirish, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratish
mumkin emas” ligini ham ko„rsatib berdi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadlarida erkinlashtirish
mafkurasini milliy qadriyatlar va an‟analar bilan uyg„unlashtirish asosida
islohotlarni chuqurlashtirishning “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik
jamiyati sari” konseptual tamoyiliga asos solindi. Mamlakatdagi
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo„nalishi sifatida
“mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish” yo„li tanlandi.
Dostları ilə paylaş: