Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Jahon iqtisodiyotining
hozirgi
sharoitida
Oʻzbekiston
qimmatbaho
metal
korxonalarining
raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun qimmatbaho metallar rudasi xom
ashyosini ishlab chiqarishning hozirgi kunda erishilgan oʻrnini saqlab qolishi zarur.
Mineral xomashyo konlarini qazib olishda ulkan texnika va texnologiyalardan
foydalanishni taqozo etmoqda. Shu boisdan hozirda konlarda pogʻona balandligi
avvalgi ishlab chiqarish konlariga qaraganda ancha baland va bu oʻz navbatida
portlatish ishlariga qoʻyiladigan vazifalarga qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Portlatish ishlarini toʻgʻri amalga oshirish texnikalarni yuklash ishlarida uzluksiz
toʻxtamay ishlashiga sharoit yaratib beradi va oʻz navbatida, togʻ kon uskunalari
unumdorligini 8-10 foizga oshirish imkonini beradi. Bir tomondan ulkan
texnikalardan foydalanish burgʻilangan skvajinalardan oqilona foydalanish,
shuningdek, maydalash uchun portlash energiyasidan oqilona foydalanishga
majbur etadi va boshqa tomondan, burgʻilash va portlatish operatsiyalari
kompleksi oldida(ruda konlari murakkab kon-geologik sharoitlarga ega boʻlgan
pogʻona ostki qismi qarshilik chizigʻi va har hil tektonik buzilishlar) vazifa
turubdi.
Baland
pogʻonalarni
portlatishda
qoʻllaniladigan
burgʻilash
va
portlatishning mavjud usullarini tahlil qilish, texnologiyalarni takomillashtirish,
xususan ma‘lum darajada maydalash va pogʻona tubini sifatli portlatish yangi
loyihalarni ishlab chiqish zarurligini aks ettiradi. Bu muhim vazifa boʻlib, uning
muvaffaqiyatli hal etilishi ruda konlarida baland pogʻonalarni qazib olish
sharoitida burgʻilash va portlatish ishlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Tadqiqot obyekti:―Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‖ AJ ga qarashli
―Yoshlik-1‖ karyeri.