Book · December 022 citations reads 52,739 authors


-yilning 24-yanvarida O„zbekiston Respublikasi Birinchi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40


2001-yilning 24-yanvarida O„zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti
“Kamolot” jamg„armasi faollarini qabul qildi va Yoshlarning 
bu tashkilotini mustaqillik davridagi rolini oshirish vazifasini qo„ydi va 
“Kamolot” jamg„armasi Yoshlarning haqiqiy yetakchisi, uyushtiruvchisi 
va boshqaruvchi ommaviy tashkilotga aylanishini zarur deb topdi. 
2001-yilning 
25-aprelida 
O„zbekiston Milliy universitetining 
Madaniyat saroyida Respublika Yoshlari vakillarining birinchi qurultoyida 
“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. Qurultoyda ijtimoiy 
harakatning nizomi va dasturi qabul qilindi.


69 
2016-yil 24-sentyabrda O„zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid 
Davlat siyosati to„g„risida”gi qonun imzolandi. Bu qonunning imzolanishi 
navqiron avlodga yuksak mehr, e‟tibor va g„amxo„rlik ifodasidir. 2017-yil 
30-iyunida Prezidentimiz tashabbusi bilan O„zbekiston Yoshlar Ittifoqi 
tashkil etildi. Shu kundan e‟tiboran 30-iyunni mamlakatimizda “Yoshlar 
kuni” sifatida nishonlash an‟anaga aylantirildi. “2017-2021 yillarda 
O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo„nalishi 
bo„yicha Harakatlar strategiyasi”da ham Yoshlar faolligini oshirish 
bo„yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoev tomonidan 
2017-yil 5-iyulda 

Yoshlarga oid Davlat 
siyosatining samaradorligini oshirish va O„zbekiston Yoshlar ittifoqi 
faoliyatini qo„llab-quvvatlash to„g„risida

gi farmonning imzolanishi
mazkur tizim ishlarini yanada jadallashtirdi. BMT ning 72-sessiyasida ham 
yoshlarga ko„rsatilayotgan g„amxo„rlikni e‟tirof etib, BMTning yoshlar 
huquqlari to„g„risidagi konvensiyasini ishlab chiqish taklifini o„rtaga 
tashladilar. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga harbiy ta‟lim-tarbiya 
beradigan kursantlar maktablari “Temurbeklar maktabi” deb nomlandi.
Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan yoshlarni rag„batlantirish uchun 
“Mard o„g„lonlar” Davlat mukofoti, o„qishda, mehnatda, jamoat ishlarida 
faol bo„lgan Yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlash 
yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha ishlab chiqilgan Harakatlar 
strategiyasining to„rtinchi yo„nalishi to„rtinchi bandida ham Yoshlar 
siyosatini takomillashtirish belgilangan. Mamlakatimizda so„nggi yillarda 
Yoshlar bilan ishlash bo„yicha mutlaqo yangi tizimning yaratilgani 
yoshlarimizda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirib, zamonaviy 
demokratik O„zbekiston davlatini barpo etishda ijtimoiy faollikni 
oshirmoqda. 2017-yilning o„zida Yoshlar hayotiga oid 20 dan ziyod 
qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Faqat bir yil davomida 
O„zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300 ga yaqin 
yoshlarimizga banklar tomonidan 216 millard so„m imtiyozli kreditlar 
berilgani, 184 ming 300 dan ziyod yoshlarimiz ish bilan ta„minlanganligi 
e‟tiborga loyiq. 


70 
O„zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon Respublika 
Prezidenti va hukumati tomonidan chuqur o„ylangan milliy siyosat amalga 
oshirilmoqda. 
Davlat umummilliy siyosatiga milliy siyosatdan tashqari iqtisodiy va 
sotsial, ilmiy-texnika, ta‟lim va sog„liqni saqlash, xalqaro munosabatlar 
(tashqi siyosat) milliy xavfsizlik va boshqa siyosatlar kiradi. 
O„zbekiston umummilliy siyosatining katta tizimida milliy aholi 
siyosati alohida o„rin egallaydi. Bu siyosat diqqat markazida millatidan 
qat‟i nazar inson turadi. Bunda milliy aholi siyosati respublika aholisiga 
xos sifat ko„rsatkichlarini yaxshilashni ko„zda tutadi. 
O„zbekiston polietnik, ya‟ni ko„p elatli davlat turiga mansub bo„lib, 
davlatga o„z nomini bergan millat - o„zbeklar (1996-yil 1-yanvar holatiga 
ko„ra - 76,4%) - aholi soni bo„yicha ko„pchilikni tashkil qiladi. 
1999-yilga kelib bu muvozanatda qisman o„zgarish bo„ldi. 
Mamlakatimizda o„zbeklar aholining deyarli 80 foizini tashkil etsa
qolganlar esa kam sonli millatlar vakillaridir. 
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan respublika Baynalmilal madaniy 
markaz hamda milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida “

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin