22
kobalt, nikellarning miqdori deyarli ahamiyatsiz (10
-2
– 10
-3
%). Pirit-I tarkibida
oltin (2,1 g/t) va kumush (3,2 g/t) ning miqdori juda kam hisoblanadi. Pirit-I ning
qattiqligi oʻrtacha 1230 kg / mm
2
ni tashkil qiladi.
Pirit II xalkopirit II bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan
asosiy ruda
birikmalaridan biri hisoblanadi. Pirit-I birikmalarining Pirit-II va xalkopirit-II
tomirlari bilan kesishishi kuzatiladi. Pirit II metakristallari biroz kataklastik
xususiyatga ega. Piritning ushbu turi tarkibida mis va kobaltning miqdori koʻpligi
bilan ajralib turadi.
Pirit-II tarkibidagi oltin miqdori Pirit-I ga qaraganda yuqoriroq (oʻrtacha 6.7
g/t) hisoblanadi. Pirit-II ning qattiqligi oʻrtacha 1290 kg / mm
2
ni tashkil qiladi.
Uchinchi avlod (pirit-III) tarkibiga pirit va
markazitning kristalli va
kollomorfik shakllanishi, xalkopirit va arsenopirit bilan ingichka tasmali
strukturaning qoʻshma agregatlari kiradi. Pirit III ning asosiy shakllari – arsenopirit
va markazit bilan oʻralgan skeletga oʻxshash, koʻpburchak yadrolar.
Mahalliy
mikrospektral tahlil usuli orqali Pirit-III tarkibida mishyak, mis, qoʻrgʻoshin
miqdori yuqori ekanligi aniqlandi. Pirit-III tarkibidagi oltin (oʻrtacha 38.0 g/t) va
kumush ning (24.2 g/t) miqdori sezilarli hisoblanadi.
Pirit-IV kech minerallar birikmasining polimineral tomirlari bilan birgalikda
(kvarts-karbonat-polisulfid) uchraydi.
Pirit-IV akkumulyatsiyasi (xosil boʻlishi) mayda parallel rayonlashtirishga
ega; Prit-IV sfalerit, galena va murakkab tarkibli sulfidli rudalar bilan koʻpincha
oʻzaro birgalikda uchraydi. Pirit-IV oltin (2 – 47 g/t) va kumush (5 – 188 g/t) ning
bir xil boʻlmagan tarkibda uchrashi bilan ajralib turadi.
«Yoshlik-1»
konining piritlari, xalkopiritlar kabi, yuqorida aytib
oʻtilganidek, selen, tellur, kobalt va boshqalar minerallarni oʻzida saqlovchi jinslar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: