Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Farrux dis




 
 



 
 



KIRISH 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va 
qimmatbaho metall rudalarni qazib olish hamda boyitish imkonini beruvchi yana 
bir ulkan sanoat kompleksi yaratishga kirishildi. Oddiyroq qilib aytganda ―Ikkinchi 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ―ni bunyod etish loyihasi amaliyotga tadbiq 
etildi. U ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2017-2021 yillarda 
roʻyobga chiqarilib yangi kon karyerida qazish ishlarini olib borish maxsus kon 
uskunalarini sotib olish va karyer uchun zaruriy infratuzilma obyektlarini qurish 
koʻzda tutilgan.
Ikkinchi bosqich 2019-2028 yillarda amalga oshirilib yangi mis boyitish 
kompleksini qurish va mavjud mis eritish quvvatlarini rekonstruksiya qilish 
modernizatsiyalash zaruriy yordamchi obyektlarni barpo etishga moʻljallangan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi loyihasi 
boʻyicha tantanali ochilish marosimi munosabati bilan Olmaliq shahriga 
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. 
Prezident tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini 2030-yilgacha 
boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida mis ishlab 
chiqarishni 1,4 barobar, qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni 33 foizga oshirish 
belgilangan.
Loyihani oʻzlashtirish jarayonida bitta temir yoʻlni yangi joyga oʻtkazish, 
ikkita yangi temir yoʻl qurish, avtomobil yoʻllari barpo etish koʻzda tutilgan. 
Uzunligi 1,4 kilometrlik tunnel va 3,1 kilometr konveyer yoʻli quriladi, ishlab 
chiqarish, transport, energetika va boshqa infrastruktura obyektlari barpo etiladi. 
Yangi mis-boyitish kompleksi, misni elektroliz qilish, oltingugurt kislotasi ishlab 
chiqarish sexlari va boshqa infratuzilma obyektlari quriladi. Loyiha 2028-yilda 
toʻliq quvvat bilan ishga tushadi.
Yurtimiz yer osti boyliklariga boy, lekin biz undan unumli foydalana 
olmayapmiz. Biz geologiya sohasini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor qaratmadik.
Endi bu yoʻnalishdagi ishlarni tubdan yaxshilaymiz va sohani tubdan 
takomillashtiramiz. Kechagi kun bilan yashash vaqti oʻtdi. Bugun zamon 



oʻzgarmoqda, biz ham shu shiddatga mos ravishda oʻzgarishimiz kerak, — dedi 
Shavkat Mirziyoyev [1.1.1].

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin