74
fuqarolik jamiyatini
qurishga qaratilmoqda.
Shu maqsadlarda davlat
hokimiyatining aksariyat vakolatlarini fuqarolik jamiyati institutlari -
siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va o„zini o„zi boshqarish
organlariga berish asosida islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.
Ayniqsa, Huquqiy demokratik davlat
va fuqarolik jamiyati
asoslarining
yaratilishi
masalasi
“2017-2021-yillarda O„zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishlari bo„yicha
“HARAKATLAR STRATEGIYASI” da ilgari surilgan asosiy yo„nalishlar
bilan uzviy bog„liqligi esa mazkur mavzuni atroflicha o„rganish
dolzarbligini yanada oshiradi.
Umuman olganda, hozirgi davrga kelib mamlakatda yangi jamiyat
qurishga doir islohotlar tobora avj olib borayotganligi,
bu jarayonlarni
O„zbekistonning eng yangi tarixi fanini o„qitish davomida atroflicha
o„rganish va tahlil etish mazkur mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Shuningdek, mavzuning dolzarbligi yana quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan
, O„zbekiston fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy
davlat qurilishni o„zini strategik bosh maqsadi sifatida e‟lon
qildi va
davlat va jamiyat qurilishida, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,
ma‟naviy-madaniy sohalarda ulkan yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi.
ikkinchidan,
mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
qurish, ushbu yo„nalishda olib borilayotgan
islohotlarining tobora
chuqurlashib borayotganligi haqida bir qator ilmiy-nazariy, ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, tarixiy asarlar chop etildi va bu jarayon davom etmoqda.
uchinchidan,
mamlakatda huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik
jamiyati qurish amaliyoti va nazariyasini o„rganish uchun barcha ijtimoiy-
gumanitar fanlar, shuningdek O„zbekiston tarixi fanida ham ehtiyojlarning
shakllanganligi va uni ustuvorlik kasb etganligi va bu muammolar va
uning yechimi Prezident nutqlarida bayon etilganligi muhim o„rin tutdi.
Dostları ilə paylaş: